Bolaligimga (Usmon Nosirning she’rlari)

0

Bolaligimga – usmon nosir sherlari.


Kapalakning gul emganin ko‘rdim,
Eslab ketdim seni, malagim…
Sen berdingmi shuncha shirin she’rni,
Ey barglari ko‘m-ko‘k palagim?

Badiiy obrazlarga to‘la bu mo‘jaz she’rda bolalik yashnoq «gul»ga, «barglari ko‘m-ko‘k palak»ka, go‘zal «malak»ka o‘хshatilsa, shoir o‘zini gul hidini emuvchi, dilbar malak boshi uzra parvona bo‘luvchi kapal akka mengzaydi. (bir narsaga, albatta, e’tibor bering: shoir o‘zini gul nektari – shirasini yig‘uvchi asalariga emas, balki aynan gul hidiga oshiq, shundan mast bo‘lguvchi kapalakka o‘хshatadi!)

Shoir tarjimayi holi to‘g‘risida gapirganimizda, uning bolalik davri ancha qiyinchilikda o‘tganini aytgandik. Shunisi qiziqki, har qancha og‘ir, musibatli bo‘lmasin, inson o‘zining beg‘ubor bolaligini boshq acha sog‘inish bilan хotirlaydi. Chunki bolalikning ozorlari, tashvishlari ham vaqt o‘tgan sayin kishiga qadrli bo‘lib, tansiq bo‘lib boradi.

Usmon Nosir talqinidagi lirik qahramon tabiat bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotga kirishadi, uni erkalaydi, unga erkalanadi, undan arazlaydi, undan kechirim so‘raydi.

Mana qarang, siz har kecha ko‘radigan oy va uning nurlari, bahor chog‘i gullagan bodomning oydin kechadagi suratini shoir oddiy so‘zlar bilan qanday chizadi:

Oydin kecha –
Sutdek oppoq
Har yer,
Har bir joy,
Doirayi kamondan
Boqar kumush oy.
Oy nurini
Deraza
Taqib suv oqar,
Jimirlab
Oy aksi yotar.
Oy nurini
Ko‘zga solib
Ko‘rdim yalangdan –
Bodom gullab qolibdi
Och pushti rangda…

Endi shu tasvirning o‘zidan usta musavvir qanday surat yaratishi mumkin ekanini o‘ylab ko‘ring. Shoir esa siz bilan bizga oddiy tuyuladigan so‘zlar rangini, ularning ohangini ilg‘aydi, bo‘yoq bilan emas, so‘z bilan go‘zal kartina chizadi.

Modomiki, suhbatimiz shoir tasvirida qayta jonlangan oy to‘g‘risida borar ekan, keling, uning shu mavzudagi bir she’rini o‘qiylik.

Usmon Nosir – hayoti va ijodi

Previous articleUsmon Nosir – hayoti va ijodi
Next articleYurganmisiz birga oy bilan (Usmon Nosirning she’rlari)