Huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari

0

Huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari. Ҳуқуқни муҳофаза қилувчи давлат органлари. Хукукни мухофаза килувчи давлат органлари.


Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

  1. Nomlari keltirilgan huquqni muhofaza qiluv chi organlarningqaysi biri bo‘yicha sizda ma’lu mot lar bor? Sinfdoshlaringizbilan o‘rtoqlashing.
  2. Agarda siz o‘z velosipedingizni o‘g‘irlatib qo‘y sangiz, siz zudlikbilan kimga murojaat qilasiz?
  3. Jinoyatchini sudlov paytida kim ayblaydi (“qoralaydi”)?
  4. Xuddi shu jinoyatchini kim himoya qiladi (“oq laydi”)?
  5. Dadangiz avtomashinasini sotmoqchi bo‘lsa, qay si idoragamurojaat qiladi?
  6. Nomlari keltirilgan idoralarni nima sababdan umum lashtirib “huquqni muhofaza qiluvchi or gan lar” deb ataymiz?

Huquqni muhofaza qiluvchi davlat organi — bu qonun yo‘li bilantash kil etiluvchi, o‘z tuzilishiga, ijtimoiy hayotda qonu niylik va huquqiytar ti botni ta’minlash bo‘yicha aniq belgilangan vakolatga ega bo‘lgan davlatorga ni dir.

Qonunga binoan, O‘zbekiston Respublikasida huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari tizimini, asosan, quyidagilar tashkil qiladi:

♦ Prokuratura va prokuratura organlari;

♦ Adliya vazirligi va adliya organlari;

♦ Ichki ishlar vazirligi va ichki ishlar organlari;

♦ Davlat xavfsizlik xizmati;

♦ Davlat soliq qo‘mitasi va soliq organlari;

♦ Davlat bojxona qo‘mitasi va bojxona organlari.

Prokuratura huquqni muhofaza qilish idoralaritizimida alohida o‘rin ni egallaydi. Prokuratura organlari vaularning xodimlari hisoblangan pro kurorlarning vazifalariquyidagilardan iborat:

–fuqarolarning huquqlari va manfaatlarini, Konstitutsiyaviy tizimni himoya qilish;

– jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash;

– huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va qarshi kurashish;

– xususiy mulk va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;


Prokuror” fransuzcha so‘z bo‘lib, “qoralovchi” degan ma’noni anglatadi. Lekin lotinchada bu so‘z “g‘amxo‘rlik qilish” ma’nosiniang latadi.


Prokuraturaning bosh vazifasi — qonun ustuvorligini qaror toptirish,f uqa rolarning huquq va erkinliklarini, davlat tuzumini, davlat va fuqa ro larning mulklarini turli jinoyatchilar, hu quq bu zar lardan himoya qilish. Pro kuror nazorati davlat nomidan, dav lat ning oliy organi bo‘lmish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj lisi nomidan amalga oshiriladi.

O‘z yo‘nalishlari bo‘yicha ish olib borayotgan prokuratura tiziminingbugun gi kundagi tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Toshkent shahriprokuraturasi, viloyat prokuraturalari, shaharlar va tumanlar prokuraturalari,boshqa ixtisoslashtirilgan prokuraturalar kiradi.

So‘nggi yillarda yurtimizda olib borilayotgan islohotlar doirasidaprokuratura tizimida ham tub yangilanishlar ro‘y berdi. Xususan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan prokuratura organlariningqonunchilikni mustahkamlash, qonunlarga so‘zsiz itoat qilinishini ta’minlash,fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, demokratik huquqiy davlatnishakllantirish, xususiy mulk va tadbirkorlikning rivojlanishini qo‘llabquvvatlash, himoya qilish bo‘yicha mas’ul ekanliklari alohida belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 29- maydagifarmoniga asosan Bosh prokuratura huzurida Majburiy ijro byurosi tashkiletildi va uning zimmasiga energiya resurslari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtidava to‘liq undirish, elektr va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda talon-tarojlikning oldini olish, sud xujjatlari va boshqa xujjatlarning ijrosiniso‘zsiz ta’minlash vazifalari yuklatildi.

Majburiy ijro byurosi tomonidan undirilgan mablag‘lar elektr vagaz tarmoqlarini modernizatsiya qilish, yangi ishlab chiqarish va xizmatko‘rsatish obyektlarini ishga tushirish, aholining turmush darajasi vafarovonligini oshirish kabi maqsadlarga yo‘naltirilishi nazarda tutilgan.


O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniqva bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Res -pub lika si ning Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi pro kurorlar amalga oshi radi.

118-modda.


Prokuratura organlarini tashkil etish, ularning faoliyat yuritish tartibiva vakolatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Prokuraturato‘g‘ risida”gi qonuni asosida belgilanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatihuquqni muhofaza qiluvchi organlar tiziminingmuhim bo‘g‘inidir. U O‘zbekiston Respublikasiningkonstitutsiyaviy tizimi, suvereniteti, hududiy yaxlitligimanfaatlarini tashqi va ichki tahdidlardan himoya qiluvchivakolatli organ sifatida faoliyat yuritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 14- martdagi “O‘zbekiston Respublikasining davlat xavfsizlik tiziminitakomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati O‘zbekiston Respublikasi Davlatxavfsizlik xizmatiga aylantirildi. Bunda har qanday, hatto kichik ko‘lamdagimuammo ham mamlakatning milliy xavfsizligiga dahli bordek bu maxsusxizmat masalalari doirasiga kiritilishi va uning vakolatlarini haddan tashqarikengaytirib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik farmonda nazarda tutilgan muhimjihatlardandir. Davlat xavfsizlik xizmati davlat ahamiyatidagi haqiqiytahdidlarnigina o‘z vakolat doirasida deb qarashi hamda ularning oldiniolish, aniqlash va ularga qarshi kurashishni o‘zining maqsad va vazifasigaaylantirishi bu farmonda belgilab qo‘yilgan. Ya’ni, ushbu farmon xavfsizlikxizmati sohasidagi tub islohotlarga asos soldi deb aytsa bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati 2018-yil 5- apreldaqabul qilingan “Davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi qonun asosidafaoliyat yuritadi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati quyidagi vazifalarniamalga oshiradi:

– mamlakat davlat xavfsizligi va manfaatlarini tashqi va ichkitahdidlardan himoya qilish. Bu sohadagi qonunbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va barham berish. Bu borada razvedka va kontrrazvedka faoliyatiniamalga oshirish;

– mamlakat davlat chegaralarini qo‘riqlash va himoya qilish;

– davlat xavfsizligiga va manfaatlariga tahdid solishi mumkin bo‘lganmillatlararo irqiy va diniy adovatga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lganbuzg‘unchilik faoliyatining oldini olish, aniqlash va barham berish;

– terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik kabi illatlarning oldiniolish, aniqlash va barham berish;

– qurol-yarog‘, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarningnoqonuniy muomalasiga qarshi kurashish;

– davlat siri bilan bog‘liq joylarda bu sirlarning saqlanishi, maxsus aloqahamda axborot xavfsizligini ta’minlash ustidan nazoratni amalga oshirish;

– davlat manfaatlari va xavfsizligiga xavf tug‘dirishi mumkinbo‘lgan korrupsiyaga qarshi kurash olib borish;

– iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy, tarixiy-madaniy, ma’naviysohalarda davlat manfaatlari va xavfsizligi bilan bog‘liq hamda o‘zvakolatlari doirasida bo‘lgan faoliyat bilan shug‘ullanish.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasidavlat boshqaruvi organi bo‘lib, soliq sohasidagi qonunxujjatlariga rioya qilinishini, davlatning iqtisodiymanfaatlari va mulkiy huquqlari himoyasini ta’minlashbo‘yicha nazoratni yo‘lga qo‘yish uning asosiy faoliyatmaqsadlaridandir.

