Chala o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar

0

Chala o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar Чала ўзгариш билан ривожланадиган ҳашаротлар. Чала узгариш билан ривожланадиган хашаротлар.


Ninachilar turkumi. Ninachilar – eng qadimgi hasharotlar. Ularning qanotlari taxlanmasdan tanasi ikki yoniga yoyilib turadi. Qorin bo‘limi ingichka va uzun bo‘ladi. Ko‘zlari juda yirik, lichinkasi suv da rivojlanadi (48-rasm).

48-rasm. Chala o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar: 1 – yashil temirchak; 2 – chigirtka; 3 – qora chirildoq; 4 – sariq suvarak; 5– suluv ninachi; 6 – to‘shak qandalasi
48-rasm. Chala o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar: 1 – yashil temirchak; 2 – chigirtka; 3 – qora chirildoq; 4 – sariq suvarak; 5– suluv ninachi; 6 – to‘shak qandalasi

Ninachilar va ularning lichinkalari yirtqich yashaydi. Voyaga yetgan ninachilar o‘ljasini oldingi oyoqlari yordamida havoda tutadi. Ular zararkunanda va qon so‘ruvchi hasharotlarni qirib, foyda keltiradi. Ninachilarning lichinkalari chivinlar, kunliklar va boshqa hayvonlarning suvda yashaydigan lichinkalari bilan oziqlanadi. Vohalardagi suv havzalari yaqinida moviy ninachi, tog‘li hududlarda halqali ninachi, oqmaydigan suv havzalari yaqinida suluv ninachi uchraydi.

To‘g‘riqanotlilar turkumi. To‘g‘riqanotlilarning oldingi qanotlari uzun va ensiz, orqa qanotlari esa yelpig‘ichga o‘xshab oldingi qanotlari ostida taxlanib turadi. Ularning og‘iz organlari kemi ruvchi, orqa oyoqlari sakrovchi tipda tuzilgan. To‘g‘ri qanotlilar tuxumlarini tuproqda maxsus ko‘zachaga qo‘yadi. Ularga chigirtkalar, temirchaklar, chirildoqlar kiradi. Ko‘pchilik turlarining ovoz chiqarish va eshitish organlari bor. To‘g‘ri qanotlilar – juda ochko‘z o‘txo‘r hayvonlar. Ayrim yillari chigirtkalar tez ko‘ pa yib, juda katta gala hosil qiladi. Bunday gala harakat qilganida yo‘lida uchraydigan hamma o‘simliklarni yeb ketaveradi.

Qandalalar turkumi. Qandalalar birinchi juft qanotlarining oldingi qismi qalinlashgan, keyingi qismi yupqa va shaffof. Shu ning uchun ular yarim qattiqqanotlilar deb ham ataladi. Ko‘pchilik turlari o‘simlik shirasini so‘rib oziqlanadi. Cho‘l va dashtlarda keng tarqalgan hasva qandalasi donli ekinlar doni va bargini so‘rib oziqlanadi. Qandalalar orasida qon so‘ruvchi parazitlari ham bor. To‘shak qandalasi xonadonlarda yashaydi; odam va hayvonlar qonini so‘radi. To‘shak qandalasining qanotlari bo‘lmaydi; tanasi mayda sezgir tuklar bilan qoplangan; hidni juda yaxshi sezadi.

Termitlar turkumi. Jamoa bo‘lib yashovchi hasharotlar. Termitlar oilasi bittadan urg‘ochi va erkak termitlar hamda bir necha yuzdan milliongacha ishchi va qo‘riqchilardan iborat. Ona termit juda yirik, 10 yilgacha yashab, umr bo‘yi 115 mil liontagacha tuxum qo‘yadi. Ishchi termitlarning tanasi oq tusda bo‘lganidan, ularni ba‘zan oq chumolilar ham deyiladi. Ular voyaga yetmagan urg‘ochilar bo‘lib, in qurish va oilani boqish vazifasini bajaradi. Qo‘riqchi termitlarning boshi yirik, jag‘lari kuchli rivojlangan. Ular oilani qo‘riqlash vazifasini bajaradi. Termitlar o‘simlikning yog‘ochlik qismi bilan oziqlanadi. Tropik o‘lkalarda termitlar yer yuzasidan 15 m gacha balandlikda in quradi. O‘rta Osiyo cho‘llarida tuproq yuzasiga, shuningdek, shahar va qishloqlardagi binolarning yog‘ochlik qismiga turkiston termiti in quradi.


Savollar

  1. Ninachilar qanday tuzilgan?
  2. Ninachilar qanday hayot kechiradi?
  3. To‘g‘riqanotlilar qanday tuzilgan?
  4. To‘g‘riqanotlilar qanday ziyon yetkazadi?
  5. Nima sababdan qandalalar yarim qattiqqanotlilar deyiladi?
  6. To‘shak qandalasi va hasva qanday ziyon yetkazadi?
  7. Termitlar oilasi qanday individlardan iborat?
Previous articleHasharotlarning ko‘payishi va rivojlanishi
Next articleTo‘liq o‘zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar: tangachaqanotlilar turkumi