Inson va fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklari (amaliyot darsi). Инсон ва фуқароларнинг шахсий ҳуқуқлари ва эркинликлари (амалиёт дарси). Инсон ва фукароларнинг шахсий хукуклари ва эркинликлари.
Yashash huquqi. Sudda himoyalanish va shaxsiy daxlsizlik huquqi. Sha’ni, obro’si va shaxsiy hayotiga tajovuzdan himoyalanish huquqi. Turar joy daxlsizligi huquqi. Bir joydan ikkinchi joyga ko’chish va yashash joyini erkin tanlash huquqi. Fikr, so’z va e’tiqod erkinligi. Vijdon va diniy e’tiqod erkinligi huquqi.
Яшаш ҳуқуқи / хукуки. Судда ҳимояланиш ва шахсий дахлсизлик ҳуқуқи. Шаъни, обрўси ва шахсий ҳаётига тажовуздан ҳимояланиш ҳуқуқи. Турар жой дахлсизлиги ҳуқуқи. Бир жойдан иккинчи жойга кўчиш ва яшаш жойини эркин танлаш ҳуқуқи. Фикр, сўз ва эътиқод эркинлиги. Виждон ва диний эътиқод эркинлиги ҳуқуқи.
Mavzu ustida ishlash natijasida:
– O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga asosan inson va fuqarolar qanday shaxsiy huquq va erkinliklarga ega ekanligini bilib olasiz.
- Yashash huquqi.
- Sudda himoyalanish va shaxsiy daxlsizlik huquqi.
- Sha’ni, obro’si va shaxsiy hayotiga tajovuzdan himoyalanish huquqi.
- Turar joy daxlsizligi huquqi.
- Bir joydan ikkinchi joyga ko’chish va yashash joyini erkin tan- lash huquqi.
- Fikr, so’z va e’tiqod erkinligi.
- Vijdon va diniy e’tiqod erkinligi huquqi.
Inson huquqlari — davlat qonunlarida mustahkamlab qo’yilgan huquqlar bo’lib, mamlakatda har bir fuqaro huquq va erkinliklarini ta’minlaydi.
Mana shuning uchun qonun bilan belgilangan bir holatda huquqlar deb, boshqa holatda esa erkinliklar deb yuritiladi. Bunda shuni yodda tutish kerakki, xatti-harakatlarni tanlashda keng erkinlikni taqdim etish orqali huquq ulardan foydalanishning aniq chegarasini ham belgilab beradi.
1-topshiriq
O’zingizni mamlakatning Asosiy qonuni loyihasini ishlab chiqish bo’yicha ish- chi guruh tarkibiga kiritilgan deb tasavvur qiling.
Qaysi shaxsiy huquq va erkinliklarni ana shu loyihaga kiritgan bo’lar edingiz?
Ro’yxatni tuzing va ularning eng muhimlarini belgilang.
Yodingizda bo’lsin, sizning mamlakatingiz demokratik davlat bo’lishi uchun intilishingiz kerak.
1. Yashash huquqi
Mamlakatda demokratiyaning mavjudligini aniqlaydigan insonning eng muhim shaxsiy huquqi — bu yashash huquqidir.
| Asosiy qonun belgilaydi Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og’ir jinoyatdir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 24-modda. |

Davlat va jamiyatning asosiy burchi – ana shu huquqni qo’l ostidagi barcha vositalar bilan kafolatlashdir. Bu huquqni ro’yobga chiqarish davlat va jamiyat demokratik rivojlanishining muhim sharti – sog’lom yashash huquqi, normal hayot sharoiti va hokazolar bilan chambarchas bog’liq. Davlat uni quyidagi majburiyatlarni bajarishda kafolatlaydi:

