O‘zbekiston Respublikasida qonunchiqaruvchi organ

0

Ўзбекистон Республикасида қонунчиқарувчи орган. Узбекистон Республикасида конунчикарувчи орган. Uzbekiston Respublikasida qonunchiqaruvchi organ

Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

  1. Parlament, parlamentarizm kabi iboralarni ko‘p marta eshit gan siz. Ular to‘g‘risida bilganlaringizni bayon qilishga harakat qiling.
  2. AQSH Kongressi va Senati, Rossiya Federatsiyasi Davlat Dumasi va Federatsiya Kengashi kabi atamalarning nimani bil di ri shihaqida o‘ylab ko‘rganmisiz? Bu atamalar bo‘yicha bil gan la ringizni yoki farazlaringizni sinfdoshlaringiz bilan o‘r toq la shing.
  3. Sizning fikringizcha, zarur qonunlarni asosiy ishi qonunlartayyorlash bo‘lgan professional deputatlar yozishi kerakmi, yoki,asosiy ish joyidan bir yilda bir necha marta qonun yozish uchunvaqt ajratib, vaqtinchalik qonunshunoslik bilan shug‘ullanuvchideputatlarmi? Javobingizni asoslang.
  4. Mamlakatimiz Oliy Majlisiga eng so‘nggi saylovlar qachonbo‘lib o‘tganligini eslay olasizmi? Unda oilangizdan kimlarqatnashgan? Ular kimni deputat qilib saylashgan?

Davlat va jamiyat boshqaruvi saylov orqali demokratik asosda tashkilto pa di, xalqning saylov yo‘li bilan vakillik organlari tuzib, ularga o‘z vakilla rini saylash, saylanadigan organlar faoliyatining yo‘nalishlarini belgilashimko niyatida fuqarolik jamiyatining asl mazmun-mohiyati mujassamdir.

O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi – davlat hokimiyatining oliyvakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.


Qonun chiqaruvchi hokimiyat

Qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiruvchi Oliy Majlisniikki palatali tarzda – Qonunchilik palatasi va Senatdan iborat qilib tashkiltoptirishdan ko‘zlangan aso siy maqsadlar quyidagilardir:

– Oliy Majlis faoliyati jarayonida manfaatlar muvozanati tiziminishakllantirish;

– qonun ijodkorligining sifatini ta’minlash;

– umumdavlat va hududiy manfaatlarning mutanosibligiga erishish.

O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlatvakil lik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatniamal ga oshiradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan

– Qonun chilik palatasi (quyi palata) va Senatdan (yuqori palata)iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiva Senati vakolat muddati – besh yil.

76- modda.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘ -ri sida”gi konstitutsiyaviy qonunda parlamentimiz Qonunchi lik pa la ta sining, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Senati to‘g‘ ri si da” gikons titutsiyaviy qonunda esa Senatning maqomi, vakolatlari va fa oli yatyo‘nalishlari aniq belgilab berilgan.

Bu palatalarning tarkibi ular oldiga qo‘yilgan maqsad va vazifalargamos ravishda shakllantirilishi qonun yo‘li bilan belgilab qo‘yilgan.

Bunda Senatning hududlar manfaatlarini ifoda etishini inobatga olganhol da uning tarkibi asosan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari vakillari dan tashkil topadi. Senat boshqacha nom bilan parlamentning yuqori palatasi deb ham yuritiladi. Qonunchilik palatasi o‘z faoliyatini doimiypro fessional asosda amalga oshiradi va uning tarkibi asosan qonun vabosh qa huquqiy hujjatlar yaratish uchun zarur bilim, tajriba va malakagaega yuqori saviyadagi mutaxassislardan iborat bo‘ladi. Qonunchilik palatasi boshqa nom bilan parlamentning quyi palatasi deb ham yuritiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati ning vakolat muddati – besh yil.

Davlatimiz Konstitutsiyasining 77- moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qonunchilik palatasi qonunga muvofi q sayla na digan bir yuz ellik nafar deputatdan iborat. Shuningdek, Qonunchilik palatasining deputatlari – hududiy bir mandatli saylov okruglari bo‘yichako‘p par tiyaviylik asosida umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huqu qiasosi da yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hududiy vakillikpala tasi bo‘lib, 100 nafar Senat a’zolaridan (senatorlardan) iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolari, Qora qalpog‘is ton Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlardav lat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shmamaj lis larida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan tengmiqdorda – olti kishidan saylanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n olti nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarishsohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlaridakatta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan engobro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidantayinlanadi.

