AQSH, Italiya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi jahonning mashhur muzeylari joylashgan mamlakatlar hisoblanadi.

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Ermitaj, Parijdagi Luvr, Londondagi Britaniya muzeyi, Italiyadagi Uffitsi kabi dunyoga dong‘i ketgan muzeylarning kolleksiyalari tarkibida tarixiy buyumlarning nodir nusxalari saqlanadi.

Masalan, 1546-yilda qurilgan va dastlab qirol saroyi vazifasini o‘tagan, hozirda esa dunyoning eng katta muzeyi hisoblanmish Parijdagi «Luvr» muzeyida qadimgi Misr, Yunoniston va qadimgi Rimda yaratilgan noyob san’at durdonalarining asl nusxalari saqlanadi.