O’zbekistonda keng tarqalgan dorivor va zaharli o’simliklar

0

Ўзбекистонда кенг тарқалган доривор ва заҳарли ўсимликлар. O’zbekistonda keng tarqalgan dorivor va zaharli o’simliklar. Dorivor o’simliklar Доривор ўсимликлар. Ялпиз, Наъматак.


Dorivor o’simliklar. O’zbekistonda 4500 dan ortiq yuksak o’simliklar o’sadi. Ular orasida dorivor turlari ham ko’p. Dorivor o’simliklardan tibbiyotda va xalq tabobatida keng foydalaniladi.

Yalpiz ariq bo’ylarida o’sadigan ildizpoyali ko’p yillik o’simlik. Barg va poyalari hushbo’y hidga ega (46-rasm).

46-rasm. Yalpiz.
46-rasm. Yalpiz.

Chunki bu o’simlik tarkibida mentol va efir moylari bo’lib, ular asabni tinchlantirishga yordam beradi. Yalpiz barglari suyuq ovqat yoki somsaga qo’shib iste’mol qilinadi. Yoz oylarida sharbat yoki kompot tarkibiga yalpiz barglaridan qo’shib, chanqovbosdi ichimlik tayyorlanadi. Yalpiz balg’amni ko’chiradi, nafas yo’li kasalliklarining oldini olishda, jigar xastaliklarini davolashda keng qo’llaniladi. Uning yer ustki qismidan tayyorlangan qaynatmasi tish og’rig’i, milk yallig’lanishini davolash uchun tavsiya etiladi.

Na’matak atirgulning yovvoyi turi bo’lib, asosan, uning mevasidan ko’proq foydalaniladi. Odamning quvvati kamayganida, erta bahorda organizmda vitaminlar yetishmaganda na’matak qaynatmasi tavsiya etiladi (47-rasm).

47—rasm. Na’matak qaynatmasi va mevali shoxi.
47—rasm. Na’matak qaynatmasi va mevali shoxi.

Na’matak mevasi odamning immunitetini oshiradi. Qaynatmaga nisbatan termosda damlangan na’matakda vitaminlar ko’proq saqlanib qoladi. Tarkibidagi C vitamini qonni suyultiradi, arterial bosimni tushiradi, organizmdan mikroblarni chiqarib yuborishga yordam beradi.

Isiriq bo’yi 30-60 sm keladigan ko’p yillik o’simlik. Dasht va vodiylarda o’sadi. Isiriqning dorivorlik xususiyati o’simlikning meva bergan davrida yuqori bo’ladi (48-rasm).

48-rasm. Isiriqning quritilgan
48-rasm. Isiriqning quritilgan

Uning poya va urug’idan asabni tinchlantiruvchi vosita sifatida foydalanish mumkin. Quritilgan isiriq kuydirib, biroz hidlansa bosh og’rig’i yo’qoladi, urug’ining qaynatmasi nafas qisishida davo bo’ladi. O’simlikning qaynatmasi bilan yuz yuvilganda ko’z kasalligi kataraktani tuzalishiga yordam beradi. Isiriqning dorivor preparatlari uxlatuvchi ta’sirga ham ega. Isiriq tutuni esa uy-joylarni dezinfeksiya qilish bilan birga, xona havosini tozalaydi, kasalliklarning keng tarqalishining oldini oladi.

Shirinmiya ildizpoyali ko’p yillik o’t. Xalq tabobatida ildizpoyasidan tayyorlangan qaynatma quruq yo’tal, tomoq og’rig’iga davo sifatida ishlatiladi. Shirinmiya o’simligining balg’am ko’chiruvchi xususiyati ham bor. Dorixonalarda shirinmiya (qizilmiya) sirop ko’rinishida sotuvga chiqariladi. Ayniqsa, yosh bolalar shamollaganda ko’proq tavsiya etiladi.

Aloe xona o’simligi sifatida o’stiriladi (50-rasm). Barglari seret va sersuv, uzib olingach, 10 kun davomida salqin joyda saqlab, keyin dori sifatida ishlatish mumkin.

50-rasm. Gullagan aloe.
50-rasm. Gullagan aloe.

Aloe bargini qirg’ichda qirib, asal bilan qo’shib iste’mol qilinsa, shamollash, oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda foyda beradi.

Dorivor o’simliklardan o‘z o’rnida bilib foydalanilsa, organizmni quvvatlantiradi va organizmdagi turli xil kasalliklarni davolaydi.

Tabiatda dorivor o’simliklar bilan birgalikda zaharli o’simliklar ham o’sadi. Ko’pincha zaharli o’simliklarning guli chiroyli, hidi yoqimli bo’ladi. Shuning uchun har qanday o’simlikni bilmay uzish yaramaydi.

