O‘zbekiston Respublikasining qonun manbalari

0

Ўзбекистон Республикасининг қонун манбалари.


  1. O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasiningayrim qonun xujjatlariga iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorliknirivojlantirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishto‘g‘risida”gi qonunidan: Qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi (25.05.2000y.), “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi (15.09.2006y.), “Mikrokredittashkilotlari to‘g‘risida”gi (20.09.2006y.), qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga (20.01.2016y.) zarur o‘zgartishva qo‘shimchalar kiritilgan.

Xalq so‘zi, 4.10.2018y.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari vatashkilotlarida ijro intizomini yanada mustahkamlash chora-tadbirlarito‘g‘risida”gi qaroridan: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017- yil 9- avgustdagi “Ijro intizomi idoralararo yagona elektrontizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F – 5017- sonfarmoyishiga muvofi q vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro hokimiyatiorganlari va boshqa tashkilotlarning “Ijro.gov.uz” ijro intizomiidoralararo yagona elektron tizimiga ulanishi ta’minlandi.

Xalq so‘zi, 6.10.2018y.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakatixavfsizligi sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashishsamaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlarto‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Xalq so‘zi (Online), 23.05.2019y.


Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

  1. Yuqoridagi parchalarda keltirilgan huquqiy-normativ hujjat lar niajratib ko‘rsating.
  2. 1- parchadagi qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishnima sababdan zarur bo‘lib qolgan deb o‘ylaysiz?
  3. Keltirilgan huquqiy-normativ xujjatlarning jamiyatimiz hayotiuchun zarurligini asoslab berishga harakat qiling.
  4. Bu Qonun, Farmon va Qarorlarni bajarish joylardaamalga oshi ri lishini e’tiborga olgan holda, ularni bajarishuchun davlatning ma hal liy organlari yana qanday hujjatlartayyorlashlari lozim ligini taxmin qilib ko‘ring.

Ma’lumki, qonunlar va qonunosti hujjatlar, eng avvalo, ijtimoiy munosabat larni huquqiy tartibga solib turuvchi asosiy vositalardir. Shuninguchun ham O‘zbe kiston Respublikasining huquq manbalarini o‘rganishniqonunlardan boshlash mantiqan to‘g‘ri bo‘lar edi.

Ammo, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra, qonunningmam lakat ichidagi va xalqaro qoidalari o‘rtasida tafovut bo‘lgan hollardaxal qaro shartnoma yoki bitimlar ustuvor hisoblanadi.

Shuning uchun ham, O‘zbekistonning huquqiy manbalarini o‘rganishnixal qaro huquq hujjatlaridan boshlashimiz tabiiy.

Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan prinsiplari va normalari hamda O‘z bekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari O‘zbekistonningeng birin chi huquq manbalaridir.

Xalqaro huquqning umume’tirof etgan prinsiplari va normalari – xalqa ro huquqning asosiy qoidalari bo‘lib, ularni xalqaro huquqning barchasub yektlari tan olgan va ularni bajarishga majburdirlar. Davlat suverenitetinihur mat qilish, zo‘rlik ishlatmaslik, davlatning hududiy yaxlitligini tan olish,nizo larni tinch yo‘l bilan hal etish, ichki ishlarga aralashmaslik, xalqlarningteng huquqliligi, insonning huquq va erkinliklarini hurmat qilish, davlatlaro‘rta sidagi hamkorlik, xalqaro huquq bo‘yicha majburiyatlarni bajarish anashu lar jumlasidandir.


1995- yilda “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartno ma larito‘g‘risidagi qonuni” qabul qilingan.


Xalqaro shartnoma xalqaro huquqning ikki yoki undan ortiq sub yek tiqabul qilgan bitimdir. U tomonlarning huquq va majburiyatlarini bel gi laydi gan, o‘zgartiradigan yoki bekor qiladigan hujjatdir. O‘zbekiston Res publi kasi siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va maxsus masalalar bo‘yicha bir nechaming shartnoma tuzgan.

O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini quyidagi guruhlarga bo‘lishmumkin:

1) Konstitutsiya – Asosiy qonun;

2) konstitutsiyaviy qonun;

3) qonun;

4) Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlat hokimiyatiningtash kil etilishini belgilaydi, konstitutsiyaviy tuzum asoslarini, insonlarva fuqarolarning huquq va erkinliklarini mustahkamlaydi. Konstitutsiyaamal dagi qonunlar uchun yuridik asosdir. Konstitutsiya qoidalari boshqanor mativ hujjatlarda rivojlantiriladi va aniqlashtiriladi. Shuni ham aytibo‘tish kerakki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasitar kibida o‘z Konstitutsiyasiga ega bo‘lib, uning qoidalari O‘zbekiston Konstitutsiyasiga zid kelmasligi kerak.

Konstitutsiyaviy qonunlar Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shim cha -lar kiri tuvchi qonunlardir. Ushbu hujjat uchun Oliy Majlisda ularni qa bulqi lish ning od diy qonunlarga nisbatan murakkabroq tartib-qoidalari belgi lan gan. Ular, parlament a’zolari umumiy tarkibining uchdan ikki qismiovozi bilan qabul qilinadi.

