10-§. O’zbekiston respublikasi fuqaroligi

0

O’zbekiston respublikasi fuqaroligi. Insonga fuqarolik nima uchun kerak? Fuqaro va davlat. Biometrik pasport. O’zbekiston fuqarosining huquqiy maqomi.

Ўзбекистон республикаси фуқаролиги. Инсонга фуқаролик нима учун керак? Фуқаро ва давлат. Биометрик паспорт. Ўзбекистон фуқаросининг ҳуқуқий мақоми.

Узбекистон республикаси фукаролиги. Инсонга фукаролик нима учун керак? Фукаро ва давлат. Биометрик паспорт. Узбекистон фукаросининг хукукий макоми.


Mavzu ustida ishlash natijasida:

– fuqarolik nima va u inson uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini;

-fuqarolikka qabul qilish asoslari va uni to’xtatish shartlarini bilib olasiz.

  1. Insonga fuqarolik nima uchun kerak?
  2. Fuqaro va davlat.
  3. Biometrik pasport. O’zbekiston fuqarosining huquqiy maqomi.

1. Insonga fuqarolik nima uchun kerak?

Fuqarolik nimaligini bilasizmi? U yoki bu mamlakat fuqarosi bo’lish inson uchun nimani anglatishi xususida o’ylab ko’rganmisiz?

1-topshiriq

O’z mamlakatini tark etish va xorijda yashash uchun ko’chib ketishni orzu qiluvchi bolalar uchrab turadi.

Guruhlarga bo’lingan holda o’zga mamlakatda yashashga «rozi» va «qarshi» bo’lgan beshta asosiy sabablarni shakllantiring. Ularning har biri o’zi haq ekanligini izohlasin.

Yodda tuting!

Fuqarolik – bu insonning aniq bir davlat bilan huquqiy va siyosiy aloqalaridir. Davlat o’z qonunlarida insonning huquqiy maqomini, ya’ni insonning davlatga, uning organlariga va boshqa shaxslarga nisbatan maqomini belgilaydi.

Fuqaro hisoblangan shaxs o’z davlati hududida ham, xuddi shuningdek, undan tashqarida ham davlat muhofazasida va shafeligida bo’ladi hamda fuqaroga nisbatan mustahkamlab qo’yilgan barcha huquqlardan to’laligicha foydalanadi. O’z navbatida, fuqarolar o’z davlati qonunlariga rioya etishlari, o’z fuqarolik burchlari va majburiyatlarini bajarishlari shart.

Fuqaro nafaqat saylab qo’yiladigan organlarga o’z vakillarini saylashi, qolaversa, o’zi ham ana shu organlarga saylanishi mumkin. Fuqaroligi bo’lmagan shaxs bunday huquqqa ega bo’lmaydi.

Bordi-yu, armiyada xizmat qilish fuqaro uchun fuqarolik burchi va majburiyati sanalsa, fuqaroligi bo’lmagan shaxslarga nisbatan esa bunday majburiyat qonun bilan tatbiq etilmaydi. Fuqaroligi bo’lmagan shaxslar partiyalar a’zosi ham bo’la olmaydilar, davlat organlarining rahbarlik lavozimlarida ishlolmaydilar, saylovlarda ishtirok etolmaydilar.

Yodda tuting!

Diskriminatsiya – jinsiga, qaysi millatga mansubligiga, diniy va siyosiy e’tiqodiga ko’ra, ma’lum bir guruhdagi fuqarolar huquqlarini noma’lum tarzda cheklash yoki mahrum qilish.

E’tibor qarating!

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar (apatridlar) – xalqaro huquqiy hujjatlar insonga havola etadigan barcha asosiy huquq- lardan foydalanadilar (saylovlarda qatnashish va mamlakatning qurolli kuchlarida xizmat qilish huquqi bundan mustasno). Ayni shu davlatning fuqarolari kabi bu fuqarolar ham uning qonunlariga rioya etishlari shart.

