Muhammad Aminxo’ja Muqimiy

0

Muhammad Aminxo’ja Muqimiy hayoti va ijodi, Muhammad Aminxoja Mukimiy, Мухaммaд Aминхужa Мукимий

Muhammad Amin хo‘ja Muqimiy
Muhammad Amin хo‘ja Muqimiy

O‘zbek mumtoz adabiyoti va milliy uyg‘onish davri ma’rifatparvarligi o‘rtasidagi o‘ziga xos mustahkam ko‘prik vazifasini o‘tagan davr adabiyotining zabardast vakillaridan biri Muhammad Aminxo‘ja Muqimiydir.

Shoir ijodini o‘rganish uning hayotlik chog‘idanoq boshlangan. Muqimiy vafotidan keyin shoirning devoni ilk bor «Devoni Muqimiy» (1907-yil) nomi bilan nashr etildi. Unda she’riy namunalar qatori hassos shoirning qisqacha tarjimayi holi va ijodi haqida ma’lumot ham beriladi. 1910-yilda shoirning hajviy she’rlari «Muqimiy maa hajviyot» nomi bilan nashr etildi, 1912-yilda esa Muqimiyning yana bir she’riy to‘plami chop qilindi.

Shoir ijodini jiddiy va samarali o’rganish o’tgan asrning 30-yillarida boshlandi. Bu davrda MuqimiyShoir ijodini jiddiy va samarali o‘rganish o‘tgan asarlarini to‘plash, o‘rganish, nashr etish qizg‘in olib borildi. Gazeta va jurnallarda qator maqolalar e’lon qilindi. Bu xayrli ishning boshida otaxon shoirimiz G‘afur G‘ulom turdi.

Bu jihatdan G‘. G‘ulom tomonidan tuzilib, «Muqimiy bayozi» deb nomlangan to‘plam katta ahamiyatga ega bo‘ldi. 1950-yilda Moskvada Muqimiyning «Lirika i satira» (Lirika va satira) nomli ikkinchi to‘plami rus tilida nashr etildi.

1953-yil Muqimiy ijodini o‘rganish tarixida yangi davr bo‘ldi. Shu yili vafotining 50 yilligi munosabati bilan Muqimiy hayoti va ijodiga oid maxsus kitoblar chiqarildi, shoirning tanlangan asarlari o‘zbek va rus tillarida nashr etildi.

  1. Yoqubov, A. Olimjonov, H. Zaripov, H. Razzoqov, G‘. Karimov kabi olimlar hassos shoir haqida kitoblar yozdilar, ilmiy tadqiqot ishlariga rahbarlik qildilar.

1850-yilda Qo‘qonning Bekvachcha mahallasida istiqomat qiluvchi novvoy Mirzaxo‘ja oilasida o‘g‘il farzand dunyoga keldi. Bolaga Muhammad Aminxo‘ja deb nom berdilar. Oradan yillar o‘tib u elga Muqimiy taxallusi bilan taniladi.

Dastlabki tahsilni mahalla maktabida olgan Muqimiy yoshligidan she’riyatga, badiiy ijodga alohida qobiliyat namoyon eta boshladi. Bunda onasi, ta’bi nozik va so‘zga oshno ayol Oyshabibining xizmatlari katta. Aynan u aytib bergan ko‘plab ertak, doston va qo‘shiqlar ta’sirida bo‘lajak shoirning qalbida so‘zga mehr paydo bo‘lgan edi.

Muqimiy maktab tahsilidan so‘ng Qo‘qondagi «Hokim oyim» madrasasida, 1872–1873-yillarda esa Buxoroga borib, u yerdagi «Mehtar anbar» madrasasida o‘qishni davom ettiradi. 1876-yilda Qo‘qonga qaytadi va uylanadi. Xuddi shu davrdan boshlab yer qurilishi mahkamasida mirzalik qiladi, so‘ngra Sirdaryo yoqasidagi Oqjarda parom pattachisi bo‘lib faoliyat yuritadi.

Oradan ma’lum vaqt o‘tib Muqimiy bu vazifani topshiradi va Qo‘qonga qaytadi. Moddiy qiyinchiliklar tufayli turmush o‘rtog‘i yakka-yu yagona o‘g‘lini onasiga tashlab boshqa kishi bilan turmush qurib ketadi. Bundan tushkunlikka tushgan shoir ota uyini tark etib mahalladagi Hazrat madrasasidan bir hujra olib, o‘sha yerda yashay boshlaydi.