Normativ hujjat! O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasida o’lim jazosini bekor qilish to’g’risida»gi 2005-yil 1-avgustdagi Farmoniga muvofiq va insonning jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan yashash huquqi prinsiplari, normalari hamda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qoidalaridan kelib chiqqan holda, shuningdek, jinoiy javobgarlikni liberallashtirish bo’yi- cha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida: «2008-yil 1-yanvardan O’zbekiston Respublikasida jinoiy jazo sifatida o’lim jazosi bekor qilinsin va uning o’rniga umrbod qamoq yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi kiritilsin», – deb belgilab qo’yilgan. |
2. Sudda himoyalanish va shaxsiy daxlsizlik huquqi
Bu insonning har bir vaziyatda o’z ixtiyoriga ko’ra ish tutish huquqlaridir. Bunda davlat organlari va jismoniy shaxslar tomonidan uning huquqlarini qonunga xilof ravishda cheklashga yo’l qo’yilmaydi.
Masalan, faqat sudyaning sanksiyasi (ruxsatnomasi) qamoqqa olish va hibsda saqlash uchun asos bo’lishi mumkin.
Asosiy qonun belgilaydi Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko’rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o’zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 26-modda. |
3. Sha’ni, obro’siga tajovuzdan va shaxsiy hayotiga aralashishdan himoyalanish huquqi
«Shaxsiy hayot» deyilganda istisno tariqasida ayni shu kishiga taalluqli hamda qonunga xilof ravishda oshkor etilgan taqdirda insonga ma’naviy ziyon yetkazilishi mumkin bo’lgan yozishmalar, telefon orqali so’zlashuvlar, telegraf vositasidagi va boshqa turli xil bildirishlar, tibbi- yot tavsifidagi ma’lumotlar va boshqa ma’lumotlar tushuniladi.
Shaxs qadr-qimmati huquqi davlat inson uchun uning qadr-qimmatini va or-nomusini kamsitmaydigan sharoitlar yaratib berishini taqozo etadi. Hech kim qiynoqlarga solinishi, zo’ravonlikka, shafqatsiz yoki qadr-qimmatni tahqirlovchi muomalaga duchor etilmasligi shart.
4. Turar joy daxlsizligi huquqi
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida (27-modda) ko’zda tutilganidek, davlat organlari ushbu huquqlarga aralashishi mumkin emas. Ammo davlat, jamiyat xavfsizligi, jamoatchilik tartibi, aholi sog’ligini saqlash yoki boshqa shaxslarning huquqlari hamda erkinliklari nuqtayi nazaridan qonunda belgilangan holatlar bundan mustasnodir.
Fuqaro tomonidan qonuniy asosda doimiy yoki vaqtinchalik yashash joyi tariqasida egallab turilgan har qanday bino turar joy jumlasiga kiradi.
| Asosiy qonun belgilaydi Hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar joyiga kirishi, tintuv o’tkazishi yoki uni ko’zdan kechirishi, yozishmalar va telefonda so’zlashuvlar sirini oshkor qilishi mumkin emas. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 27-modda. |
2-topshiriq
Fuqaro M.ning kvartirasiga tepa qavatdagi qo’shnisi suv toshirib yuborgani sababli suv oqib tushdi. Ko’p suv toshmagani uchun u aynan turar joy daxlsizligi asosida ta’mirlovchi ustani xonadoniga kiritmadi.
Bu holatda kim haq?
3-topshiriq
Rasmlarga qarab, bunday holatda insonning qanday huquqlari buzilganligini aniqlang. Har bir rasm ostiga nimalar yozish kerakligini taklif qiling.

5. Bir joydan ikkinchi joyga ko’chish va yashash joyini erkin tanlash huquqi
Bir joydan ikkinchi joyga ko’chish va yashash joyini erkin tanlash huquqi O’zbekiston hududida qonuniy tarzda bo’lib turgan har bir odamga taalluqlidir.
| Asosiy qonun belgilaydi O’zbekiston Respublikasi fuqarosi respublika hududida bir joydan ikkinchi joyga ko’chish, O’zbekiston Respublikasiga kelish va undan chiqib ketish huquqiga ega. Qonunda belgilangan cheklashlar bundan mustasnodir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 28-modda. |
6. Fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqi
Inson fikri va e’tiqodi uning xatti-harakatlari asosidir.
Konstitutsiya fikr yuritish va so’z erkinligini ta’minlashni kafolatlash bilan birgalikda, mavjud konstitutsiyaviy tuzumga qarshi yo’naltirilgan har qanday axborot yoki davlat siri bo’lgan ma’lumotlarni tarqatishni man etadi.
Yodda tuting! So’z erkinligi — nafaqat o’z g’oyalari va fikr-mulohazalarini og’zaki, balki matbuotda, tasviriy san’at asarlari, badiiy adabiyotda va boshqalarda ham bayon etish imkoniyatidir. |
| Asosiy qonun belgilaydi Har kim fikrlash, so’z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o’zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo’lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mum- kin. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 29-modda. |


