Tovushlarning orttirilishi va tushib qolishi

0

Товушларнинг орттирилиши ва тушиб қолиши.


Rost (ros), gisht (gish) kabi sozlarning oxiridagi tovush talaffuzda tushib qoladi, ammo ular yozuvda saqlanadi.

Oid, shoir sozlarida esa ikki unli orasida talaffuzda y undoshi orttiriladi, lekin yozuvda asl holati saqlanadi.

Orni, singlisi, pasay kabi so‘zlardagi o‘zgarish adabiy me’yor sanaladi.


1-topshiriq. Tabiat (tabiyat), doim (doyim), ilm (ilim) so‘zlarining yozilishi va aytilishini bir-biriga solishtiring, o‘rtadagi farqlarni aytib bering.

2-topshiriq. Dost (dos), kelma (kema), farzand (farzan) so‘zlarining yozilishi va aytilishiga diqqat qiling.


459-mashq. So‘zlarni imlo qoidalariga mos ravishda daftaringizga ko‘chirib yozing. Sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga e’tibor bering.

Blan, istadion, birgada, qrov, brov, blyard, mlyon, brgalikda.

460-mashq. Singil, kongil, orin so‘zlariga egalik qo‘shimchasini qo‘shing, so‘z asosida sodir bo‘layotgan tovush o‘zgarishlarini toping.

461-mashq. Gaplarni daftaringizga ko‘chiring. Qaysi so‘zlarda tovush o‘zgarishi hodisasi ro‘y berayotganini toping.

1. Qornimga emas, qadrimga yig‘layman. 2. Odamning ko‘ngli nozik. 3. Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar, to‘rtovlon tugal bo‘lsa, ko‘kdagini undirar. 4. Koinotga sig‘mas kuching bo‘lsa ham, zaiflarga ozor berma.


Savol va topshiriqlar

  1. Tovushlarning tushib qolishiga misollar ayting.
  2. Qanday so‘zlarda tovush orttirilishi kuzatiladi?
Previous articleGap urg‘usi / Гап урғуси
Next articleLeksikologiya haqida suhbat / Лексикология хакида