Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi

0

Abdulla Qodiriy (1894 –1938). Абдулла Қодирий ҳаёти ва ижоди. Абдулла Кодирий хаёти ва ижоди.


So‘zim oxirida odil sudlardan so‘rayman: garchi men turli bo‘hton, shaxsiyat va soxtalar bilan ikkinchi oqlanmaydurg‘on bo‘lib qoralandim. Loaqal ularning, qoralovchi qora ko‘zlarning ko‘ngli uchun bo‘lsa ham menga eng oliy bo‘lg‘on jazoni bera ko‘ringiz. Ko‘nglida shamsi g‘uboroti, teskarichilik maqsadi bo‘lmag‘on sodda, vijdonli yigitga bu qadar xo‘rlikdan o‘lim tansiqroqdir. Bir necha shaxslarning orzusicha ma’naviy o‘lim bilan o‘ldirildim. Endi jismoniy o‘lim menga qo‘rqinch emasdir. Odil sudlardan men shuni kutaman va shuni so‘rayman.

1926-yil 15-iyun, Samarqand (Abdulla Qodiriyning suddagi nutqidan).

Abdulla Qodiriy (1894 –1938)
Abdulla Qodiriy (1894 –1938)

Nomus, insof va haqgo‘ylik Abdulla Qodiriy hayotining asosiy tamoyillari edi. Tabiat in’om qilgan nodir iste’dod chinakam o‘zbekona mehnatkashlik bilan uyg‘unlashgani uchun Qodiriy ning qalami dan asrlar mobaynida eskirmaydigan asarlar dunyoga keldi. 1894-yilning 10-aprelida Toshkent shahridagi o‘rtahol oilalardan birida dunyoga kelgan Abdulla Qodiriy o‘z davrining maktab va madrasalarida muntazam o‘qish imkoniga ega bo‘lmasa-da, ilmga chanqoqligi va tirishqoqligi tufayli zamonasining eng bilimdon kishilaridan biriga aylandi.

1917-yilgi to‘ntarishlargacha o‘ziga to‘q xonadonlarda turli yumushlar bilan band bo‘lgan: prikazchik (yugurdaklik), ustachilik, bog‘bonlik qilgan. Abdulla Qodiriy Oktabr to‘ntarishidan keyin qator sho‘ro idoralarida xizmat qildi. Hamisha xalq orasida bo‘lgan, uning ehtiyojlarini, og‘riqli joylarini, kayfi yat-u istaklarini bilgan yozuvchi asarlaridagi dilbar obrazlar orqali o‘zi mansub bo‘lgan xalqning turmushini yaxshilash, ma’naviyatini yuksaltirish, milliy g‘ururini uyg‘otishga intildi.

Uning hikoyalari chiqqan jurnallar, gazetalar qo‘lmaqo‘l bo‘lib ketardi. Felyetonlari bosilgan «Mushtum» jur nali hamisha talash bo‘lardi. Romanlarini o‘qish uchun navbat kutib turganlarning sanog‘iga yetib bo‘lmas, «O‘tkan kunlar» romanini yod biladigan kitobxonlar bor edi. Chunki adib inson ruhiyatining sirli va nozik jihatlarini chuqur, ta’sirli va haqqoniy aks ettirardi. Uning asarlari yolg‘iz haqqoniylikdan tashqari, go‘zal ifoda uslubi bilan ham ajralib turardi. O‘zbek adabiy tilining hozirgi shaklini bunyod etishda hech bir yozuvch i Abdulla Qodiriy kabi muhim o‘rin tutmagan.

Haq gapni hayiqmay aytayotgan, millatiga o‘zini tanitayotgan, uning g‘ururini uyg‘otayotgan yozuvchi o‘lkamizni egallab olgan bosqinchilar va ularning mahalliy yugurdaklariga yoqmasligi tayin edi. Shu bois qisqagina umri mobaynida Abdulla Qodiriyga ko‘p bor chovut solishdi.

1926-yildayoq «sho‘ro rahbarlarini matbuot orqali obro‘siz lantirdi» degan uydirma ayb qo‘yib, adibni qamoqqa hukm qilishdi. Lekin aybning uydirmaligi, guvohlarning soxtaligi shu darajada ayon ediki, adibni qamoqqa tiqishga jur’at etishmadi. Bu, zamon zo‘rlari nazarida, yozuvchini o‘ziga xos «ogohlantirish» edi. Adib bu ogohlantirishdan «to‘g‘ri» xulosa chiqarmadi, ya’ni haqiqatga xiyonat qilmadi.

«O‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon», «Obid ketmon» singari roman va qissalari bilan nafaqat O‘zbekiston, balki butun Turkiston xalqlari ma’naviy ravnaqiga hissa qo‘shgan adibni 1937-yilning 31-dekabrida ikkinchi bor olib ketishdi. Bu davrda Stalin boshqarib turgan qatag‘on mashinasi ti nim bilmay ishlar va bu mashina ning yaxshi yurmog‘i uchun yangidan yangi qurbonlar zarur edi. Adolatning ko‘chasidan ham o‘tmagan hukumatning o‘ziga yarasha sudlari 1938-yil ning 5-oktabrida XX asr o‘zbek nasrining eng yirik vakilini, asrimizdagi o‘zbeklarning eng fi doyilaridan birini o‘limga hukm qildi. Shu tariqa, millat jallodlari tomonidan o‘zbek adabiyotining yana bir chinori qulatildi.

Previous articleShoir bo‘lsang, xabar ber
Next articleBaxmalbofda faqir bir oila. «Mehrobdan chayon» romanidan boblar