Axloq va huquq

0

Ахлоқ ва ҳуқуқ, Ахлок ва хукук


Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

  1. Maktabingizda siz rioya qilishingiz shart bo‘lgan qanday talab vaqoida lar mavjud?
  2. Bu talab va qoidalarning qaysilari o‘quvchilarga, qaysilari esao‘qi tuv chilarga qaratilgan? Oilangizda siz qanday talab vaqoida larga bo‘ysunasiz?
  3. Siz maktabda bеpul ta’lim olasiz. Bu huquqni sizga kim ta’minlabbеr gan? Bu huquq qay tariqa va kim tomonidan o‘rnatilgan? Sizning bu huquqingiz qayеrda yozib qo‘yilgan?
  4. Siz ko‘chada kеtayotganingizda “Yo‘l harakati qoidalari”gaqat’iy rioya qilishingiz shart. Xo‘sh, siz maktabda yoki oilangizdarioya qiladigan qoidalarning “Yo‘l harakati qoidalari”danqan day jiddiy farqi bor? Javob bеrishda bu qoidalarning kimtomonidan o‘rnatilganligini va ularga rioya qilinishi kim tomo nidan nazorat qilinishini e’tiborga oling.
  5. Yuqoridagi misollarning qaysi birida sizdan ko‘proq mas’uliyattalab qilinadi? Nima uchun?
  6. Yuqorida atalgan qoidalarning bajarilishini nazorat qilish kimning zimmasida deb o‘ylaysiz?
  7. Shu qoidalarni buzmagan holda maktabda, oilada va do‘stlaringizora sida qanday huquqlarga ega ekanligingizni sanab bering.
  8. Bu huquqlaringizning nima uchun aynan “huquq” deb atalishito‘g‘ ri sida o‘ylab ko‘rganmisiz? Fikringizni asoslab bering.

Kishining jamiyatdagi xulq-atvorini tartibga soluvchi qoidalar tizimiaxloq hisoblanadi. O‘zbekiston hududida ming yillar davomida shakl langan milliy axloq normalari milliy huquq tizimimizning shakllanishida halqiluvchi ahamiyat kasb etgan.

Axloq nima?

Axloq – kishining jamiyatdagi xulq-atvorini tartibga soluvchitalab va qoidalar yig‘indisi.

Huquq tushunchasini tushuntirish oson bo‘lishi uchun huquqni bizxulq-atvor qoidalari deb ataydigan tushuncha bilan bog‘liqlikda o‘rganishmaqsadga muvofi qdir.

Huquq xulq-atvor normalari yoki qoidalari yig‘indisidan iboratdir. Lеkinbu normalar yoki qoidalar yaxlit, tartibli tizim holida namoyon bo‘ladi. Anashu tizim davlat tomonidan bеlgilab qo‘yilgan va ijozat bеrilgan bo‘li shishart.

Huquq albatta davlat irodasini ifodalaydi. Huquqiy davlatda davlatningiro dasi jamiyat, xalq irodasi bilan mos tushganligi sababli bunday dav latda huquq jamiyat yoki xalq irodasini ifodalaydi dеb ta’kidlash mumkin.

Huquqqa oid normalar va qoidalarda bayon etilgan talablar jamiyatningbar cha a’zolari tomonidan bajarilishi majburiydir. Ya’ni huquqqa oid norma lar va xulq-atvor qoidalari umummajburiydir.

Huquq nima?

Huquq – davlat tomonidan o‘rnatilgan va u tomonidan himoyaqilinadigan barcha uchun majburiy bo‘lgan xulq-atvor qoidalarining tizimi.

Agarda huquqqa oid normalar va xulq-atvor qoidalari buzilsa, davlathuquq buzarlarga jazo va majburlov choralarini ko‘radi. Ya’ni huquq davlat tomonidan himoya qilinadi va davlat paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda huquqham paydo bo‘ladi. Huquq dastlab axloqiy qarashlar, qadriyatlar negizidavujud ga kelgan. Keyinchalik esa huquqiy davlat tomonidan o‘rnatilganyoki ma’qullangan va uning kuchi bilan himoya qilinadigan barcha uchunmaj buriy xulq-atvor qoidalarining tizimiga aylangan.

“Huquq” atamasi ikki obyektiv hamda subyektiv huquq ma’nosida qo‘lla niladi. Obyektiv huquq – huquq normalarining yig‘indisi. Subyektiv huquqesa ma’lum bir shaxs yoki guruhga tegishli bo‘lgan huquq. Misol uchunkim ningdir uy-joyga bo‘lgan yoki biror-bir mulkka nisbatan bo‘lgan huquqi.

Subyektiv huquq obyektiv huquqsiz mavjud bo‘lmaydi. Huquqning o‘zi esadav lat bilan uzviy bog‘liqdir. Ular bir-birisiz mavjud bo‘lishi mumkin emas.

Huquq quyidagi vazifalarni bajaradi: tartibga solish, qo‘riqlash vatar biyalash. Bu esa o‘z navbatida huquq funksiyalarida namoyon bo‘ladi.

Huquq funksiyalari

Tartibga solish. Jamiyatdagi ijtimoiy munosabatlarni va alohidashaxs xulq-atvorini kerakli yo‘nalishga solish.

Qo‘riqlash. Huquqiy muhofaza va yuridik mas’uliyat cho rala ri ni, ularni qo‘llash tartibini o‘rnatish.

