O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlari

0

Ўзбекистон Республикасининг ижро этувчи ҳокимият органлари. Узбекистон Республикасининг ижро этувчи хокимият органлари. Uzbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlari.

O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organlari Uzb

Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

1-2- rasmlarda O‘zbekiston Respublikasi ijro etuvchi hokimiyatning markaziy (respublika miqyosidagi) organlari binolari, 3- rasmtu man hokimligi, 4- rasmda esa fuqarolarning o‘zini-o‘zi bosh qarish organi tasvirlangan.

  1. Siz bu organlarning faoliyati haqida nimalarni bilasiz? Bilgan larin gizni sinfdoshlaringiz bilan o‘rtoqlashing.
  2. Siz kattalarning “hukumat” atamasini tez-tez tilga olib tu rish lari ni bilasiz. “Hukumat” so‘zi sizga nimani anglatadi?
  3. Chiqarilgan qonunlar, qabul qilingan qarorlarning ijro etilishinitash kil qilish zarurmi yoki shart emasmi?
  4. Siz qanday vazirliklarning nomlarini bilasiz? Ularning qandayfa oliyat bilan shug‘ullanishlaridan xabardormisiz?
  5. Oila a’zolaringizning mahalla fuqarolari yig‘iniga ishi tushgan mi? Tush gan bo‘lsa, bu organning faoliyati va vakolatlari bo‘yicha qan day ma’lumotlarga egasiz?
  6. Mahalliy hokimiyat organlari deganda nimani tushunasiz va ular qan day vazifalarni bajaradi deb o‘ylaysiz?

O‘zbekiston Respublikasining hukumati boshchiligida ijro etuvchiho ki miyatning yagona tizimi amal qiladi. Mazkur tizimga:

1) Vazirlar Mahkamasi;

2) vazirliklar;

3) davlat qo‘mitalari;

5) boshqaruv funksiyasini amalga oshiruvchi agentliklar, konsern vauyushmalar;

6) viloyat, tuman va shahar hokimliklari kiradi.

O‘zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekistondaijro etuvchi hokimiyatni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiamal ga oshiradi.

Vazirlar Mahkamasining tarkibi Bosh vazir taqdim etgan nomzodlarichi dan tanlab olinadi va O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti tomonidantas diqlanadi. O‘zbеkiston Rеspublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining taqdimiga binoan O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a’zolari O‘zbеkiston Rеspublikasi Bosh vaziri taqdimigabinoan O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti tomonidan tasdiq lanadi.

O‘zbеkiston Rеspublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga quyidagimansabdor shaxslar kiradi: O‘zbеkiston Rеspublikasi Bosh vaziri; Bosh vaziro‘rinbosarlari; vazirlar; davlat qo‘mitalarining raislari; Qoraqalpog‘iston Rеspublikasi hukumatining boshlig‘i.

Vazirlar Mahkamasi bir qator vazifalarni o‘z zimmasiga oladi, ya’niiqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatigarahbarlikni, O‘zbеkiston Rеspublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalariqarorlari, O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining farmonlari, qarorlariva farmoyishlarining ijrosini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi amaldagi qonunlarga muvofiq O‘zbеkiston Rеspublikasining butun hududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolartomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti va O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy Majlisioldida javobgar hisoblanadi.

Oliy Majlis yangi saylanishi bilan Vazirlar Mahkamasi to‘laligichaiste’foga chiqadi.

Vazirlar Mahkamasi qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda faoliyatyuritadi.

… O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri:

1) Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi va ungarah barlik qiladi, uning samarali ishlashi uchun shaxsanjavob gar bo‘ladi;

2) Vazirlar Mahkamasining majlislarida raislik qiladi, uningqaror larini imzolaydi;

3) xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mah kamasi nomidan ish ko‘radi.

4) O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilganbosh qa vazifalarni bajaradi …

98- moddadan.

Vazirlar Mahkamasi yana quyidagi vazifalarni bajaradi:

♦ Davlat budjetini ishlab chiqadi va Oliy Majlisga taqdim etadi hamdauning bajarilishini ta’minlaydi;

♦ Oliy Majlisga davlat budjetining bajarilishi haqida hisobot beradi;

♦ yagona moliya, pul-kredit siyosati yuritilishini ta’minlaydi;

♦ madaniyat, fan, maorif, ijtimoiy ta’minot, ekologiya sohasida yagonadav lat siyosati yuritilishini ta’minlaydi;

♦ mamlakatni mudofaa qilish, davlat xavfsizligi, tashqi siyosatni amalga oshirishni ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi;

♦ qonuniylik, fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlash, xususiy mulk va jamoat tartibini muhofaza qilish, jinoyatchilikka qarshikurash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Hukumat O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Prezident farmonlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar asosida va ularni bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining butun hududida barchaor ganlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar vafuqa rolar uchun bajarilishi shart bo‘lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

Prezident hukumat majlisida raislik qilish huquqiga ega.

Buyuk mutafakkir Ibn Sino har qanday jamiyat, davlatma’lum adolatni himoya etuvchi, qonunlar asosida idora etiladigan, adolatsizlikka yo‘l qo‘yil maydigan qonun ustuvor bo‘lgan adolatlijamiyat ta’limotini yaratishga, uni rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan.


Markaziy ijro etuvchi hokimiyat

Markaziy ijro etuvchi hokimiyat vakolatlarini bozor tamoyillarigamuvo fi q lashtirish va iqtisodiyotni boshqarishda davlat boshqaruv organlarining qatnashuvini kamaytirish Markaziy ijro etuvchi hokimiyat boshqaruv tuzilmalari va ma’muriy organlari vazifalarini jiddiy tarzda qayta ko‘-rib chiqishni taqozo qildi.

Markaziy ijro etuvchi hokimiyatning boshqaruv tuzilmalari vama’muriy organlarning vazifalarini o‘zgartirish:

– ularning boshqarish borasidagi vakolatlarini qisqartirish;

– ularning tartibga solish borasidagi vakolatlarini qisqartirish;

– ularning taqsimlash borasidagi vakolatlarini qisqartirish;

– ularning xo‘jalik tuzilmalari faoliyatiga bevosita aralashuvini keskin qisqartirish.

Davlat boshqaruvida vertikal boshqaruv organlarining vakolatlariniqisqar tirish hisobiga gorizontal boshqaruv organlarining vakolatlarinikengay tirish davlat boshqaruvi sohasida markazlashtirishni cheklashgaimko niyat yaratadi. Bunda boshqaruv borasidagi vazifalarning bir qismini respublika darajasidan mahalliy (viloyat, tuman, shahar) miqyosi gao‘tka zishning ahamiyati katta bo‘ldi. Ayniqsa, mahalliy o‘zini-o‘zi boshqarish ning noyob shakli bo‘lgan mahalla tizimi faqatgina O‘zbe kis tondaamal qilgan o‘ziga xos yangilik bo‘lib davlat boshqaruvi fani va amaliyotiga kirdi.


Hikmatlar xazinasidan!

Hukumat – so‘zlovchi qonun, qonun esa gung hukumatdir.

(Sitseron Mark Tulliy)


Ijodiy faoliyat

O‘zingiz tuzgan shartli davlatingizda ijro etuvchi organlar tiziminituzing. Bunda siz hukumat a’zolarining lavozimlarini, ularning vakolat larini va ularga yuklatilgan funksiyalarni yozma bayon qiling. Sizo‘zin gizni ushbu tuzilgan hukumat boshlig‘i deb faraz qiling va o‘z qo‘lostin gizdagilarga beriladigan eng dastlabki va eng muhim ko‘rsatmalarniyozing. Hukumatingizning bittadan qaror va farmoyishini yozing.


Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. O‘zbekiston Respublikasida ijro etuvchi hokimiyatni kim amalga oshiradi?
  2. Vazirlar Mahkamasining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
  3. Vazirlar Mahkamasi qay tartibda tuziladi?
  4. Vazirlar Mahkamasining tarkibiga kimlar kiradi?
  5. Vazirlar Mahkamasining asosiy vakolatlari nimalardan iborat?
  6. Hukumat o‘z faoliyatini amalga oshirish borasida qanday normativ-huquqiy hujjatlarga asoslanadi?
  7. Hukumatning qanday normativ-huquqiy hujjatlar chiqarish vakolatlaribor? Bu hujjatlarning qanday yuridik kuchi bor?
  8. Hukumatsiz mamlakatni tasavvur qilib ko‘ring. Bunda qanday ahvolro‘y berishi mumkin?
  9. Markaziy ijro etuvchi hokimiyatning faoliyatlarini bozor tamoyillarigamuvo fi qlashtirish nima sababdan dolzarb bo‘lib qoldi?
  10. Konstitutsiyada ularning vazifalarini qay tarzda o‘zgartirish taklif qilingan?
  11. Davlat boshqaruvi vazifalarining bir qismini respublika darajasidan viloyat, tuman, shahar miqyosiga o‘tkazilishining ijobiy ahamiyatga molikekan ligini asoslab berishga harakat qiling.
  12. Mahallangiz boshqaruv organining tuzilishi, uning qanday vazifalarnibaja rishini o‘rganib chiqing. O‘rganganlaringizni daftaringizga yozing. Mahalla fuqarolar yig‘ini boshqaruvi bo‘yicha fi krlaringizni sinf doshla rin giz bilan muhokama qiling.
Previous articleO‘zbekiston Respublikasida qonunchiqaruvchi organ
Next articleO‘zbekiston Respublikasi sud tizimi