Muqobil to’lov xizmatlari

0

Муқобил тўлов хизматлари.


Kompyuter texnologiyalarining rivojlani- shi natijasida hozirda plastik kartalar to’lov vositasi sifatida qo’llanilmoqda. Plastik kartalar zamonaviy to’lov vositasidir. Kartalar elektron moslama bo’lib, unga pul egasi, pul miqdori va qaysi bankda saqlanayotganligi haqida ma’lumotlar kiritilgan bo’ladi. Plastik karta maxsus moslama (terminal)ga joylanib, zarur pul miqdori xaridorning bankdagi hisob raqamidan to’lovni qabul qilayotgan muassasa hisobiga o’tkaziladi. Kartadan boshqalar foydalanishining oldini olish maqsadida u karta egasi tomonidan “kalit” — maxfiy kod bilan himoyalangan bo’- ladi va uni faqat shu “kalit” bilangina ochish mumkin.

Muqobil to’lov xizmatlari

Shuningdek, plastik kartalardagi pulingizni kerak bo’lganda bankomat deb ataluvchi quril- malardan foydalanib naqd pulga aylantirib olishingiz mumkin.

Plastik kartalar bilan to’lovlarni amalga oshirish bugungi kunda har bir fuqaro uchun odatiy holga aylanib bormoqda. Bunga sabab ular mijoz uchun qulay to’lov vositasi ekanligi bo’lib, naqd pulga bo’lgan ehtiyojni sezilarli darajada kamaytiradi. Mamlakatimizda plastik kartalar orqali na- faqat to’lovni amalga oshirish, balki kredit olish imkoniyati ham mavjud.


Qadriyatlar!

Miloddan avvalgi IV—III asrlardayoq mamlakatimiz hududida oltin, kumush, misdan draxma va tetradraxma deb nomlangan tangalar zarb qilina boshlangan. Bu pullar Termiz, Taxtasangin, Denov, Kampirtepa, Afrosiyobda olib borilgan arxeologik qazishmalar chog’ida topilgan.


Iqtisodiyot rivojlanishi va texnologiya taraqqiyoti natijasida butun dunyoda, shu jumladan O’zbekistonda ham elektron tijorat faol rivojlanmoqda. Bu esa o’z navbatida to’lovlarni banklar orqali an’anaviy tarzda amalga oshirishdan zamonaviy texnologik innovatsiyalarga asoslangan mobil, tezkor, ishonchli to’lovlarga o’tishni taqozo qilmoqda. Ya’ni, an’anaviy to’lov tizimiga muqobil, yangi to’lov tizimlari yaratilishi kun talabiga aylanmoqda.

Bunday muqobil to’lov tizimlaridan eng qulaylari — bu mobil telefonlar vositasida ishlaydigan va barcha moliyaviy talablarga mos keladigan to’lov tizimlaridir.

Bu tizim bo’yicha mijoz tovar yoki xizmat uchun to’lovni amalga oshirish uchun naqd, pul o’tkazish, chek yoki plastik kartadan emas, balki o’zining mobil telefonidan foydalanishi mumkin.

Bunday tizimlarning vujudga kelishi va rivojlanishiga sabab ularning hammabopligi, soddaligi va ishonchliligidadir. Bu esa o’z navbatida ulkan mobil moliyaviy xizmatlar bozorining vujudga kelishiga sabab bo’lmoqda.

Bunday tizim vositasida har qanday shaxs bankda maxsus hisob raqami o’rniga “elektron hamyon” deb nomlanuvchi elektron hisob raqamida o’z pulini saqlashi va tasarruf qilishi mumkin.

Mobil telefon oddiy muloqot va axborot vositasidan naqd va naqdsiz pulni saqlash, o’tkazish, qabul qilish, tovar sotib olish, majburiy to’lovlarni va ijtimoiy to’lovlarni amalga oshirish vositasiga aylanishi ham muqobil to’lov tizimlarining xususiyatlaridandir.

O’zbekistonda bu borada so’nggi yillarda izchil sa’y-harakatlar amalga oshirilmoqda. Xususan, bu sohaga oid qonunchilik hujjatlari qabul qilinmoqda va zarur infratuzilmalar shakllantirilmoqda. Mobil telefon orqali kommunal to’lovlar amalga oshirilayotgani, ayrim xizmatlar uchun pul o’tkazilayotgani ham muqobil tizimlar mamlakatimizda yo’lga qo’yilayotganini anglatadi.

Qadriyatlar!

“Pul — bu qo’lning kiri”, “Pul bo’lsa, changalda sho’rva” kabi iboralarga o’z munosabatingizni bildiring.

Previous articleBozor infratuzilmalari nima?
Next articleIste’molchilarning daromadlari va xarajat turlari