Mingdevona o‘simligi – Мингдевона ўсимлиги. Ming devona haqida – Минг девона хакида.
Mingdevona o‘simligining yirik guli oqish sariq rangda, bargi oddiy, mevasi tikanli (53-rasm). O‘simlikning hamma qismlari zaharli.

Iste’mol qilgandan so‘ng 10–20 daqiqa o‘tib, o‘simlikdan zaharlanish belgilari yuzaga chiqadi. Bunda og‘iz qurishi, ko‘z qorachig‘ining kengayishi, ovoz bo‘g‘ilishi, yuzning qizarishi va yurak ishining susayishi kuzatiladi.
Birozdan so‘ng harorat ko‘tariladi, titroq, hushdan ketish holatlari vujudga keladi. Birinchi yordam berish uchun bemorga ko‘p suyuqlik ichirib, qustirish kerak.
Batafsil >> O‘zbekistonda keng tarqalgan dorivor va zaharli o‘simliklar