«Fuqarolik to’g’risida»gi Qonunning 11-moddasida O’zbekiston Respublikasi hududida yashovchi, lekin O’zbekiston Respublikasi fuqa- rolari bo’lmagan va xorijiy davlat fuqarosi ekanligini tasdiqlovchi asosga ega bo’lmagan shaxslar fuqaroligi bo’lmagan shaxslar hisoblanishi qayd etilgan. Ikki mamlakat fuqarosi bo’lish taqiqlangan.

Asosiy qonun belgilaydi

O’zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning huquq va erkinliklari xalqaro huquq normalariga muvofiq ta’minlanadi. Ular O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilangan burchlarni ado etadilar.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 23-modda.

2. Fuqaro va davlat

O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to’g’risidagi ishlarni idora qiluvchi davlat organlariga quyidagilar kiradi:

  • O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari bo’yicha komissiya;
  • O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi;
  • O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi;
  • Fuqarolikka qabul qilish to’g’risidagi qaror O’zbekiston Res- publikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi.

Fuqarolikni olish uchun nima asos bo’la oladi?


Yodda tuting!


3. O’zbekiston respublikasi fuqarosining biometrik va xorijiy pasporti

Biometrik pasport – O’zbekiston Respublikasi fuqarosining fuqaroligini va shaxsini tasdiqlovchi, pasport egasining personal biografik ma’lumotlari va biometrik parametrlariga ega elektron axborot (chip) tashuvchi hujjat.

2019-yil 1-yanvardan boshlab, stikerlar, ya’ni chet elga chiqish uchun «chiqish vizasi» berilishi to’xtatildi va 10 yilga beriladigan yangi biometrik xorijiy pasportlar olinadigan bo’ldi. Chet el pasportlari xalqaro standartlarga mos keladi. 15 dan 18 yoshgacha bo’lgan fuqarolar ota-onalari, vasiylari (boquvchilari) voyaga yetmagan o’spirinning mustaqil chetga chiqishiga oid notarial tasdiqlangan roziligi bo’lgan taqdirda xorijga kattalarning hamrohligisiz chiqishlari mumkin.

Pasport belgilangan namunada beriladi hamda o’zbek va ingliz tillarida, Qoraqalpog’iston Respublikasi uchun qoraqalpoq, o’zbek va ingliz tillarida personallashtiriladi, ya’ni to’ldiriladi.

2-topshiriq

1. Agar sizga o’z mamlakatingiz fuqaroligiga qabul qilish to’g’risidagi masalani hal etishni ixtiyoringizga berishsa, kimlarga rad javobini bergan bo’lardingiz va nima uchun?

Asosiy qonun belgilaydi

O’zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o’rnatiladi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 21-modda.

O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, fuqarolikni qayta tiklash va fuqarolikdan chiqish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan rasmiylashtiriladi.

2-topshiriq

1. Agar sizga o’z mamlakatingiz fuqaroligiga qabul qilish to’g’risidagi masalani hal etishni ixtiyoringizga berishsa, kimlarga rad javobini bergan bo’lardingiz va nima uchun?

Asosiy qonun belgilaydi

O’zbekiston Respublikasining butun hududida yagona fuqarolik o’rnatiladi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 21-modda.

O’zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, fuqarolikni qayta tiklash va fuqarolikdan chiqish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan rasmiylashtiriladi.

3-topshiriq

Quyidagi vaziyatlarni ko’rib chiqing va qo’yilgan savollarga javob bering.

1-vaziyat.

Poytaxt shifoxonalarining biridan uncha uzoq bo’lmagan joyda, gul butasi ostiga kimdir tashlab ketgan chaqaloq topib olindi. Bolaning kimli- gini aniqlash uchun bironta yozuv ham, hujjat ham uning yonida yo’q edi.

Tabiiyki, chaqaloqni fuqarolik holati hujjatlarida qayd etish masalasi paydo bo’ldi. Familiyasi, ismi, otasining ismi ro’yxatga olgan shaxslar ixtiyoriga ko’ra belgilandi.

Bolaning fuqaroligi masalasini hal qilishda muammolar kelib chiqdi, negaki, ma’lumotlar yo’qligi tufayli bola tug’ilgan joyni aniqlash imko- niyati bo’lmadi.

