Qurbon hayiti 2022 O’zbekiston. Қурбон ҳайити 2022 Ўзбекистон.
“Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi. 2022 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 9 iyul – shanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan shu kun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
Hayit munosabati bilan o‘zbekistonliklar ish haftasining turidan qat’i nazar 4 kun dam olishadi.
Prezidentning avvalroq qabul qilingan farmoniga muvofiq, 2022 yil iyul oyida quyidagicha qo‘shimcha dam olish kunlari belgilangan:
9 iyul (shanba) – Qurbon hayiti bayrami;
10 iyul (yakshanba) – odatiy dam olish kuni;
11 iyul (dushanba) – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
12 iyul (seshanba) – 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar uchun 16 iyul (shanba)dan ko‘chirilgan dam olish kuni.
Qurbon hayiti 9-iyulga toʻgʻri kelmoqda
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi fatvo markazining maʼlum qilishicha, hijriy 1443-yil Zulhijja oyining birinchi kuni milodiy yil hisobi boʻyicha 2022-yil 30-iyun kuniga toʻgʻri keladi.
Shu munosabat bilan Saudiya Arabistonida arafa kuni 2022-yil 8-iyulga toʻgʻri keladi, haj ibodatini ado etayotgan ziyoratchilar Arafot togʻida jam boʻladilar.
9-iyul Qurbon hayiti sifatida rasman tasdiqlansa, oʻzbekistonliklar ish haftasining turidan qatʼi nazar ketma-ket 4 kun dam olishadi.
🗓 Jumladan:
9-iyul – shanba, Qurbon hayiti bayrami;
10-iyul – yakshanba, dam olish kuni;
11-iyul – dushanba, Prezident Farmoniga muvofiq barcha xodimlar uchun dam olish kuni;
12-iyul – seshanba:
a) besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun 16-iyul — shanbadan koʻchirilgan dam olish kuni;
b) olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni.