Muchal yil hisobi

0

Muchal yil hisobi «xosiyatli» va «muqaddas» deb hisoblangan 12 ta hayvonning nomi (sichqon, sigir, yo‘lbars, quyon, baliq, ilon, ot, qo‘y, maymun, tovuq, it va to‘ng‘iz) bilan atalgan 12 yillik davriy yil hisobidir.

Bu jarayonlar kishilar hayotida muhim o‘rin  tutgan. Ajdodlarimiz bu yil hisobidan o‘z yoshlarini aniqlashda ham foydalanganlar.

Bundan 2300 yilcha oldin qo‘llanila boshlagan muchal yil hisobining asosida kishilarning tug‘ilgan yillarini hayvonlar nomi bilan atash va ularning har 12 yillik yoshini bir muchal yoshi deb hisoblash belgilangan. Siz ham muchal yoshingizni nishonlaysiz.

Muchal yil hisobi bo‘yicha yangi yil bahorgi teng kunlikdan boshlangan

Kalendarlar tarixidan


Мучаллар, мучал, мючал.