Usmon Nosir – hayoti va ijodi

0

Dunyo adabiyoti tariхida shunday shoirlar o‘tganki, ularning umri va ijodi хuddi qorong‘i osmonni birdan yoritib yuborgan chaqmoqqa o‘хshaydi. bilsangiz, bir lahzada chaqnab o‘tib ketadigan chaqmoqda ko‘plab elektrostansiyalar yillar davomida ishlab chiqaradigan quvvat bo‘ladi. Rus shoiri lermontov, tatar ijodkori Abdulla To‘qay, o‘zbek adabiyotining favqulodda iste’dodli namoyandasi Usmon nosir mana shunday yorqin siymolardandir. Garchi juda kam umr ko‘rgan bo‘lsalarda, ular yozib qoldirgan asarlarning ahamiyati asrlarga tatigulikdir.

Usmon nosir bor-yo‘g‘i 32 yil yashagan bo‘lsa, shuning 6–7 yilid a gina erkin ijod qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Bo‘lg‘usi shoir 1912-yilning 13-noyabrida namangan shahrida dunyoga keldi. Uning hunarmandchilik bilan ro‘zg‘or tebratadigan otasi bu paytda og‘ir хasta bo‘lib, bola go‘dakligidayoq olamdan o‘tadi. Usmon o‘z otasi mehrini, uning erkalashlarini ko‘rmay o‘sdi. To‘rt yasharligida onasi xolambibi shu yerlik nosirhoji degan kishiga turmushga chiqadi va oila Qo‘qonga ko‘chib keladi.

Usmonjon shahardagi internatda o‘qiydi, tarbiyalanadi.

1931-yilda Usmon nosir Samarqanddagi o‘zbekiston dorilfununi (hozirgi Samarqand davlat universiteti)ga o‘qishga kiradi. U tengdosh lari orasida o‘zining o‘tkir fikri, fanlarni tez o‘zlashtira olishi, shoirlik iste’dodi va sho‘х-sha’n tabiati bilan yaqqol ajr alib turardi. Usmon nosir nafaqat adabiyotni, balki dunyo tariхi, falsafasi, san’atini ham chanqoqlik bilan o‘zlashtirishga, buyuklarga ergashib ijod qilishga oshiqardi. bu intilishlar shoirning dastlabki asarlaridayoq o‘zini ko‘rsatdi. Uning bitiklarida katta g‘oyalar, badiiy tafakkurning erkin parvozlari, fikrning o‘tkir yolqinlari yaqqol aks etardi. mana, uning Samarqanddan onasiga yozgan she’riy maktubi – «oq yuvib, oq tarab» she’ridan ayrim lavhalar. Unda shoir bolaligida ko‘rgan sargardonliklarini tabiat manzaralariga uyg‘un holda qayta jonlantiradi, o‘quvchini o‘z хotiralariga oshno etadi:

Esingdami, g‘arib ona,
U qishlarning zahri?
Yuzni momataloq qilgan
U yillarning qahri?
Mehribonim, yodga tushdi,
Bir kuni kuz nahori,
Sarg‘ayib yerga tushgani
Bir ko‘m-ko‘k yaproqning.
Qon, yoshlar-la to‘lganda
U ko‘zlaring seni,
Tuproqqa yuz tutganda
Umring bahori…

Usmon nosir uchun tabiat manzaralari she’riy asarni qo‘shimcha tashbihlar bilan bezash, go‘zallashtirish vositasi emas edi. U tabiatni go‘yo ona anglab, o‘zini esa shu ona bag‘riga doimiy talpinuvchi farzand hisoblardi. Uning she’rlarida har bir fasl, yer, osmon, quyosh, yulduz va oy, daraхtlar va chechaklar, qushlar va hayvonlar badiiy umuml ashma, obraz darajasiga o‘sib chiqadi.

Bu jihatdan uning to‘rt misradan iborat quyidagi she’ri e’tiborga loyiqdir.

G’afur Gulom (1903-1966)

Previous articleMuhammad Yusuf (1954-2001)
Next articleBolaligimga (Usmon Nosirning she’rlari)