Lab tovushlari – Лаб товушлари

0

Talaffuzida lab ishtirok etgan tovushlar lab tovushlari deyiladi.

Lab tovushlariga b, m, p, v, f undoshlari kiradi. Ular ikkiga bo‘linadi: lab-lab undoshlari – m, b, p; lab-tish undoshlari – v, f.

1-mashq. «So‘zlar halqasi» o‘yinini tashkil qiling. Har bir bola bittadan so‘z aytsin. So‘zlar b bilan boshlanib, b bilan tugasin. Masala n: bob, bilib, buyurib kabi. Keyin shu usulni p, m tovushlariga nisbatan ham qo‘llab, o‘yinni davom ettiring.

2-mashq. Uyga topshiriq. Maqollarni o‘qing, ularda ilgari surilgan g‘oya haqida bahs yuriting. Lab tovushlarining ishlatilish o‘rinlariga diqqat qiling.

1. Uzumini yegin-u, bog‘ini surishtirma. 2. Ustoz ko‘rmagan shogird har maqomga yo‘rg‘alar. 3. Butun xalqning istagi shu – tinchlik. 4. O‘qigan o‘qdan oshar, o‘qimagan turtkidan shoshar. 5.O‘qigan yaxshi, uqqan undan ham yaxshi. 6. O‘qish, ilm olish oson emas, unga har kim ham chidayvermaydi.


Savol va topshiriqlar

  1. B, m, p undoshlari ishtirok etgan uchta so‘z yozing. Bu undoshlar talaffuzida qaysi nutq a’zosi ishtirok etayotganini aniqlang.
  2. Vatan, urf so‘zlaridagi undoshlarni aniqlang. Undoshlar ichidan lab tovushlarini toping.
Previous articleNutq a’zolari – Нутқ аъзолари
Next articleTil tovushlari – Тил товушлари