Yangi yil sherlari 2024 – Янги йил шеърлари

0

Yangi yil haqida sherlari. Yangi yil she’rlari 2024. O’zbek She’r yangi yil. Янги йил ҳақида шерлари. Янги йил шеърлари 2024. Ўзбек Шеър янги йил. Yangi yil bo‘lsin muborak. Yangi yil kirib keldi. Yangi yil bilan azizim. Quvonch olib kelgin yangi yil. Янги йил бўлсин муборак. Янги йил кириб келди. Янги йил билан азизим. Қувонч олиб келгин янги йил

yangi yil rasmlari
Yangi yil rasmlari

Yangi yil kirib keldi

O‘tib kunlar shodasi,
Tinim bilmayin yeldi,
Yangi kun ifodasi,
Yangi yil kirib keldi!

Ortda qoldi bir yil xam,
Kimda shodlik kimda g‘am,
Ko‘taring kayfiyatni,
Qilaylik katta bayram.

Yangi yangi yangi yil!
Kirib kelar yangi yil!
Shodliklarga to‘lib dil,
Kirib kelar yangi yil!

Chorlang xamma-xammani,
Bezatamiz archani,
O‘ynab kuling azizlar,
Kengroq olib davrani.

Baxt porlaydi ko‘zlarda,
Xayajon bor so‘zlarda,
Arimasin tabassum,
Bugun barcha yuzlarda!

Qish qo‘ynida muz bilan,
Qorda qolgan iz bilan,
Qorbobo Qorqiz bilan,
Kirib kelsin Yangi yil!

Yangi orzu axt berib,
Yangi niyat shaxd berib,
Omad quvonch baxt berib,
Kirib kelsin Yangi yil!


Yangi yil bilan azizim

Yangi yilda yangi orzular;
Unut bo’lar barcha qayg’ular;
Qamrab olar bizni kulgular;
Tabriklayman yangi yil bilan;

Tark etmasin bizni bu shodlik;
Mangu qolsin bebaxo tinchlik;
Yiroq bo’lsin qora yovuzlik;
Tabriklayman yangi yil bilan;

Birgalikda barcha azizlar;
Qo’shiq kuylab shirin kulgular;
Yangi yilga yangi sovg’alar;
Tabriklayman yangi yil bilan;

Yana sizga shirin so’z bilan;
Sherlar bitay yoriq yuz bilan;
Bugun yana Qodir siz bilan;
Tabriklayman yangi yil bilan;


Quvonch olib kelgin yangi yil

Bu gal seni uzoqroq kutdim,
Yo‘llaringga mushtoq ko‘z tutdim,
Ba’zan shodlikni ham unutdim,
Quvonch olib kelgin yangi yil.

Tunlaring ham charog‘on bo‘lsin,
Har bir kuning farovon bo‘lsin.
Barcha quvnab sho‘h shodon bo‘lsin,
Quvonch olib kelgin yangi yil.

Hamma yoqqa sochib oppoq qor,
Yer yuzini etgin beg‘ubor,
Erishmagan orzularim bor,
Quvonch olib kelgin yangi yil.

Eski yilda qolsin eski dard,
Olam ahli yayrasin xursand,
Kutilmagan o‘zingga monand
Quvonch olib kelgin yangi yil.


Yangi yil rasmlari
Yangi yil rasmlari

Yangi yil nutqi

Salom, salom mehmonlar.
O’g’il qizu chaqqonlar,

Rosa g’ayrat qilibsiz,
Ziyofat tuzatibsiz,

Yangi yilni qarshilab,
Eskisini kuzatibsiz,

Eski yilni muddati,
Tugab tarixga ketdi.

Yangi yil bo’lib men ham,
Kelish navbatim yetdi.

Ko’rayapsiz jujiqman,
Yillar ichra kichikman,

Keldim sizga o’sgani,
Ko’p zafarlar quchgani.

Meni seving shu onda,
Siznikiman shu ondan.

Ota, ona, bobolar,
Ham mehribon momolar.

Menda g’ayrat qilurman,
Sur’atim oshirurlar,

Siz ham a’lo o’qingiz,
Bilimlarni o’qingiz,

Siz o’sibsiz bir yoshga,
Yurt kon bo’lsin non oshga.


Yangi yil bo‘lsin muborak

Qalbingiz yashnasin Misoli yaproq
Tuganmas Baxt shodlik hamisha hamrox
Nurlarga bezalsin har bir o’tar chog’
Sizga yangi kunda yangicha tilak,
Qadrdonim yangi yil bo’lsin muborak.

Hafalik yarashmas, ranjimang Zinxor,
Shirin Tabbassumla ko’rsatib Viqor,
Ostonangiz uzra 4 fasl baxor,
Sayrasin shux qushlar, giryon Kapalak
Qadrdonim yangi yil bo’lsin muborak

Sizdanda eng baxtli inson bo’lmasin,
Farishtalar Izingizdan hech qolmasin,
Mexr muhabbatdan sira tolmasin
Ko’ksingizda urib turgan bu yurak;
Qadrdonim yangi yil bo’lsin muborak

Qalbingizdan yiroq bo’lsin andux g’am,
Nogoh ko’zingizda ko’rmay sira nam,
O’zingizni asrang mening uchun ham
Xudoyberdidan bir samimiy tilak
Qadrdonim yangi yil bo’lsin muborak.


Xush kelibsan yangi yil – Assalom yangi yil – Sherlari

Yangi yil sherlar – Yangi yil archasiga – Yangi yil muborak!

Previous articleKonstitutsiyaviy tuzum prinsiplari
Next articleXush kelibsan yangi yil – Assalom yangi yil – Sherlari