Yolg‘izlik va xonanishinlikda o‘tayotgan hayotiga shoir mutolaa, ijod bilan mazmun kiritadi. Muqimiy juda mohir xattot edi.

Zamonasining eng yetuk husnixat sohibi Muhammad Yusuf Xattotdan tahsil olib mahoratini kamolga yetkazgan xushxat shoirning xizmatidan foydalanishga talabgorlar orta boradi, bu kasb uning uchun asosiy tirikchilik manbai bo‘lib qoladi.

Muqimiy ijodining dastlabki yillari qisman shaklbozlik unsurlari ko‘zga tashlansa-da, yillar o‘tib uning shoirlik mahorati rivojlanadi, o‘tkir hajvlari, badiiy yuksak g‘azallari elga mashhur bo‘ladi.

Muqimiy Qo‘qonda Furqat, Zavqiy, Nisbat, Muhaytashkil topgan adabiy guruhga boshchilik qiladi.

1885-yil otasi vafotidan so‘ng oilani boqish Muqimiyning zimmasiga tushadi. Moddiy ahvoli avvalgidan-da mushkullashadi. Qiyinchiliklarga chora izlab 1887-yili Toshkentga boradi. Bu safar davomida shoir qarindosh-urug‘larini topadi, do‘stlar orttiradi.

Muqimiy Toshkentdan so‘ng Farg‘ona vodiysining qator shahar va qishloqlarini ham kezadi hamda safar taassurotlarini she’r qilib yozadi. Mazkur asarlar «Sayohatnoma» nomi bilan shuhrat topdi.

Moddiy qiyinchilik, muhtojlik, ruhiy azoblar shoir sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 1898–1899-yillarda salomatligi yomonlashadi, oylab to‘shakka mixlanib qoladi. Muqimiy 1903-yili ijodining ayni avj pallasida 53 yoshida og‘ir xastalikdan vafot etadi.

Muqimiydan boy abadiy meros qolgan. Shoir, asosan, nazmda – she’riyat yo‘nalishida ijod etgan. Uning asarlari o‘zining mavzusi va badiiy-g‘oyaviy xususiyatlari jihatidan rangbarangdir. Muqimiydan bizgacha yetib kelgan merosning umumiy hajmi taxminan 10 ming misradan iborat.

Bolalar, bu hazilakam meros emas. Shu raqamlar ham shoirning barakali ijod qilganini ko‘rsatadi. Ular lirik asarlar (g‘azal, muxammas, murabba, masnaviy, ruboiy, tuyuq, fard), hajviyot (satira, yumor), «Sayohatnoma»lar, maktublardan tashkil topgan.

Siz 5-sinfda hassos shoirning «Sayohatnoma»lari – yo‘l xotiralarini batafsil o‘rgangan edingiz. Bu yil esa Muqimiyni elga mashhur qilgan, uni o‘tkir hajvgo‘y sifatida tanitgan «Tanobchilar» satirik she’riy hikoyasi bilan yaqindan tanishamiz.

«Tanobchilar» satirik hikoyasi amaldorlar zulmiga yo‘liqqan dehqon arz-dodi bilan boshlanadi:

Bo‘ldi taajjub qiziq hangomalar,
Arz etayin emdi yozib nomalar.

O‘n iki oyda keladur bir tanob,
O‘zgalara rohat-u menga azob.

Asarda kambag‘al chorakor dehqon mehnatidan katta zarar yetkazgan Sulton Ali va Hakimjon kabi hiylakor mahalliy amaldorlar qiyofasi shoir tomonidan o‘tkir, ta’sirchan misralarda fosh etiladi.

Siz quyida tanishadigan «Tanobchilar» satirik hikoyasi ana shular haqida.

>> Tanobchilar <<

  1. Muqimiy hayoti va ijodi haqida nimalar bilasiz? Gapirib bering.
  2. Muqimiy adabiy merosi qaysi janrlardan iborat? Ularning hajmiqancha misrani tashkil etadi?
  3. Muqimiy ijodini tadqiq etgan olimlardan kimlarni bilasiz?
  4. Sizningcha, «Tanobchilar» asarini yaratishga shoirni nimalarmajbur qilgan?
  5. Shoir o‘z asarida tanobchilar qiyofasini fosh etish uchun xalqona iboralardan foydalangan joylarni izohlashga harakat qiling.
Previous articleJanni Rodari ertaklari haqida
Next articleTanobchilar (Muqimiy hikoya)