Ozod Sharafiddinov (1929–2005). Ozod Sharafiddinov hayoti va ijodi. Озод Шарафиддинов ҳаёти / хаёти ва ижоди.

Hurmatli o‘quvchi! Hozirga qadar Adabiyot darslarida Siz asosan shoir va yozuvchilar hayoti hamda ijodini o‘rganib kelmoqdasiz. Holbuki, adabiyot atalmish bo‘stonda “gul ko‘p, chaman ko‘p”. To badiiy ijod vujudga kelgan ekan, bu ijod mahsuli to‘g‘risida mulohaza yuritish, uni tadqiq etishga harakatlar ham juda qadimdan mavjud bo‘lgan. Qolaversa, ko‘plab shoir-yozuvchilar bir vaqtning o‘zida sinchkov olim, so‘z ilmining mohir bilimdonlari sifatida ham faoliyat ko‘rsatishgan. Demak, bugungi suhbatimiz adabiyot ilmi – adabiyotshunoslik to‘g‘risida, o‘zbek adabiyotshunosligining yirik vakili, O‘zbekiston Qahramoni Ozod Shara ddinov hayoti va ijodi haqida boradi.
Ozod Shara ddinov 1929-yilning 1-martida Qo‘qon shahri yaqinidagi Oxunqaynar qishlog‘ida tavallud topgan. Uning bolalik, o‘smirlik kezlarigina emas, keyingi butun hayoti ham Toshkent shahri bilan chambarchas bog‘liq bo‘ldi. Olim o‘zining oilasi, onasi to‘g‘risida, jumladan, quyidagilarni yozadi:
“Men onamni “aya” derdim. Ayam Qo‘qonning yonginasidagi Oxunqaynar qishlog‘ida tug‘ilib o‘sgan, so‘ng taqdir taqozosi bilan avval Qo‘qonga, keyin Toshkentga kelib turib qolgan…
Biz oilada to‘rt farzand edik; ochig‘ini aytganda, bolalikda ona mehriga to‘yganmizmi-yo‘qmi, aniq ayta olmayman. Biz uyqudan turmasdan ayam ishga ketib qolar, kechqurun u kishi ishdan qaytg anda biz uxlab qolardik. Shu alpozda yillar o‘tdi – biz ulg‘aydik, uyli-joyli bo‘ldik, ayam ham salkam yarim asrlik a’zolik stajiga ega bo‘lgan partiya faxriysiga aylandilar. Ammo bir kun kelib, keksalik kor qildimi yo ko‘p yillik “qadrdon” kasallari – diabet yengdimi, har holda ayam yotib qoldilar. Butun umri odamlar orasida, harakatda, faoliyatda o‘tgan odam yotib qolmasin ekan – tashqi dunyodan uzilib, to‘rt devor ichiga qamalib qolish yomon bo‘lar ekan. Biz – farzandlar, albatta, qo‘limizdan kelgancha ayamning ahvolini yengillatishga harakat qildik, lekin u kishi alam va iztiroblar ichida hayotdan ko‘z yumdilar. Keyin o‘ylab qarasam, u kishining umriga zavol bo‘lgan narsa faqat qand kasalining tajovuzlarigina emas ekan. Gap yo‘q, o‘lim haq! Ammo odamni qismatidan besh kun burun bu dunyo bilan vidolashuvga majbur qiladigan sabablar ham ko‘p ekan. Ayamning hadeganda tilga chiqavermaydigan allanechuk og‘ir pinhoniy bir dardi bor edi. Ko‘pincha ishdan qaytib, huzurlariga kirsam, ko‘zlari namiqqan, yuzlari tund bo‘lardi.
– Yana yig‘ladingizmi, aya?
– Yo‘q, bolam, nega yig‘lay? Shunchaki siqildim-da, – derdi-lar ayam shikasta ovozda.
– Bir kuni o‘zlari yorildilar:
– Nega bunaqa-a, o‘g‘lim? Men ellik yillik umrimni parti-yaga bag‘ishladim, sochimni supurgi, qo‘limni kosov qilib uning xizmatini qildim, endi esa partiya shiramni so‘rib olib, po‘stimni tu ab tashladi. Shuncha xizmatlarim qumga singib ketdimi?..”
(O.Shara ddinovning onasi to‘g‘risidagi bu hikoyasi nega batafsil keltirilganiga shu darsimiz oxirida, albatta, javob topasiz.)
Ozod Shara ddinov Toshkent shahrida o‘rta maktabni tugallab, O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ga o‘qishga kiradi va 1951-yilda uni muvaffaqiyatli yakunlaydi. Oradan uch yil o‘tar-o‘tmas, Moskvada nomzodlik dissertatsiyasini ham himoya qiladi.
