Kalendarlar tarixidan

0

Kalendar tarixi

«Kalendar» lotincha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida «qarz daftari», «har oyning birinchi kuni» degan ma’nolarni anglatadi. Hayotimizda esa kalendar vaqtning kunlarga, haftalarga, oylarga va yillarga bo‘lib hisoblanishidir. Kalendarda yil, oy va kunlarning nomlari yozib qo‘yilgan bo‘ladi. Kalendarlar bizning bobolarimiz tomonidan «taqvim»lar deb yuritilgan.

Yil – Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqishi uchun ketadigan vaqt o‘lchov birligi. Unga ko‘ra, bir yil 365 kunga, har to‘rt yilda esa bir marta 366 kunga teng bo‘lib keladi.

Hozir dunyoning ko‘p davlatlarida, shuningdek O‘zbekistonda ham foydalanilayotgan kalendar «Grigorian kalendari» deb ataladi.


Kalendarning vatani

Dastlabki kalendar qadimgi Misrda yaratildi. Misrliklar o‘zlari uchun hayot-mamot masalasi bo‘lgan Nil daryosining qachon toshishini kuzatganlar.

Misrliklar Nil daryosining toshqiniga qadar kanallarni tozalab, to‘g‘onlarni tuzatib  qo‘yishlari kerak edi. Kundalik kuzatuv daryoning keyingi toshqiniga qadar oradan 365 kun o‘tishini ko‘rsatgan. Shu tufayli misrliklar 365 kunni 30 kunlik qilib, 12 oyga bo‘lganlar. Qolgan besh kunni bayram kunlariga ajratib, yil oxiriga qo‘shimcha sifatida  joylashtirganlar. Shu tariqa dastlabki kalendar vujudga keldi. Biroq, misrliklar yil hisobida 6 soatga  yanglishgan edilar. Bu 6 soatlik farq har 4 yilda bir sutkalik xatolikni keltirib chiqargan.


Yuliy kalendari

Qadimgi Rim davlati hukmdori Yuliy Sezar mil.av. 46-yilda yangi kalendar joriy etdi va yil boshini 1-yanvarga ko‘chirdi. Yangi kalendar Yuliy kalendari deb ataldi.[1]

Yuliy Sezar
Yuliy Sezar

Misrliklar kalendarida har 4 yilda to‘planib qoladigan bir kunni yo‘qotish uchun fevral oyi to‘rt yilda bir marta 29 kun davom etadigan qilib belgilandi. Fevral oyi 29 kun bo‘lib keladigan yilda bir yil 366 kunni tashkil etdi. Biroq, Yuliy kalendari bo‘yicha olib boriladigan yil hisobida ham xatolik bor edi. Bu xatolik tufayli dunyoda yil hisobi har 400 yilda 3 kunga orqada qolib bordi.

Misrliklar kalendarida har 4 yilda to‘planib qoladigan bir kunni yo‘qotish uchun fevral oyi to‘rt yilda bir marta 29 kun davom etadigan qilib belgilandi. Fevral oyi 29 kun bo‘lib keladigan yilda bir yil 366 kunni tashkil etdi. Biroq, Yuliy kalendari bo‘yicha olib boriladigan yil hisobida ham xatolik bor edi. Bu xatolik tufayli dunyoda yil hisobi har 400 yilda 3 kunga orqada qolib bordi.

Kalendardagi bu xatolik milodning 1582-yiliga kelib 10 kunni tashkil etdi. Oqibatda 1583-yilda bahorgi tengkunlikning 21-martga emas, 11-martga to‘g‘ri kelib qolishi xavfi tug‘ildi.


Grigorian kalendari

Grigorian kalendari

Bu xavfni bartaraf etish maqsadida Rim papasi Grigoriy XIII boshchiligida yangi kalendar joriy etildi. U yuqorida ta’kidlanganidek, «Grigorian kalendari» deb ataldi.

Bu kalendarni joriy etganlar taklifi bilan 1582-yilning 4-oktabr kuni nihoyasiga yetgach birdaniga 15-oktabrga o‘tildi, ya’ni o‘rtadagi 10 kun tashlab yuborildi.[2]Yuliy kalendari bo‘yicha yil hisobida vujudga kelgan 10 kunlik farq shu yo‘l bilan barham topdi. Bahorgi tengkunlik yana 21-martga to‘g‘ri keladigan bo‘ldi.

Avvalgi xatolik yana takrorlanmasligi  uchun  fevral oyining har 400 yilda 100 marta o‘rniga 97 marta  29 kun, har 400 yilida 300 marta emas, 303 marta 28 kun bo‘lib kelishi belgilab qo‘yildi.


[1] Q. Rajabov va bosh. Jahon tarixining  muhim  sanalari (keyingi o‘rinlarda: JTMS). – T.: «Sharq» NMAK. 2011. 85-bet.

[2] Q. Rajabov va bosh. JTMS. – T.: «Sharq» NMAK. 2011. 197-bet.

Previous articleSifat darajalari
Next articleSon (raqam)