Zaharli o’simliklar. Quyida O’zbekistonda uchraydigan ba’zi zaharli o’simliklar bilan tanishamiz:

Kanakunjut bo’yi 2-3 metr keladigan bir yillik o’t (51-rasm). Bargi yirik panjasimon.

Palmaga o’xshab tez o’suvchi manzarali o’simlik sifatida o’stiriladi. Uning urug’ida za- harli moddalar ko’p uchraydi. Bu o’simlikdan zaharlangan odamda ich ketishi, ko’ngil aynishi, darmonsizlik kabi holatlar kuzatiladi. Urug’i tarkibi- da zahardan tashqari, 40-50% moy mavjud bo’lib, tabobatda undan soch va terini parvarishlashda foydalani- ladi. Kanakunjut moyi surtib yurilsa, soch va kipriklarning mustahkamligi ortadi.

Bangidevona bo’yi 1 metr kela- digan o’t (52-rasm). Tashlandiq yerlarda, yo’l yoqalarida o’sadi.

Bargi oddiy, guli oq rangda, yirik voronka- simon shaklda, mevasi tikanli ko’sak shaklda. Urug’i mayda, qoramtir rangda bo’ladi. O’simlikning barcha qismlari zaharli, ayniqsa, urug’i orga- nizmga tushsa, asab tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Yozning issiq kun- larida bangidevona o’zidan o’tkir hid ajratadi. Uning hididan ham zahar- lanish mumkin. Zaharlanish belgilari: og’iz qurishi, yurak urishining tezla- shishi, qo’l va oyoq harakatining qi- yinlashishi, mo’ljal olish qobiliyatining

susayishi kuzatiladi. Ayrim hollarda odam birdan kulib, birdan yig’lashi mumkin.

Mingdevona o’simligining yirik guli oqish sariq rangda, bargi oddiy, mevasi tikanli (53-rasm). O’simlikning hamma qismlari zaharli. Iste’mol qilgandan so’ng 10-20 daqiqa o’tib, o’simlikdan zaharlanish belgilari yuzaga chiqadi. Bunda og’iz qurishi, ko’z qorachig’ining kengayi- shi, ovoz bo’g’ilishi, yuzning qizarishi va yurak ishining susayishi kuzatiladi. Birozdan so’ng harorat ko’tariladi, tit- roq, hushdan ketish holatlari vujudga keladi. Birinchi yordam berish uchun bemorga ko’p suyuqlik ichirib, qusti- rish kerak.

Zaharli ayiqtovon uzunligi 10-45 sm keladigan o’t o’simlik (54-rasm).

54-rasm. Zaharli ayiqtovon.
54-rasm. Zaharli ayiqtovon.

Gullari yumaloq sariq rangda, bargi zaharli. Agar ayiq- tovon o’simligining bargiga tegib ketsangiz, undan ajralgan suyuq- lik ko’zning yoshlanishiga, og’iz va tomoqning qurishiga sababchi bo’ladi. Bargdan ajralgan suyuqlik ko’zga tushsa, odamning vaq- tinchalik ko’rish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Agar o’simlik iste’mol qilinsa, oshqozon-ichak tizimida og’riq, ko’ngil aynishi, ich ketishi kuzatiladi, yurak ishi sekinlashadi. Bunday holatda darhol shifokorga murojaat qilish kerak.

Aziz o’quvchilar! Tabiat qo’yniga sayohatga chiqqaningizda, har qanday o’simlikni ushlab ko’rish, tatib ko’rish mumkin emasli- gini yodingizda saqlang. Chunki ular orasida zaharli o’simliklar ham bo’lishi mumkin. Zaharli o’simliklarni bilib, me’yorida ishlatil- sa, ulardan dori sifatida foydalanish mumkin. Dorivor o’simliklarni me’yoridan ortiq ishlatish natijasida esa zaharlanib qolish mumkin. Shuning uchun o’simliklardan mutaxassis tavsiyasiga ko’ra foyda- lanish va me’yorga alohida ahamiyat berish zarur.


  • dorivor o’simliklar
  • zaharli o’simliklar
  • bangidevona
  • mingdevona

  1. Tarkibida mentol uchraydigan qanday o’simliklarni bilasiz?
  2. Isiriqning odam salomatligi uchun qanday foydasi bor? Ku- zatishlaringizni izohlab bering.
  3. Aloedan nima maqsadda foydalaniladi?
  4. Qaysi o’simliklar zaharli hisoblanadi?
  5. Qaysi o’simlikdan soch o’stirishda ishlatiladigan moy olinadi?