O.Shara ddinov mehnat faoliyatining asosiy qismi o‘zi o‘qigan universitetda kechdi. U 1955–1995-yillar oralig‘ida, qariyb qirq yil mana shu ilm dargohida yoshlarga bilim va tarbiya berdi, minglab shogirdlarga beminnat ustozlik qildi.
Uning 1996–1997-yillarda “Tafakkur” jurnali bosh muharriri o‘rinbosari, 1997-yildan to umrining oxiriga qadar “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri vazifalarida ishlagan kezlari ham nihoyatda barakali, sermahsul ijodiy yillar bo‘ldi.
Ozod Shara ddinov haqida gap ketganda, hayotda ham, ilmda ham, kundalik turmushda ham halollikni, adolatni, e’tiqodni mahkam tutgan, har qanday sharoitda haqiqatni himoya qilgan zabardast inson siymosi ko‘z oldimizda gavdalanadi. Bu chinakam ma’nodagi olim, bukilmas shaxs boshidan ne-ne savdolar kechmadi. Yuqorida aytilganidek, iqtisodiy qiyinchiliklar va urush yillariga to‘g‘ri kelgan og‘ir bolalik va o‘smirlik davrida ham, adabiyot va san’atga bir yoqlama, hukmron mafkura manfaatlaridan kelib chiqib baho berish talab etilgan o‘tgan asrning 50 – 80-yillarida ham, o‘ziga qarshi turli ig‘volar uyushtirilgan paytlarda ham Ozod Shara ddinov hayotiy prinsiplaridan tonmadi, barcha ko‘rgiliklarga bardosh berdi. Albatta, bu kurashlar olimning jism-u jonini zangday kemirdi, “qand kasali”day bedavo dardga yo‘liqtirdi, biroq uning ruhi doimo tetik, vijdoni uyg‘oq qoldi.
Yosh olimning 1962-yilda chop etilgan “Zamon. Qalb. Poeziya” nomli dastlabki kitobiyoq o‘zbek adabiyotshunosligiga juda o‘ktam bir ovoz kirib kelayotganidan darak bergandi. Shundan so‘ng e’lon qilingan “Adabiy etudlar” (1968-y.), “Yalov bardorlar” (1974-y.), “Iste’dod jilolari” (1976-y.), “Birinchi mo‘jiza”, “Talant – xalq mulki” (1979-y.), “Adabiyot – hayot darsligi” (1980-y.), “Hayot bilan hamnafas” (1983-y.), “Go‘zallik izlab” (1985-y.) singari o‘nlab kitoblarida O.Shara ddinov o‘zbek adabiyoti durdonalarini mohir zargar singari sinchiklab tahlil etdi, hali el nazariga tushmagan o‘nlab iste’dodlarni kashf qildi. U muayyan ijodkor izlanishlariga yoxud konkret adabiy asarga yondashar ekan, bunda haqiqatni, ilmiy xolislik va halollikni asosiy me’zon qilib qo‘ydi. Uning bu xarakter jihatlari ning toblanishida Abdulla Qahhor bilan ko‘p hamsuhbat bo‘lgani, uning ijodiy maktabida saboq olgani ham muhim rol o‘ynagandi.
Ozod Shara ddinovning ko‘plab maqolalari adabiy jamoatchilik orasida birdan og‘izga tushar, turli katta-kichik davralarning munozara mavzusiga aylanardi (masalan, “Zaharxanda qahqaha”, 1962; “Hayotiylik jozibasi, sxematizm inersiyasi”, “Yurtin madhi bo‘ldi so‘nggi satri ham”, 1979; “She’r ko‘p, ammo shoirchi?”, 1983; “Bir tilda gaplashaylik”, 1987 va boshqa maqolalari). Ayniqsa, boshqalar nomini tilga olishga ham cho‘chib yuradigan Cho‘lpon, Fitrat singari ijodkorlar to‘g‘risida yozgan maqolalari, e’lon qilgan kitoblari adabiyot ixlosmandlaridagina emas, umum omma orasida ham katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. (1968-yili O. Shara ddinov muharrirlik qilgan “Tirik satrlar” nomli to‘plam hamma yerdan yig‘ishtirib olingandi!) Albattaki, “to‘g‘ri gap tuqqaniga yoqmaydigan” zamonda uning mulohazalariga ko‘plab arboblar qarshi bo‘lar, olimning “tilini tiyib qo‘yish”ga zo‘r berib harakat qilinardi.
