Xush kelibsan yangi yil – Assalom yangi yil – She’rlari. Хуш келибсан янги йил – Ассалом янги йил – Шеърлари.

Xush kelibsan yangi yil
Xush kelibsan,elimizga,Yangi yil,
Ziyo sochgin yo’limizga,Yangi yil,
Zafar keltir, tinchlik,omonlik,
Quvonch keltir,elimizga,Yangi yil!
Assalom yangi yil
Assalom, Yangi yil, yangi rejalar,
Yangi o’y-rejali kunduz-kechalar!
Yangilik yaratgan qo’llar bor bo’ling.
Yaxshilik chorlagan yillar bor bo’ling!
Assalom, Yangi yil, yangi kashfiyot,
Mo’l bo’lsin senda baxt-saodat ziyoda,
Barchaning orzusi ushalsin, do’stlar,
Mehrdan poyondoz to’shalsin, do’stlar!
Keldi yangi yil
Yana kulib keldi Yangi yil,
Qordek oppoq orzular bisyor,
Ezgulikka yo’g’rilgan qalblar,
Davra qurib aytaylik alyor!
Eski yil nutqi
Xayr, xayr mehmonlar,
O’g’il qizu chaqqonlar
Rosa g’ayrat qildingiz,
Bir yil o’sib ulg’ayib.
Eski yilni kuzatib,
Yangisini qarshilabsiz.
Ko’rayapsiz jujoqmon.
Endi tilim chiqyapti,
Sizla o’sdim, o’rgandim,
Va bir yoshga ulg’aydim.
Muddatim tugab men ham
Ketish navbati yetdi.