Qonunlar, o‘z navbatida, kodekslashtirilgan va joriy qonunlarga bo‘linadi. Kodekslashtirilgan qonunlarga kodekslar kiradi. Kodeks – man tiqiytizimlashtirish xususiyatiga ega qonun bo‘lib, o‘zida ijtimoiy muno sa batlar ning ma’lum bir sohasini batafsil tartibga soluvchi normalarni bir lash tira di. Masalan, Fuqarolik kodeksi, Jinoyat kodeksi, Mehnat kodeksi, Soliqkodeksi, Bojxona kodeksi va h.k.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlari Qoraqalpog‘istonning hududi da ijro etilishi shart.

Qonun vaqt bo‘yicha quyidagi tartibda kuchga kiradi:

1) rasman e’lon qilinganidan ma’lum muddat o‘tgach;

2) qonunda yoki maxsus hujjatda ko‘rsatilgan vaqtdan boshlab.

Qonun vaqt bo‘yicha quyidagi tartibda kuchini yo‘qotadi:

1) qonunning o‘zida ko‘rsatilgan muddat tugagan bo‘lsa;

2) ushbu qonun bekor qilinishi natijasida.

Qonunning orqaga qaytish kuchi amalda kam qo‘llaniladi. O‘zbekistondajino yat yoki ma’muriy javobgarlikni yengillashtiruvchi qonunlar ayrim hollarda orqaga qaytish kuchiga ega bo‘lishi mumkin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari uning hududidaginaamal qiladi.

Qonun shaxslarga nisbatan amal qiladi, ya’ni qonunlar ushbu hududdagibar cha subyektlar, ya’ni fuqarolar, yuridik shaxslar, davlat organlari, korxo na lar, muassasalar va tashkilotlar uchun majburiydir.

Lekin, istisnolar ham mavjud. Masalan, Saylov kodeksining talablarifaqat O‘zbekiston fuqarolariga tegishlidir.


Qonun zamonda amal qiladi, ya’ni qonun muayyan muddatdavo mida amal qiladi. Bu muddat qonunda ko‘rsatilgan sanadan boshla nadi.

Qonun makonda amal qiladi. Ya’ni, qonunlar mamlakatning barchahu dud larida amal qiladi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat boshlig‘i sifatida farmonlar,farmoyishlar va qarorlar chiqaradi. Ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga zid kelmasligi kerak.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari xo‘jalikva ijtimoiy hayotning eng muhim masalalari bo‘yicha qabul qilinadi. Ular,odat da, umumiy xususiyatga va huquq normalariga ega bo‘lib, huquq manba lari hisoblanadi.

Ayrim hollarda ijro etuvchi hokimiyat organlarining hujjatlari ushbuorgan lar tizimidan tashqarida vujudga keluvchi ijtimoiy munosabatlarni tartib ga soladi. Bunday vakolatlar Moliya vazirligi, Adliya vazirligi, Markaziybank va boshqa tashkilotlar faoliyatida ko‘rinadi.

Qonun osti hujjatlari qonunlar asosida qabul qilinadi:

1) Prezident farmonlari;

2) Hukumat qarorlari;

3) Boshqa ijroiya organlarning normativ hujjatlari;

O‘zbekistonda vazirliklar hamda tashkilotlarning, fuqarolarning huquqla ri va qonuniy manfaatlariga daxldor normativ hujjatlarni qayd etish davlattizi mi joriy etilgan. Ushbu vazifa O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligizim masiga yuklatilgan.


Sharhlang!

Qonunlar va boshqa normativ hujjatlar orasida O‘zbekiston Res pub likasi ning Konstitutsiyasi asosiy o‘rin tutadi. Konstitutsiya amaldagi qonunlaruchun yuridik asosdir.


Ijodiy faoliyat

Tuzgan shartli davlatingizda mavjud huquqiy-normativ hujjatlarni O‘zbe kiston Respublikasi huquq manbalari bilan solishtirib ko‘ring.

1) Buni, masalan, Konstitutsiya misolida ko‘rib chiqsa bo‘ladi. Siztuzgan huquqiy-normativ hujjatlarning nomlari O‘zbekiston Respubli kasi huquq manbalari nomlaridan farqlanadimi?

2) Qaysi hujjatlar matni aynan bir xil, qaysilari farq qilishi mumkin?

3) O‘zbekiston Respublikasi huquq manbalarini o‘zgartirganingizdankeyin o‘zingizning shartli davlatingizning huquq manbalarini qaytari qa o‘zgartirgan bo‘lar edingiz?


Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. O‘zbekistonda huquq manbalari nimalardan iborat?
  2. Xalqaro huquqiy manbalar nimalarni o‘z ichiga oladi? Ular nima uchunkerak?
  3. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari qanday asosiy guruhlarga bo‘linadi?
  4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qanday alohida ahamiyatibor? Bunga sabab nima?
  5. Konstitutsiyaviy qonunlar va oddiy qonunlar orasida qanday umumiylikva qanday farqlar bor?
  6. Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunlari qaysi hududda amal qiladi?
  7. Qonun qaysi vaqtdan boshlab kuchga kiradi va qaysi hollarda o‘z kuchiniyo‘qo tadi?
  8. Qonun zamonda va makonda amal qiladi deganda nimani tushunasiz?
  9. Hamma qonunlar ham O‘zbekiston hududidagi barcha shaxslar uchunmaj bu riymi? Istisnolarga misol keltiring.
  10. Siz qonunosti hujjatlari deganda nimalarni tushunasiz? Ularga misollarkeltiring.
Previous articleXalqaro shartnoma nima? Халқаро шартнома нима? 
Next articleHuquqiy ong va huquqiy madaniyat