Konstitutsiyaviy huquq – huquqning yetakchi tarmog’i

0

Konstitutsiyaviy huquq – huquqning yetakchi tarmog’i. Конституциявий ҳуқуқ – ҳуқуқнинг етакчи тармоғи. Конституциявий хукук – хукукнинг етакчи тармоги.


Huquq o’zida umummajburiy normalar tizimini mujassamlashtiradi. Bu normalar davlatda kishilar o’rtasidagi turli munosabatlarni tartibga solib turadi. Jumladan, ba’zi normalar oilaviy turmush sohasida vujudga keladigan munosabatlarni, ba’zilari esa mehnat yoki mulkiy munosabat- larni tartibga soladi.

Yodda tuting!

Huquq – davlat tomonidan qonunlarda va boshqa me’yo- riy-huquqiy hujjatlarda belgilangan va davlatning majburlash kuchi bilan muhofaza qilinadigan, mamlakat barcha aholisi uchun majburiy bo’lgan xulq-atvor qoidalari tizimi.

Huquqiy tartibot – jamiyatdagi munosabatlarning ma’lum bir holati bo’lib, unga mamlakatning Asosiy qonuni – Konstitutsiya va boshqa huquqiy me’yorlariga majburiy ravishda hamma rioya qilishi, shaxs huquq va erkinliklari ta’minlanishi natijasida erishiladi.

Konstitutsiyaviy huquq milliy huquq tizimida huquqning yetakchi tarmog’idir, chunki eng oliy yuridik kuchga ega bo’lgan Konstitutsiya uning asosiy manbayi bo’lib xizmat qiladi.

Yodda tuting!

Konstitutsiya butun huquqiy tizimning asosi bo’lib xizmat qiladi, negaki huquqning rivojlanishi Konstitutsiyadan boshlanadi, aynan uning o’zi boshqa barcha qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarga hayot baxsh etadi. Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchi ham mana shunda namoyon bo’ladi. Qolgan barcha huquqiy hujjatlar Asosiy qonun – Konstitutsiyadan kelib chiqadi va unga muvofiq bo’lishi kerak.

Huquq tizimini piramida ko’rinishida tasavvur qilib ko’ring. Konstitutsiya ana shu piramida cho’qqisida turadi, desak, uning cho’qqisidan eng quyi qismigacha bo’lgan yonbag’irlarida boshqa barcha normativ hujjatlar – qonunlar, kodekslar, qarorlar, farmonlar, tarmoqqa oid normativlar va hokazolar joy olganligini yaqqol ko’rasiz.

Konstitutsiyaviy huquq normalari qolgan barcha yuridik normalar, huquqning har bir tarmog’i, har qaysi qonun va qonunosti hujjatining poydevori sanaladi. Shuning uchun ham konstitutsiyaviy huquq har bir mamlakat milliy huquq tizimida yetakchi mavqega ega.

Konstitutsiyaviy huquqning asosiy manbayi – Konstitutsiya. Ammo konstitutsiyaviy huquq faqat Konstitutsiyadan iborat bo’lmaydi. Boshqa qo- nunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlar ham huquqning ana shu tarmog’i manbalari hisoblanadi.


Batafsil >> Konstitutsiyaviy huquq. Konstitutsiya – davlatning asosiy qonuni

Previous articleKonstitutsiya va konstitutsiyaviy huquq
Next articleKonstitutsiyaga o’zgartirish kiritish tartibi