Sizningcha, bu bolaning fuqaroligi to’g’risidagi masalani qanday hal qil ish kerak?

2-vaziyat.

Er-xotin U.lar fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organi (FHDQEO)ga o’z farzandini ro’yxatga olish to’g’risidagi ariza bilan murojaat qilishdi.

Ariza ko’rib chiqilayotganda FHDQEO xodimlari er-xotin U.lar fuqa- roligi bo’lmagan shaxslar ekanligini aniqlashdi va bolani ro’yxatga olish- ni rad etishdi. Ular o’z rad javobini ota-onasi singari bola ham fuqaroligi bo’lmagan shaxs sanaladi, shuning uchun O’zbekiston fuqarosi sifatida ro’yxatga olinishi mumkin emas, deya izohlashdi.

Sizningcha, FHDQEO xodimlari haqmi? Er-xotin U. ning FHDQEOga muroja- ati munosabati bilan vujudga kelgan masalaga «O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to’g’risida»gi Qonunning qaysi qoidalaridan javob topish mumkin?

NOrmatovmativ hujjat!

Sizga ma’lummi, ya’ni:

  • tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma, fuqaroga 16 yoshga to’lganida beriladigan pasport fuqarolikni tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi;
  • turmushdoshlardan birining fuqaroligini o’zgartirishi boshqa turmushdoshning fuqaroligi o’zgarishiga olib kelmaydi;
  • chet ellik erkak yoki ayol bilan nikoh tuzish turmushdoshlarning fuqaroligini o’zgartirish majburiyatini yuklamaydi;
  • fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning O’zbekiston hududida tug’ilgan bolasi O’zbekiston Respublikasi fuqarosi hisoblanadi;
  • ajnabiy fuqaro yoki fuqaroligi bo’lmagan shaxs bo’lgan bola farzandlikka olingan taqdirda, u O’zbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi;

– 14 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalarning fuqaroligini ularning ota-onalari fuqaroligi o’zgargan hollarda, shuningdek, farzandlikka olish hollarida o’zgartirish faqat bolalarning roziligi bilan bo’lishi mumkin;

– agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi bilan «O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to’g’risida»gi Qonundan farqli qoidalar joriy etiladigan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llanadi.


Yakunlarni chiqaramiz

O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi

insonning davlat bilan huquqiy aloqalari, inson va fuqarolarning davlat tomonidan muhofaza qilinishi;

fuqarolarning qonunlarga rioya qilish burchi;

fuqaroligi bo’lmagan shaxslar: davlat hokimiyati organlariga saylanmaydilar, saylovlarda ishtirok etmaydilar, armiyada xizmat qilmaydilar, siyosiy partiyalarga a’zo bo’lmaydilar;

pasport – 16 yoshdan;

fuqarolikka ega bo’lish:

  • tug’ilgan zahoti;
  • qabul qilish to’g’risidagi arizaga ko’ra;

«O’zbekiston Respublikasi fuqaroligi to’g’risida» Qonun.


O’zingizni sinang!

  1. Fuqarolik nima? Insoniyat tarixida fuqarolik instituti hamma vaqt mavjud bo’lganmi?
  2. Sizningcha, fuqarolar huquqlarini ro’yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlarni kim ta’minlashi lozim?
  3. Fuqaro va davlat o’rtasida qanday o’zaro bog’liqlik vujudga keladi?
  4. Hozirgi demokratik davlat fuqarosi qanday normalar himoyasi panohida bo’ladi?
  5. O’zbekistonda fuqarolikka ega bo’lish uchun qanday qonuniy asoslar nazarda tutilgan?
  6. Demokratik jamiyatda fuqaro va davlatning o’zaro munosabatlari qanday prinsiplarga asoslanadi?
  7. Ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar fuqaroligi bo’lgan shaxslar bilan bir xildagi huquqlarga ega bo’ladilarmi?
  8. «Insonning huquqiy maqomi» tushunchasiga izoh bering, uning xususiyatlarini sanab bering.
Previous articleYig’ilishlar erkinligi huquqi
Next articleInsonga fuqarolik nima uchun kerak?