Tuban o’simliklar – Тубан ўсимликлар

0

Suvo’tlar Xlorella Xlamidomonada Ulotriks Spirogira Porfira Laminariya. Сувўтлар Хлорелла Хламидомонада Улотрикс Спирогира Порфира Ламинария.


Suvo’tlar tuban o’simlik bo’lib, tanasi organlarga bo’linmagan- ligi sababli, qattana yoki tallom (organlarga bo’linmagan tana) deb ataladi.

Barcha suvo’tlar xromatoforga ega. Xromatoforda pigment joylashgan bo’ladi. Suvo’tlar tarkibidagi pigment (rang beruvchi modda) turiga ko’ra qizil, yashil, qo’ng’ir suvo’tlarga bo’linadi. Bir hujayrali suvo’tlarga xlorella va xlamidomonada; ko’p hujayrali suvo’tlarga ulotriks, spirogira, porfira, laminariya misol bo’ladi.

29-rasm. Xlorella. 1- sitoplazma; 2- xroma- tofor; 3 - yadro; 4 -hujayra qobig’i.
29-rasm. Xlorella.
1- sitoplazma; 2- xroma- tofor; 3 – yadro; 4 -hujayra qobig’i.

Xlorella – sharsimon yashil suvo’t (29-rasm). Kosachasimon xromatofori- da yashil xlorofill pigmenti joylashgan. Yorug’lik ta’sirida xromatoforda organik moddalarni sintezlab avtotrof oziqlanadi. Suvni kislorodga boyitadi. Oqsilga boy bo’lganligi sababli chorva mollari uchun ozuqa sifatida ishlatiladi.

Xlamidomonada – yadro va qisqa- ruvchi vakuolga ega yashil suvo’t. Qizil ko’zchasi yorug’likni sezadi. Xivchinlari yordamida yorug’likka qarab harakatla- nadi. Kosachasimon xromatoforida yashil xlorofill pigmenti bo’lishi bilan xlorellaga o’xshaydi. Ortiqcha ozuqani hujayrasida to’playdi. Xlamidomonadani akvarium devorida ham uchratish mumkin. Bu suvo’tdan ifloslangan suv havzalarini tozalashda foydalaniladi (30-rasm).

30-rasm. Xlamidomonada.1- xivchin; 2- qizil ko’zcha; 3- hujayra qobig’i; 4- xromatofor; 5- yadro; 6- sitoplazma; 7- qisqaruvchi vakuol.
30-rasm. Xlamidomonada.1- xivchin;
2- qizil ko’zcha; 3- hujayra qobig’i;
4- xromatofor; 5- yadro; 6- sitoplazma;
7- qisqaruvchi vakuol.
31-rasm. Ulotriks. 1- yadro; 2- xromatofor; 3- sitoplazma.
31-rasm. Ulotriks.
1- yadro; 2- xromatofor;
3- sitoplazma.

Ulotriks – xromatofori belbog’ shaklida joylashgan ko’p hujay- rali yashil ipsimon suvo’t (31-rasm). Tallomi shoxlanmaydi, rizoidi orqali suv tubiga birikadi. Rizoid – yunoncha ildizga o’xshash degan ma’noni anglatadi, tuzilishi bo’yicha ildiz tukchalariga o’xshaydi. Ulotriks qulay sharoitda jinssiz, noqulay sharoitda jinsiy ko’payadi. Jinssiz ko’payganda to’rt xivchinli zoospora hosil qiladi. Zoospora- lar xivchinlari yordamida suzib, uzoqroqqa borib o’rnashadi. Undan yangi ulotriks ipi o’sib chiqadi. Jinsiy ko’payishi ikki xivchinli izo- gametalar orqali amalga oshadi. Izogametalar bir-biriga o’xshaydi. Ikkita izogameta qo’shilib zigota hosil qiladi. Zigota qalin po’st bilan o’ralib tinim davrini o’taydi. Qulay sharoitda to’rtta hujayraga bo’linadi. Har bir hujayradan yangi ulotriks ipi rivojlanadi.

Spirogira – rizoidsiz ko’p hujayrali suvo’t (32-rasm). Chu- chuk suv havzalari yuzasida boshqa suvo’tlar bilan birga «baqa to’nlarni» hosil qiladi. Tallomi och yashil rangda, shilimshiq bilan o’ralgan. Xromatofori spiralsimon buralgan.

32-rasm. Spirogira. 1- yadro; 2- xromatofor; 3- sitoplazma.
32-rasm. Spirogira. 1- yadro; 2- xromatofor; 3- sitoplazma.

Spirogira baliq va baqalarning harakati, suv oqimi ta’sirida tallomining bo’laklarga bo’linishi nati- jasida ko’payadi.

Porfira – qizil suvo’t bo’lib, tallo- mi bir qavat hujayralardan iborat. Keng, chetlari kungurador qat- tananing uzunligi bir metrdan oshadi. Rizoidi yordamida suv ostiga birikib o’sadi. Dengizda uchraydi. Xromatofo- rida xlorofill pigmentidan tashqari qizil rang beruvchi antotsian pigmenti ham bo’ladi. Iste’mol qilinganligi sababli «dengiz salati» deb ataladi.

Laminariya – ko’p hujayrali qo’ng’ir suvo’ti bo’lib, asosan, dengizda uchraydi. Suvo’tning tanasi tasmasimon, rizo- idi bilan suv tubiga birikib turadi. Tarkibida yod moddasi ko’p uch- raydi. Iste’mol qilingani uchun «dengiz karami» deb ham ataladi.

Suvo’tlar fotosintez qilishi tufayli suvni kislorod bilan ta’minlaydi, suv jonivorlari uchun ozuqa hisoblanadi. Ayrim dengiz suvo’tlaridan yod, brom olinadi. Xlorella va xlamidomonadadan suv havzalarini tozalashda foydalaniladi.


  • xlorella
  • xlamidomonada
  • porfira
  • laminariya
  • ulotriks
  • spirogira
  • xromatofor
  • tallom

  1. O’simliklar qaysi xususiyatiga ko’ra tuban va yuksak o’simliklarga bo’linadi?
  2. Faqat suvo’tlarga xos belgilarni ayting.
  3. Bir hujayrali suvo’tlarga qaysi o’simliklar kiradi?
  4. Qaysi suvo’tlarni iste’mol qilsa bo’ladi?
Previous articleO’simliklar dunyosi
Next articleO‘zbekiston Respublikasida qonunchiqaruvchi organ