Birinchi jahon urushi va Turkiston

0

Биринчи жаҳон уруши ва Туркистон. Урушнинг Туркистонга таъсири.


Urushning Turkistonga ta’siri

Birinchi jahon urushi Vatanimiz Turkistonni ham chetlab o‘tgani yo‘q. Chunki Turkiston Rossiya imperiyasining mustamlakasi edi. Turkiston hududida urush harakatlari olib borilmadi. Biroq urush yillarida mustamlakachi Rossiyaning Turkiston mahalliy aholisiga o‘tkazayot- gan zulmi yanada kuchaydi. Chunonchi, urush ehtiyojlari uchun deb aholidan olinadigan soliqlar miqdori ko‘paytirildi. OTkadan olib ketiladigan paxta, don va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlarining miqdori ortdi.

Bu ham yetmaganidek, 1916-yilda Rossiya imperatori Nikolay II farmoniga ko‘ra, Turkistonning 19 yoshdan 43 yoshgacha boTgan erkak aholisi mardikorlikka safarbar etila boshlandi. Ular Rossiyaga borib qo‘shin uchun mudofaa inshootlari, temir yoTlar qurish kabi ishlarda qatnashishlari lozim edi. Mardikorlikka olish natijasida ko‘plab oilalar o‘z boquvchilaridan ajrab qoldi. Qishloq xo‘jaligi esa inqirozga yuz tuta boshladi. Imperatorning qarori Turkiston aholisining keskin noroziligiga sabab boTdi. Bu esa oxir-oqibatda xalq qo‘zg‘oloni boshlanishiga olib keldi.


Qo‘zg‘oloiming boshlanishi

Xalq qo‘zg‘oloni butun Turkiston oTkasini qamrab oldi. Joylarda mustamlakachilarning askarlari bilan qonli to‘qnashuvlar yuz berdi. Toshkentda boshlangan qo‘zg‘olon qatnashchilari Beshyog‘ochdagi politsiya mahkamasi oldida to‘plandilar.

Qo‘zg‘olonning faol ishtirokchisi Rizvonbibi Ahmadjonova amal- dorlariga qarata: «Bizni oddirsanglar ham o‘g‘illarimizni bermaymiz», — deb baralla aytdi. Politsiyachilar Rizvonbibiga qarata o‘q uzishdi. Bundan g‘azablangan xalq politsiya mahkamasini bosib oldi. Po- litsiyachilarga yordamga kelgan askarlar o‘ndan ortiq qo‘zg‘olonchini otib tashladi. Shunday vahshiyona usul bilan qo‘zg‘olon bostirildi.


Jizzax qo‘zg‘oloni

Mardikorlikka olish to‘g‘risidagi farmondan norozilik, ayniqsa, Jizzaxda keskin tus oldi. Jizzaxdan jami 11 ming kishi mardikorlikka jo‘natilishi kerak edi. Jizzaxliklar mar­dikorlikka olish to‘g‘risidagi farmonni bekor qilishni va mar­dikorlikka olinadiganlarning ro‘yxatini tuzishni to‘xtatishni talab qilib chiqdilar. Biroq bu talab rad etildi. Oqibatda qudratli qo‘zg‘olon yuz berdi.

Politsiyaning Rizvonbibiga o‘q uzishi
Politsiyaning Rizvonbibiga o‘q uzishi

Aslida bu milliy-ozodlik kurashi ham edi. Qo‘zg‘olonga Nazirxo‘ja Abdusalomov va Abdurahmon jevachilar rahbarlik qildilar.

Biroq kuchlar teng emas edi. Oqibatda qo‘zg‘olonchilar mag‘lubiyatga uchradi. Mustamlakachilar qo‘zg‘olonchilar va ulaming rahbarlarini ayovsiz jazoladi. Qo‘zg‘olon ko‘targan qishloqlarga o‘t qo‘yildi. Hatto qo‘zg‘olonchilarning oila a’zolariga ham shafqat qilinmadi.

Qo‘zg‘olon rahbarlari esa o‘lim jazosiga hukm qilindi. Qolgan ishtirokchilar turli muddatlarga qamoqqa va surgunga johiatildi.

Qo‘zg‘olonchilarga xayrixoh bo‘lganlik yoki ularni tutib olishda yordam bermaganlikda ayblanganlar cho‘lga haydab yuborildi.


Qo‘zg‘oloiming yengilish sabablari va ahamiyati

Qo‘zg‘olonchilar mustamlakachilarga qarshi kurashda hech qanday tajribaga ega emas edilar. Ular hech qanday maxsus tayyorgarlikdan o‘tmaganlar ham. Ularning qurollari, asosan, ketmon, panshaxa va tayoqlardan iborat edi.

Mustamlakachilarning askarlari esa zamonaviy qurol-yarog‘ bilan ta’minlangan edi. Qolaversa, qo‘zg‘olonga oldindan puxta tayyorlanil- madi. Shunday bo‘lsa-da, qo‘zg‘olon ishtirokchilari mustamlakachilar tomonidan poymol qilingan haq-huquqlarini tikiash uchun kurashdilar. Vatanning fidoyi farzandlari ekanligini ko‘rsatdilar. Kuchlar noteng bo‘lgan jangda kohsatgan jasoratlari bilan Vatanimiz tarixida o‘chmas nom qoldirdilar.

1916-yilgi milliy-ozodlik harakati Rossiya imperiyasini qattiq sarosimaga solib qo‘ydi. Uning Turkistondagi kuch-qudratini zaif- lashtirdi.

Qo‘zg‘olon Turkiston aholisini mardikorlikka safarbar etish to‘g‘risidagi farmonning to‘la bajarilishiga yo‘l qo‘ymadi. Natijada mardikorlikka rejadagidan ikki barobar kam — jami 120 mingdan ortiq kishi yuborildi. Ular Rossiyaning turli burchaklarida og‘ir mehnatdan, ochlikdan, xorlikdan mislsiz azob chekdi. Ko‘plari qattiq sovuqdan va turli kasalliklardan о‘lib ketdilar. Bir qismi esa umrbod nogiron bo‘lib qoldi.

Qo‘zg‘olon vatandoshlarimizning o‘z haq-huquqlari uchun kurasha olishi mumkinligini isbotladi. Mustamlakachi hukumatga ozodlik va mustaqillik uchun kurash tuyg‘ulari hech qachon sohimasligini yana bir bor ko‘rsatib qo‘ydi.


Atamalar mazmunini bilib oling

Jevachi — qurol-aslahalar saqlanadigan omborxona mudiri.

Mardikor — vaqtincha ishga yollanuvchi ishchi.


Savol va topshiriqlar

  1. Birinchi jahon urushi nega Turkistonga ta’sir etmay qolmadi?
  2. Mardikorlikka safarbarlik nima edi?
  3. 1916-yilning yozida Turkistonda boshlangan milliy-ozodlik qo‘zg‘o- lonining sabablari haqida nimalarni bilib oldingiz?
  4. Nega 1916-yilgi milliy-ozodlik qo‘zg‘oloni mag‘lubiyatga uchradi?
  5. 1916-yilgi milliy-ozodlik qo‘zg‘olonining tarixiy ahamiyati haqida so‘zlab bering.
Previous articleBirinchi jahon urushi
Next articleJizzax qo‘zg‘oloni – Жиззах қўзғолони