1991-yilda yurtimizning mustaqillikka erishgani Ozod Shara ddinov hayoti va ijodiga yangi nafas baxsh etdi. Olim “Yo‘lboshchi”, “Mustaqillik me’mori”, “Istiqlol jilolalari” singari maqolalarida, “Istiqlol doyilari” (1993), “Sardaftar sahifalari” (1999), “Ma’naviy kamolot yo‘llarida” (2001), “Dovondagi o‘ylar”, “Ijodni anglash baxti” (2004) singari kitoblarida milliy mustaqillik yo‘lida kurashgan yirik tarixiy shaxslar – Fitrat, Cho‘lpon, Usmon Nosir, Abdulla Qahhor, Oybek, G‘afur G‘ulom, Maqsud Shayxzoda singari zabardast adiblar to‘g‘risida eng so‘nggi haqiqatlarni bitdi. Mazkur kitoblardan, shu ningdek, Ozod Shara ddinovning hayot va tiriklikning mazmun-mohiyati, inson umrini qanday o‘tkazishi lozimligi to‘g‘risidagi chuqur mushohadalarga boy falsa y maqolalari, hozirgi globallashayotgan dunyoning og‘riqli muammolari borasidagi teran mulohazalari ham o‘rin olgan.
1997-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yurtimiz tarixida birinchi marta “Jahon adabiyoti” jurnali tashkil etildi. Ozod Shara ddinov bu jurnalga bosh muharrir etib tayinlandi. Har oyda chop etiladigan, hajman yirik bu jurnalga original materiallar tayyorlash, dunyo adabiyotining eng sara namunalarini peshma-pesh tarjima va tahrir qilish bosh muharrirdan ozmuncha matonat talab etmas edi. (Ozod Shara ddinov bu jurnalning roppa-rosa 100 ta sonini tayyorlashga ulgurdi!) Qolaversa, adibning sog‘lig‘i ham yaxshi emas edi. Mana shu sharoitda Ozod Shara ddinov chinakamiga qahramonlik ko‘rsatib mehnat qildi, umrining har daqiqasini eli uchun, shu el ning ma’naviy va ma’ri y kamoli uchun sarf etdi.
Ozod Shara ddinov dunyo adabiyotining o‘nlab durdona asarlarini, yuzlab donishmandlarning ilmiy-falsa y maqolalarini ona tilimizga mohirona tarjima qildi. Uning shaxsiy kutubxonasi eng boy kitob xazinalaridan biri ediki, bu xazinadan yurtimizning ko‘plab ziyolilari bahramand bo‘ldi.
Ellik yil sho‘ro hukumatiga, uning aldamchi partiyasiga sidqidildan xizmat qilib, evaziga ozgina insoniy mehr va e’tibor ko‘rmay, “alam va iztiroblar ichida hayotdan ko‘z yumgan” mushtipar onasidan farqli o‘laroq, Ozod Shara ddinov o‘z xalqining e’tibori va e’zozini qozondi. Unga mamlakatimiz Prezidenti Farmoni bilan “Mehnat shuhrati” (1997), “Buyuk xizmatlari uchun” (1999) ordenlari va “O‘zbekiston Qahramoni” (2002) degan eng oliy unvon berildi.
Afsuski, shafqatsiz o‘lim Ozod Shara ddinovni 2005-yil 4-oktabr kuni hayotdan olib ketdi. Chin ma’nodagi ziyoli, milliy ma’naviyatimizning yirik darg‘alaridan bo‘lgan Ozod domlaning farzandlariga aytgan so‘nggi so‘zlari ham avlodlarga bir vasiyatdek yangrab qoldi:
“Kitoblarimni asranglar, mening eng katta boyligim mana shu kitoblar edi…”
Shukrki, ona xalq uchun, uning baxti va saodati uchun tinimsiz mehnat va ijod qilgan doyi insonlar o‘limidan keyin ham o‘sha xalqning qalbida, kundalik o‘ylarida yashashda davom etadilar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov o‘zining “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarining “Eng buyuk jasorat” deb nomlangan faslida Ozod Shara d dinov hayoti va ijodiga yuksak baho berar ekan, jumladan, quyidagilarni ta’kidlaydi:
“O‘ylaymanki, o‘zini o‘zbek xalqining farzandi degan har qaysi inson ana shunday doyi yurtdoshlarimiz bilan cheksiz faxrlanadi, unib-o‘sib kelayotgan bolalari, shogirdlariga ma’naviy jasorat timsoli sifatida aynan mana shunday odamlarni namuna qilib ko‘rsatadi. Va hech shubhasiz, umr bo‘yi el-yurt manfaati, Vatan istiqboli uchun kurashib yashaydigan shunday qahramon farzandlari bor xalq hech qachon kam bo‘lmaydi”.







