Yordamchi so‘zlar. Bog‘lovchilar. Ko‘makchilar

0

Biror so‘roqqa javob bo‘lmay, gap yoki gap bo‘laklarini bir-biriga bog‘lash yoki ularga qo‘shimcha ma’no yuklash uchun xizmat qiladigan so‘zlarga yordamchi so‘zlar deyiladi.

Bog‘lovchi, ko‘makchi va yuklamalar yordamchi so‘zlardir.


Bog‘lovchilar

Uyushiq bo‘laklarni va qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bir-biriga bog‘lash uchun xizmat qiladigan yordamchi so‘zlar bog‘lovchi sanaladi.

  Bog‘lovchi gap bo‘lagi vazifasida kelmaydi.


Ko‘makchilar

Otlarning boshqa so‘zlarga tobe bog‘lanishi uchun xizmat qiladigan yordamchi so‘zlarga ko‘makchilar deyiladi.

Ko‘makchilar ko‘pincha otlarni fe’lga bog‘lab keladi. Masalan: Shahar tomon ketdi. Daryo boylab yurdi kabi.

Ba’zan otni ot, sifat va ravishlarga tobelantirib bog‘laydi.

Masalan: Ona kabi mehribon. Halimdan kora katta.

Ravish

Previous articleO`zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo`nalishlari
Next articleYuklama (Yordamchi so‘zlar)