Poyada oziq moddalarning harakatlanishi

0

Barcha tirik mavjudotlar singari, o’simliklar ham oziq moddalar bilan tirik. Shunday ekan, bu oziq moddalar poyada qanday harakat qiladi, degan savol tug’iladi. Tarkibida mine­ral tuzlar bo’lgan suv yog’ochlik orqali ildizdan barglar tomon harakatlanadi. Buni tajribada sinab ko’rish mumkin. Buning uchun barg chiqargan novda yoki ochilib turgan gullardan foydalanish mumkin. Agar berilgan rangli suvga daraxt- ning bargli novdasini solib qo’yib, 2-3 soatdan keyin ko’n- dalangiga va uzunasiga kesilsa, rangli suv novda bo’ylab yuqoriga ko’ tarilganligi sababli yog’ochlik qism bo’yalganini ko’rish mumkin.

Oziq moddalar lubdagi elaksimon naylar bo’ylab harakat- lanadi (41-rasm).

Рис. 41. Передвижение питательных веществ по стеблю
41-rasm. Poyada oziq moddalarning harakatlanishi

Shakar suvda oson erib, lubning elaksimon naychalari orqali o’simlikning turli qismlarida to’planadi. Shakar ayrim

O’simliklarning, masalan, sabzi va lavlagining ildizmevasida, boshqalarining esa mevasi va urug’ida to’planadi. Kartoshka tugunagida esa shakar kraxmalga aylanadi.

Oziq moddalarning barglardan lubga va u orqali boshqa organlarga o’tishini tajribada ko’rish mumkin. Buning uchun tol yoki terakning bir xil uzunlikdagi ikkita bargli novdasidan kesib olinadi. Novdalardan birining pastki qismidan sal yuqo- rirog’idagi po’stlog’i halqa shaklida kesib olinadi. Novdalar bir vaqtda suvga solinadi. Lekin po’stlog’i halqa shaklida kesilgan novdaning faqat pastki uchi suvga tushiriladi. Oradan ikki hafta o’tgach, nazorat uchun olingan novdaning pastki qismida ildizlar paydo bo’ladi. Po’stlog’i halqa shaklida ke­sib olingan novdada esa ildizlar po’stlog’i kesilgan joyining (halqaning) yuqorisida hosil bo’ladi. Bundan ko’rinib turib- diki, novdaning po’stlog’i kesib olingan pastki qismiga oziq moddalar o’tmas ekan.

Xulosa qilib aytganda, organik moddalarning o’simlik bo’ylab harakatlanishida lub qavati katta rol o’ynaydi.

Shunday qilib, suvda erigan holdagi mineral moddalar (oziq moddalar) nay tolali bog’lamlar orqali o’simlikning barcha organlari bo’ylab harakatlanadi. O’simliklarning oziq- lanishida ularning barcha organlari bir-biriga bog’liq holda ishtirok etadi. Agar ulardan birortasi qatnashmasa, oziqlanish jarayoni buziladi. Masalan, ildiz suv va unda erigan mineral tuzlarni zarur miqdorda yetkazib bermasa, barglarda organik moddalar kam hosil bo’ladi. Aksincha, barglarda organik moddalar yetishmasa, o’simliklarning barcha hujayra, to’qima va organlari o’sish va rivojlanishdan to’xtaydi.

O’simlikdagi oziq moddalar harakatini o’simlik shox-shabbasiga shakl berish va qisqartirish hisobiga kerakli tomonga yo’naltirish mumkin. Masalan, g’o’zani chilpish organik moddalarni barglardan gul va mevalarga tomon yo’naltirish imkonini beradi.

Shunday qilib, poyaning yog’ochlik qismi orqali suv va unda erigan mineral tuzlar, lub qavati orqali esa organik mod­dalar harakatlanadi.

Xona o’simliklaridan xinaning bitta shox- chasini oling, uni siyohli (rangli) suvga solib, unda moddalarning harakatini kuzating. Uning shoxcha- sini ko’ndalangiga kesib ko’rish mumkin.


  1. Suv va unda erigan mineral tuzlar ildizdan barglarga poyaning qaysi qismi orqali ko’tariladi?
  2. Organi k moddal ar o’ si ml i kl arni ng qaysi organl ari da to’ planadi?
  3. Bargiardagi organik moddalar poyaning qaysi qavati orqali harakatlanadi?
  4. Oziq moddalar harakati yo’nalishini boshqarish mumkinmi?
Previous articlePoyaning eniga o’sishi
Next articleNima uchun sizga hijob yoki parda kerak? Nima uchun qiz o’zini yashiradi?