Ekologik omillar. Organizm va tashqi muhit. Ekologik omillar. Biotsenoz. Oziq zanjiri. Экологик омиллар. Организм ва ташқи муҳит. Экологик омиллар. Биотсеноз. Озиқ занжири.
Ekologik omillar
Tirik organizmga ta’sir ko’rsatuvchi tashqi omillar ekologik omillar deyiladi. Ekologik omillar 3 xil bo’ladi:
- abiotik omillar jonsiz tabiat omillari hisoblanadi. Masalan: yorug’lik, namlik, haroratning tirik organizmga ta’siri;
- biotik omillar tirik organizmning bir-biriga ta’siri, masalan: mikroorganizm, o’simlik va hayvonlarning o’zaro ta’siri;
- antropogen omillar inson faoliyatining tabiatga ta’siri na- tijasida yuzaga keladi. Masalan: inson faoliyati natijasida tirik organizmlarning qirilib ketishi, tiklanishi, yangi nav va zotlarning yaratilishi.
Tirik organizm moslashgan, yaxshi ko’payadigan muhit ya shash muhiti deyiladi. Baliqlar tanasining suyri shaklda bo’lishi va shi- limshiq bilan qoplanganligi suv qarshiligini yengishga yordam be- radi. Sudralib yuruvchilarning muguz tangachasi cho’l sharoitida ularni suv bug’latishdan va issiqdan asraydi.
Biotsenoz
Tabiiy jamoa deganda, jonli va jonsiz tabiatning o’zaro aloqasi tushuniladi. Tabiiy jamoaning jonli qismi biotsenoz deyiladi. Biotsenozga o’simlik, hayvon va mikroorganizmlar kiradi. Biotsenoz quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
- Produtsent – organik modda hosil qiluvchilar. Ularga yashil o’simliklar kiradi.
- Konsumentlar – iste’mol qiluvchilar. Ularga o’txo’r va yirtqich hayvonlar kiradi.
- Redutsentlar – parchalovchilar. Organik moddalarni mineral moddalarga aylantirib beradi. Ularga bakteriyalar va zamburug’lar kiradi.
Oziq zanjiri
Oziq zanjirida biotsenozning tarkibiy qismlari ish- tirok etadi. O’zidan oldingisini yeb, keyingilariga oziqa bo’ladigan organizmlar oziq zanjirini hosil qiladi. Oziq zanjirining birinchi hal- qasida avtotrof o’simliklar turadi. Ular produtsent organizm bo’lib, ikkinchi halqasida konsumentlar, oxirgi halqasida redutsentlar ishtirok etadi. Masalan, bug’doyni chigirtka yeydi. Chigirtkani baqa tutib oladi. Ilon baqa bilan oziqlanadi va burgutga ozuqa bo’ladi. Chigirtka, baqa, ilon, burgut konsument organizmlar, ya’ni tay- yor organik moddalarni iste’mol qiladi. Bakteriya va zamburug’lar redutsentlar bo’lib, organik moddalarni mineral moddalargacha parchalaydi (74-rasm).

Oziq zanjirining biror halqasi uzilsa, keyingi halqaga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, yomg’ir kam yog’gan yillarda o’simliklar yax- shi rivojlanmaydi. Natijada chigirtkalar kamroq bo’ladi, chigirtka bilan oziqlanuvchi qushlar, hasharotxo’r qushlarni iste’mol qiluvchi yirtqich qushlarning soni ham kamayadi.
Tirik organizmlar bir-biriga va tashqi muhitga ta’sir ko’rsatib, doimo aloqada bo’ladi.
- ekologik omil
- yashash muhiti
- biotsenoz
- produtsent
- konsumentlar
- redutsent
Savollar
- Ekologik omil deganda nimani tushunasiz?
- Antropogen omillarga nima kiradi?
- Oziq zanjiri nima?
- Biotsenoz tarkibiy qismlariga nimalar kiradi?
- Agar oziq zanjirining biror halqasi uzilsa, qanday oqibatlarga olib keladi?