Tarbiyalash. Turmushda nimalarni qilish mumkin, nimalarta qiq lanadi. Har xil vaziyatlarda qanday harakatqi lish lozimligini belgilashdan iborat. Zarur bo‘lgan da majburlash uslubini, hatto jazolashni hamna zarda tutadi.


Aholi aksariyat qismining qarashlari va tushunchalari ham, axloq hamhuquqda aks etadi.

Axloq va huquq o‘rtasidagi asosiy farqlar quyidagilardir:

1) huquq davlat tomonidan belgilangan bo‘ladi, axloq (ezgulik va yovuzlik,adolat va nohaqlik kabilar) esa davlatning yordamisiz o‘z-o‘zidan shakllanadi;

2) huquq davlat irodasini, axloq esajamiyat a’zolarining fi kri, dun yoqa rashi hamda insoniy fazilat vatushunchalarini aks ettiradi;

3) huquq normalari, zarur hollarda, davlatning majburlov kuchi orqa li, axloq normalari esa jamoat -chilik fi kri orqali qaror topadi;

4) axloq normalari ijtimoiy munosabatlarning kengroq doirasini (do‘stlik, o‘rtoqlik va hatto muhab batni ham) tartibga soladi. Huquq esa muayyan ijtimoiymu no sabatlarni tartibga solishgaqa ra tilgan;

5) huquqda xatti-harakat yoki harakat sizlik “qo nu niy-noqonuniy”,axloqda esa “yaxshi-yomon”deya baholanadi;

6) huquq hujjatlarda aniq ko‘ri nishga ega.


Quyidagilardan axloq vahuquqni ajrating hamdajadvalni to‘ldiring.

  • – salom berish;
  • – kattalarga joy berish;
  • -malakali tibbiy xizmatdan foydalanish;
  • – ta’lim olish;
  • – tabiatni asrash;
  • – kichiklarni izzat qilish;
  • – kattalarga hurmatda bo‘lish;
  • – saylovlarda qatnashish;
  • – soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash;
  • – jamoat joylarida tartib saqlash;
  • – ota-onalarga g‘amxo‘rlik qilish;
  • – o‘qituvchini hurmat qilish;
  • – maktab qoidalariga rioya qilish.

Huquq va axloq bir yo‘nalishda harakat qiladi. Ba’zan huquq jamiyatninges kirgan axloq normalaridan xalos bo‘lishiga ko‘maklashadi (masalan, xunolish). Shu bilan birga, huquq axloq (“ezgulik” va “adolat” tushunchalari) asosi da shakllanadi. Ko‘pincha, sud “sha’n va qadr-qimmatni haqoratlash”, “qo‘ pollik” va boshqa shu kabi tushunchalarni to‘g‘ri tushunish maqsadidaax loq qoidalariga murojaat qiladi.

Axloq bilan huquq alohida tushunchalar bo‘lsa-da, ular umumiy xususi yatlarga ham ega.


Sharhlang!

Huquq va axloq bir yo‘nalishda harakat qiladi.


Ijodiy faoliyat

  1. Tuzgan shartli davlatingiz fuqarolarining “Axloq kodeksini” yozing.
  2. Bu “kodeks”da keltirilgan qoidalarni buzganlik uchun qandaymas’uliyatlarni nazarda tutgan bo‘lar edingiz?
  3. Bu qoidalar qay darajada “huquq” ta’rifi ga mos keladi va ulardahuquqning qanday belgilari mavjud?
  4. O‘tilgan mavzularda olgan bilimlaringizdan foydalanib quyidagimatnni sharhlang.

O‘z huquq va majburiyatlarini bilish mamlakatimizning har birfuqarosi uchun juda muhimdir. Agar biz o‘z huquqlarimizni bilsak,ulardan to‘g‘ri foydalana olsak va ularni himoya qila olsak, bu bizninghuquqiy jihatdan madaniyatli bo‘lishimizni ta’minlaydi. Shuningdek, buboshqa fuqarolar huquqlarini buzmaslikka ham xizmat qiladi. Chunkiular ham biz kabi Konstitutsiyamiz va qonunlarga muvofi q bir xil huquqva erkinliklardan foydalanadilar.


Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Axloq so‘zini qanday tushunasiz?
  2. Axloq tushunchasiga ta’rif bering.
  3. Huquq qay tariqa paydo bo‘lgan?
  4. Obyektiv huquq nima? Misol keltiring.
  5. Subyektiv huquq nima? Misol keltiring.
  6. Huquqning belgilari va xususiyatlarini sanab bering.
  7. Huquq funksiyalarini sanab bering.
  8. Huquqning tartibga solish funksiyasining mohiyatini aytib bering.
  9. Huquqning qo‘riqlash funksiyasining mohiyatini aytib bering.
  10. Huquqning tarbiyalash funksiyasining mohiyatini tushuntiring.
  11. Axloq alohida inson uchun zarurroqmi yoki jamiyat uchunmi?
  12. Axloq bilan huquq tushunchalarining bir-biri bilan qanday bog‘liqligibor, deb o‘ylaysiz?
  13. Agar bu ikki tushuncha o‘rtasida ziddiyat paydo bo‘lsa, unda nimao‘zgartiriladi – huquqmi yoki axloqmi? Nima uchun?
  14. Axloq va huquq o‘rtasidagi farqlarni sanab bering.
Previous articleIbroyim Yusupov she’rlari haqida
Next articleAxloq nima?