Davlat soliq qo‘mitasining asosiy vazifalari quyidagilardir:

– soliq sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;

– soliqlarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida hisoblanishi, to‘lanishi va davlatbudjeti hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga tushishini ta’minlash;

– soliq solish obyektlari va subyektlarining to‘liq va aniq hisobiniyuritish;

– soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning yig‘iluvchanliginioshirish, soliq sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yichachora-tadbirlarni amalga oshirish.

Shu va shunga o‘xshash vazifalarni bajarishda Davlat soliq qo‘mitasi Soliq kodeksiga og‘ishmay amal qiladi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlari natijasida 2019- yil 1- yanvardan boshlab yangilangan, xalqaro tajribani e’tiborgaolgan holda yaratilgan soliq tizimi amalga kiritildi. Bunda soliqlar sonikamaytirildi, soddalashtirildi. Soliq to‘lovchilar uchun soliq yuki birmunchayengillashtirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha bosh-qarmalari,bojxona komplekslari va bojxona postlaridan iboratbo‘lgan bojxona organlari huquqni muhofaza qiluvchiorganlardir. Ular O‘zbekiston Respublikasining yagonabojxona siyosatini amalga oshirishga mas’uldirlar. Bojxona organlariningasosiy maqsadi mamlakatimiz iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishdaniboratdir.

Bojxona organlari o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi qonuniga, boshqaqonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalarga amal qilgan holda yuritadilar.

Bojxona organlarining asosiy vazifalaridan bojxona haqidagi qonunhujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish, bojxona to‘lovlarini undirish,bojxona sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash va ulargachek qo‘yish kabilarni ajratib ko‘rsatish mumkin.

So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar bojxona sohasini hamchetlab o‘tmadi. Natijada mamlakatimizda tubdan yangilangan, zamonaviy, xalqaro andozalarga mos bojxona tizimi yaratilmoqda.


Hikmatlar xazinasidan!

Dono vazir shuldirki, o‘z o‘rniga qarab, goh qattiqqo‘llik, gohida esamulo yimlik bilan ish yuritadi. Bunday vazir ortiqcha qattiqqo‘llik hamqil maydi, ko‘p muloyimlik bilan yumshab ham ketmaydi. Agar ko‘pmulo yimlik qilsa, dunyo talab, tamagir odamlar uni yutib yuboradilar.

Agar ortiqcha qattiqqo‘llik ishlatsa, undan qochadilar va unga murojaatqil may dilar. Demak, dono vazir shuldirki, saltanat korxonasining ishlarinieng to‘g‘ri chora-yu tadbirlar qo‘llab, yaxshi anglagan holda amalgaoshi rib, davlatni tartib-intizomga keltiradi. (Amir Temur)


Ijodiy faoliyat

Tuzgan shartli davlatingizda:

  1. Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qaysi birlarini zarur debtop sangiz shularni joriy qiling.
  2. Prokuraturaga qanday vazifalar yuklaysiz va vakolatlar berasiz?
  3. Ichki ishlar organlariga-chi?
  4. Davlat xavfsizlik xizmatiga-chi?
  5. Davlat soliq organlariga-chi?
  6. Davlat bojxona organlariga-chi?

Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Qanday organlarni biz huquqni muhofaza qiluvchi organlar deb ataymiz?
  2. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimiga qaysi organlar kiradi?
  3. Prokuraturaning bu tizimda qanday o‘rni bor?
  4. Davlat tomonidan Prokuraturaga qanday vazifalar yuklatilgan?
  5. Ichki ishlar organlari qanday vazifalarni bajaradi?
  6. Ichki ishlar organlari qanday vakolatlarga ega?
  7. Davlat xavfsizlik xizmati qanday organ?
  8. Davlat xavfsizlik xizmati qanday vazifalarni bajaradi?
  9. Davlat xavfsizlik xizmati tizimidagi islohotlar haqida nimalarni bilasiz?
  10. Davlat soliq tizimidagi islohotlar to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
  11. Davlat bojxona organlari to‘g‘risida bilganlaringizni ayting.
Previous articleYuridik javobgarlik / Юридик жавобгарлик
Next articleAdliya vazirligi. Advokatura va Notarial idoralar