7. Vijdon va diniy e’tiqod erkinligi huquqi
O’zbekistonda o’z tasdig’ini topgan vijdon erkinligini hurmat qilish xalqimizning teran ma’naviy an’analariga javob beradi. Dinning davlatlashtirilishi har kimning dinga e’tiqod qilishi shaxsiy ishi ekanligiga davlatning aralashuvini anglatgan bo’lar edi. Davlat va diniy tashkilot orasidagi munosabatlar O’zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi Qonuni asosida boshqarib boriladi. Konstitutsiya dindorlarga ham, dunyoviy turmush tarzini kechiruvchi kishilarga ham davlat ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda bo’lishini kafolatlaydi.
| Asosiy qonun belgilaydi Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 31-modda. |
| Yodda tuting! Dunyoviy davlat — rasmiy davlat dini mavjud bo’lmagan va birorta diniy ta’limot majburiy sanalmaydigan davlat. |

4-topshiriq
Sizningcha, qaysi hollarda insonning shaxsiy huquqla ri buzilgan? Yuzaga kelgan muammo yechimini taklif qiling.
1-vaziyat.
O’smirlar guruhi o’g’irlik sodir etdi. Bu voqea sudgacha maktab Pedagogik kengashi majlisida muhokama qilinib, unda o’sha o’smirlarni jinoyatchilar deb atashdi. Shu bilan birga, majlis qatnashchilari ularni sud qat’iy jazolaydi degan umid bildirishdi…
Bunda har ikkala tomonda qanday qonunbuzarlik namoyon bo’ldi?
2-vaziyat.
O’smirlar guruhi tibbiyot institutining tajriba xonasidan kuchuk o’g’irlashdi. Voqeani tekshirish davomida shu narsa aniqlandiki, tajriba o’tkazilgandan so’ng kuchuklar boqilmasligi va parvarishlanmasligidan zorlanib akillashlariga bolalar achinishgan.
Axloq va qonun nuqtayi nazaridan o’smirlar xatti-harakatini qanday baho laysiz?
3-vaziyat.
Voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha Komissiya yig’ilishida o’g’ri- lik masalasi yuzasidan muhokama borardi. Shu payt inspektor kabinetiga jabrlanuvchi shaxt bilan kirib keldi-da, o’g’irlik sodir etgan o’spiringa ko’zi tushgach, unga qarata haqorat yog’dira boshladi. Ammo inspektor uni to’xtatdi va haqorat qilgani uchun javobgarlikka tortishi mumkinligi to’g’risida ogohlantirdi.
Sizningcha, inspektor, garchi o’spirinning aybi aniq bo’lsa-da, nega uning sha’niga haqorat yog’dirilishini to’x tatdi?
4-vaziyat.
O’tgan darsda to’qqizinchi sinf o’quvchilari sport zalida jismoniy tar- biya darsida bo’lganlarida, yettinchi sinf o’quvchilari ularning xonasida o’tkazilgan darsda o’tirishgan edi. Shu dars paytida o’zlarining pullari yo’qolganini bahona qilib, to’qqizinchi sinf o’quvchilari yettinchi sinf o’quvchilarini tintib chiqishdi.
To’qqizinchi sinf o’quvchilarining xatti-harakatlari qonuniymi? Ushbu xat- ti-harakatlarga baho bering.
5-topshiriq
Quyidagi vaziyatlar bilan tanishing. Qaysi hollarda insonning qanday shaxsiy huquqlariga putur yetkazilgan?
- Siz konverti ochib ko’rilgan maktub oldingiz;
- muassasadan chiqayotganda militsiya xodimi sizdan sumka ichidagilarni ko’rsatishni talab qildi;
- vaksinalash (emlash) paytida bolaga gepatit virusini yuqtirishdi;
- o’quvchi qizning pul turgan hamyoni yo’qoldi va yonidagi partadoshiga: «Sen o’g’irlagansan, sen o’g’risan», – deb aytdi;
- konduktor chipta olishni rad etgani uchun yo’lovchini haqorat qildi.
Yakunlarni chiqaramiz
Shaxsiy huquq va erkinliklari:
- qonun – shaxsni himoya qilish uchun;
- yashash huquqi;
- erkinlik va shaxsiy daxlsizlik;
- shaxsiy va oilaviy hayotga aralashmaslik;
- turar joy daxlsizligi;
- qadr-qimmat va obro’ni himoya qilish;
- vijdon va diniy e’tiqod erkinligi;
- dunyoviy davlat.
O’zingizni sinang!
- O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida inson va fuqarolarning qanday huquq va erkinliklari belgilangan?
- Yashash huquqini ro’yobga chiqarish davlat uchun nimani anglatadi?
- Insonning turar joy daxlsizligi huquqi nimani anglatadi?
- Shaxsiy hayot nima, u qanday muhofaza qilinishi kerak?
- Vijdon va diniy e’tiqod erkinligi nima?








