Muzeylar. Muzeylar nima uchun kerak?

0

Muzeylar tarixiy yodgorliklarni asrovchi, saqlovchi, o‘rganuvchi va xalqqa namoyish qiluvchi muassasadir. Muzeylar kishilarning o‘zlari uchun qadrli va yodgorlik bo‘lib qoladigan buyumlarni to‘plab, ularni kelgusi avlodlarga qoldirish ehtiyoji natijasida paydo bo‘ldi.

Muzeylarda yig‘ilgan yodgorliklar kolleksiyalar deyiladi.

 Muzeylarning turlari juda ko‘p. Tarixga, adabiyot va san’atga, texnikaga, tibbiyotga, hayvonot olamiga, harbiy qurol-yarog‘ kabilarga oid muzeylar mavjuddir. Muzeylar dastlab ibodatxonalarda tashkil etilgan.

Эрмитаж
Ermitaj (Sankt-Peterburg)

Yevropada ko‘plab muzeylarning tashkil etilishi XIV–XVII asrlarga to‘g‘ri keladi. Muzeylardan joy olgan eksponatlar katta tarbiyaviy ahamiyatga ham ega.

Jahon davlatlaridagi muzeylar xalqaro tashkilotga birlashgan. U xalqaro YUNESKO tarkibidagi «Muzeylar xalqaro kengashi» deb ataladi.

Muchal yil hisobi

Previous articleJuft so‘zlar. Takroriy so‘zlar
Next articleJahonning mashhur muzeylari