Янги йил шерлар – Янги йил арчасига.

Yangi yil archasiga
Bo`ylari shiftga yetgan,
Igna bargli, ko’k archa
Zar-u marjonlar taqib,
Yasanishing o’zgacha.
Yangi yil bayramida
Qorboboni kutamiz
Qop orqalab kelsa gar,
Zavqqa to’lib ketamiz.
Kichkintoylar kuylashib,
Atrofingda aylanar.
Egningdagi chiroqlar,
Kech kirganda tovlanar.
Ko’rkam archa, ko’k archa,
Bayramda bosh qahramon.
Baland toglar oshib kel,
Uyimizga bo’l mehmon.
Yangi yilimiz
Orziqib kutilgan aziz mehmondek
Tashrif buyurmoqda Yangi yilimiz.
Qalbimiz yorishib nurli osmondek,
Go‘zal his-tuyg‘uga to‘lar dilimiz.
Yangi yil kutmoqlik ezgulik tilab,
Ulug‘ ahd sanalur har xonadonda.
Shodon chehralarda gul ochar xanda.
Orzular mazmuni – tinchlik, omonlik,
Gulzordek yashnasin ona-yurt bog‘i.
Yangi yil kechasi
Ko‘ngil ma’yus tortdi yilning so‘ngida,
Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.
Bugun kuppa-kunduz ko‘zim o‘ngida,
Yana bir yoshimni o‘g‘irlading, qor.
Qirqinchi qasrimga o‘taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?..
Bahorim yetgudek qo‘lim uzatsam,
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.
Laylakqor, azizim, g‘alat bayram bu —
Kulib kuzatsammi, yig‘lab kuzatsam…
Dardim jim ichimga yutaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
So‘rsang, sevinchimdan o‘kinchim ko‘proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko‘zda tabassum-u kiprikda titroq.
Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
Yangi yil,
Kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.
Sen yangi yo‘ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo‘qlab kelganingni o‘zi bir bayram.
Qulog‘ingga bir gap aytaymi, endi,
Kechagi yoshligim ertakmi, endi…
Muhammad Yusuf
Yangi yil muborak!
Mana yana kelmoqda sog‘ingan damlar
Ko‘chada bezatilgan yashil archalar
Archani yonida go‘zal qizchalar
Qarasam ularga hayolim olar
Bugun mana hamma bahtli yuribdi
Dillarga to’lgandir shirin orzular
Vatanim yanada go’zal bo‘libdi
Har yerda yangi yil shukuhi kezar
Umrimizning o’tibdi yana bir yili
O’ynaylik kulaylik yangi yil kuni
Yilda bir marta bo’lar axir bu damlar
Yangi yil muborak aziz odamlar
Barchaga olib kelsin baht va omad
Hammani ishida bo’lsin daromat
Dildagi orzular bari ushalsin
Yangi yil yangi kun muborak bo‘lsin
Abdulla Murodulla

Yangi yil archasi
Buncha ham chiroylisan,
Yam-yashilsan har qachon!
Yangi yilning ko‘rkisan,
Sevimlisan, archajon.
Qish boboning uyida
Aziz mehmon — ko‘klamsan.
Bugun uning to‘yida
Ayniqsa soz — ko‘rkamsan.
Ko‘ylagingga juda ko‘p
Zar tugmalar taqilgan.
Shoxlaringda qizil, ko‘k…
Lampochkalar yoqilgan.
Bo‘yim yetmas shoxingga,
Lekin, ey archajonim!
Tabelimda bor senga
Atab tizgan marjonim!
Senga deb tizgan marjon
A’lo baholarimdir.
Kel, taqib qo‘yay, archam,
Shoxlaringni egib tur.