Saylov kuni yigirma besh yoshga to‘lgan hamda kamida besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O‘zbekiston Respublikasifuqa rosi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palataside pu tati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatia’zo si bo‘lishi mumkin. Deputatlikka nomzodlarga qo‘yiladigan talablarqo nun bilan belgilanadi.

Bitta shaxs bir paytning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj lisining Qonunchilik palatasi deputati va Senati a’zosi bo‘lishi mumkin emas.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o‘z tarki bidan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning o‘rinbosarlarini saylaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati o‘z tarkibidan Senat Raisiva uning o‘rinbosarlarini saylaydi. Senat Raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan saylanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputativa Senati a’zosi daxlsizlik huquqidan foydalanadilar. Ular Qonunchilik palatasi yoki Senatning roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi,qamoq qa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazo choralarigatorti lishi mumkin emas.

Oliy Majlis ishini tashkiliy shakli – bu sessiyadir. Oliy Majlissessiyasining asosini uning majlislari tashkil qiladi. Sessiya majlislarioralig‘ida Oliy Majlis qo‘mitalari, komissiyalari va boshqa organlarimajlislari o‘tkaziladi. Oliy Majlis sessiyasi bir yilda ikki martadan kambo‘lmagan tarzda chaqiriladi.

Oliy Majlis deputatlari qonunchilik asosida fraksiyalarga, bloklargaboshqa deputatlik guruhlariga birlashishlari, Oliy Majlisga taqdimqilinayotgan masalalarni oldindan muhokama qilishlari va takliflarkiritishlari mumkin.

Oliy Majlis quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlarini tasdiqlash;

– Konstitutsion, Oliy sudlarni saylash;

– Markaziy bank raisini saylash;

– O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini ko‘rib chiqish va qabul qilish;

– O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetini va davlatning boshqastrategik dasturlarini qabul qilish.

Qonunlar Oliy Majlisga qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lganorganlar tomonidan taqdim qilinadi. Shundan so‘ng Oliy Majlis buqonunlarni ko‘rib chiqadi, tuzatishlar kiritadi va qabul qiladi.

Qonunchilik tashabbusi huquqiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, o‘z davlat hokimiyatining oliyvakillik organi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilikpalatasi deputatlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Boshprokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqisubyektlari tomonidan qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalgaoshiriladi.

83- modda.

Oliy Majlis, shuningdek, davlat organlari va boshqa organlar, tashkilot, korxona, muassasalar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining, Oliy majlis qarorlarining bajarilishi bo‘yicha nazorat olib borish vakolatiga ega.


Sharhlang!

Oliy Majlis O‘zbekiston Respublikasining oliy vakillik va qonunchi qa ruvchi organi hisoblanadi. Unda jamiyatning asosiy siyosiy partiya lari, barcha ijtimoiy qatlamlari va ijtimoiy-siyosiy kuchlarning manfa atlari ifodalanadi. Umuman olganda, Parlament O‘zbekiston xalqiningman fa atlarini ifodalaydi.va qonunlarining, Oliy majlis qarorlarining bajarilishi bo‘yicha nazorat olibborish vakolatiga ega.


Ijodiy faoliyat

Tuzgan shartli davlatingizning parlamentini tuzing. Parlament ningnecha palatali bo‘lishi, saylanuvchi deputatlar soni (davlatingiz aholisisonidan kelib chiqib), ularga yuklatilgan vazifalar va ularga beril ganvakolatlarni yozing.

Parlamentingiz tomonidan qabul qilinadigan eng muhim qonunlarro‘y xatini tuzing.


Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Oliy Majlis qanday hokimiyatni amalga oshiradi?
  2. Nega Oliy Majlis ikki palatadan iborat qilib tashkil qilingan?
  3. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘-ri sida”gi konstitutsiyaviy qonunda nimalar belgilab qo‘yilgan?
  4. “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati to‘g‘risida”gi konstitutsi ya viy qonunda-chi?
  5. Qonunchilik palatasi tarkibiga kimlar kiradi?
  6. Senat tarkibiga-chi?
  7. Qonunchilik palatasi qay tartibda saylanadi?
  8. Oliy Majlisning faoliyati qanday tashkil qilinadi?
  9. Sessiyalar majlislari oralig‘ida qanday faoliyat amalga oshiriladi?
  10. Oliy Majlis qanday ishlarni amalga oshiradi?
  11. Oliy Majlis nimalar ustidan nazorat yuritadi?
Previous articleTuban o’simliklar – Тубан ўсимликлар
Next articleO‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlari