Turdosh va atoqli otlar

0

Bir turdagi narsa-buyumning nomini bildirgan otlar turdosh ot deyiladi. Masalan: qishloq, choynak, aka, daraxt.

Ayrim shaxs yoki narsa-buyumga atab qo‘yilgan nomlar atoqli ot deyiladi. Kishilarning ism, familiyasi, joy hamda hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlar, gazeta, jurnal, kitob, tarixiy voqea kabilarning nomlari atoqli otlardir. Masalan: Toshloq tumani, Mustaqillik kuni, «Gulxan» jurnali, Olapar. Atoqli otlar doimo bosh harf bilan yoziladi.

Kitob, gazeta, jurnal, kinofilm, binolar hamda tashkilotlarga atab qo‘yilgan nomlar qo‘shtirnoq ichiga olinadi. Ammo shahar, kinoteatr, jamoa xo‘jaligi kishilar nomiga qo‘yilgan bo‘lsa, qo‘shtirnoq ishlatilmaydi. Ularda nomidagi, nomli so‘zlari qo‘llanadi.

So‘z turkumlari. Mustaqil va yordamchi so‘zlar

Previous articleSo‘z turkumlari. Mustaqil va yordamchi so‘zlar
Next articleKoronavirus profilaktikasi bo’yicha 7 ta tavsiya