Ichan qal’a. Ичан қалъа / калъа.
Jahonning durdona yodgorliklaridan biri bo‘lgan Ichan qal’a Xiva shahrining ichki qismidir. U o‘tmishda ajdodlarimiz mohir- lik bilan bunyod etgan 54 ta noyob tarixiy-me’moriy obidalar majmuasiga kiradi. Bu majmua Ko‘hna Ark (arzxona), madrasa, masjid, maqbaralar va boshqa shu kabi inshootlarni o‘z ichiga oladi. Dunyoda bunday noyob va go‘zal obidalari bilan saqlanib qolgan shaharlar juda kam.

Shuning uchun ham 1961-yildayoq Ichan qal’a majmuasi muzey- ga aylantirildi. Bu muzey-qo‘riqxonaning maydoni 26 gektarni tashkil etadi. 1990-yilda esa xalqaro YUNESKO tashkilotining qarori bilan Ichan qal’a «Jahon madaniyati merosi» ro‘yxatiga kiritildi.