Odil Yoqubovning hayoti va adabiy faoliyati

0

Odil Yoqubov tabiatan faol, jamoatchi shaxs. U jamoat ishlariga hayotini tikka, shu yo’lda qurbon ota farzandi. Bolalikdanoq 30-yillarning talotumlari, so’ng urush davri suronlari qo’ynida, odamlar orasida mashaqqatli mehnat jabhalarida toblangan, faqat oilaviy hayotdagi ko’rgiliklar emas, el-yurt tashvishlari bilan yonib yashashga o’rgangan. Ikkinchi jahon urushining oxirgi yillarida yoshiga bir yosh qo’shib, o’z arizasiga ko’ra armiya xizmatiga kirib, Uzoq Sharqlardagi janglarda ishtirok etgan; uning talabalik yillari, turli tahririyatlardagi xizmatlari, «Literaturnaya gazeta»dagi muxbirlik, «O’zbekiston adabiyoti va san’ati»ga bos muharrirlik, Yozuvchilar uyushmasiga rahbarlik, sobiq Ittifoq Oliy Sovetining deputati sifatida jo’shqin, fidokoronafaoliyati bilan el-yurtda katta shuhrat qozongan. Hozir keksalik chog’ida ham Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Respublika atamashunoslik qo’mitasi raisi, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati assambleyasining birinchi vitse-prezidentidek mas’uliyati va sharafli vazifalarni ado etib kelayotir.

Hayotda yonib yashash, yonib ijod qilish – adibning bosh shiori. Yonib yashagan odamlar – asarlarining bosh qahramoni. Uni elga tanitgan «Muqaddas», «Er boshiga ish tushsa», «Izlayman», «Diyonat», «Oqqushlar, oppoq qushlar», «Adolat manzili», «Ulug’bek xazinasi», «Ko’hna dunyo», «Bir koshona sirlari» asarlari qahramonlari olovqalb odamlardir, ular bamisoli ko’z oldingizda yonib, o’zgalarni kuydirib, yondirib ko’ngil o’kinchlari, armonlari, faryodlari bilan o’quvchi-tomoshabin qalbiga o’t soluvchi otash, taftiga dosh berish mushkul alanganing o’zginasidir.

Hamid Olimjonning «Muqanna» dramasi (insho)

Previous article“Avesto” va qadimiy dehqonchilik an`analari xususida ayrim mulohazalar
Next article«Ko’hna dunyo» romani