Roman va uning turlari (adabiyot)

0

Роман ва унинг турлари (адабиёт).


Roman nasr yo‘lida yozilganligi, hayotni keng qamrovda ko‘rsatganligi, sujeti ko‘p tarmoqli bo‘lganligi, inson taqdiri va ruhiyati tasvirining ko‘lamdorligi, katta hajmga ega bo‘lishi bilan hikoya va qissadan ajra lib turadi. Roman tasvir qamrovi, tuzilishi va hajmiga ko‘ra dilogiya, tri logiya, tetralogiya ko‘rinishlarida bo‘lishi mumkin.

Roman-dilogiya – ikki kitobdan iborat bo‘lib, inson taqdiri va hayotini ancha keng qamrab oladi. M. Ismoiliyning «Farg‘ona tong otguncha», H. Nu’mon va A. Shorahmedovning «Ota», P. Qo dirovning «Yulduzli tunlar» va «Avlodlar dovoni» asarlari roman-dilogiyalardir.

Тrilogiya – uch kitobdan iborat bo‘lib, jamiyat hayotidagi katta bir davrni qamrab oladi, dilogiyadan ko‘ra ham ko‘proq taqdirlar qalamga olinadi, qahramonlar soni ham ko‘proq bo‘ladi. Said Ahmadning «Ufq» asari trilogiya namunasi bo‘lib, «Qirq besh kun», «Hijron kunlarida», «Ufq bo‘sag‘asida» nomli uchta alohida romandan iborat.

Tetralogiya – to‘rt kitobdan iborat romanni bildiradi. Muhammad Alining «Ulug‘ saltanat» tetralogiyasi «Jahongir Mirzo», «Umarshayx Mirzo», «Mironshoh Mirzo», «Shoh rux Mirzo» nomli romanlardan iborat.

Roman necha kitobdan iborat bo‘lishidan qat’i nazar, ularda ichki birlik, bog‘lanish bo‘ladi. Dilogiya yoki trilogiya qismlarini o‘zaro bog‘laydigan bir insoniy taqdir, barcha kitoblarda ishtirok etadigan bir yoki bir necha qah ramon bo‘lishi talab etiladi. «Farg‘ona tong otguncha» dilogiyasida G‘u lomjon, «Ulug‘ saltanat» tetralogiyasida Тe mur obrazlari barcha ki toblarda tasvirlanadi. «Ufq» trilogiyasida ham Ikromjon obrazi barcha kitoblardagi voqealar markazida turadi.

Previous articleMirmuhsin Me’mor Romani (Romandan parcha)
Next articleO‘lmas Umarbekov hayoti va ijodi