Qit’alar (adabiyot)

0

Qit’alar (adabiyot). Қитъалар / китхалар (адабиёт).


Oltun, kumushga hirs manikim, tutmogi ilikni qora qilur va muhabbatikongulni

Ko’p oltun, kumush sari qo’l sunmog’il[1], –
Ki tutsang, kafingni qora zang etar.

Ko’ngulda dog’i[2] maylini asrama, –
Ki ko’nglungni dog’i hamul rang etar.

Dеvonda muhr bosqondin nafsig’a shikast yеtmagan uchun muhrg’a shikast bеrgani

Chun manga lutf etti shah dеvonda muhr,
Bu edi eldin quyi muhr urmog’im, –

Kim g’ururi nafsi sarkash man’ig’a
Borchadin bo’lg’ay quyi o’lturmog’im.

Chun shikasti nafs hosil bo’lmadi,
Mundin o’ldi muhrni sindurmog’im.

 Yuqori o’lturmoq talashquchilarkim, hinduyi didbon[3]

Alardin yuqoriroqdurur, uchar qo’ng’uz – ilgariroq

Yuqori o’ltururni kim tilasa,
Kishilikdin ani yiroq bilgil.

O’lturur safda yuqoriliqdin
O’lturur safda yaxshiroq bilgil.

Yamon yamonlig’ini qilmasa, yaxshilig’cha bor va bir yaxshilig’ qilsa – o’n yaxshi qiliqcha

Har kishikim topsa davron ichra johu[4] e’tibor, –
Kim aning zotida bеdod-u sitam bo’lg’ay qilig’.

Yaxshilig’ gar qilmasa, bori yamonlig’ qilmasa, –
Kim yamonlig’ qilmasa, qilg’ancha bordur yaxshilig’.

Amir ul-mo’minin ali karramallohu vajhahu so’ziga

Tarjimakim – unzur limoqola lotanzur limanqola[5]

Chun g’araz[6] so’zdin erur ma’ni anga,
Noqil[7] o’lsa xoh xotun, xoh er.

So’zchi holin boqma, boq so’z holini,
Ko’rma kim dеr ani, ko’rgilkim, nе dеr.


  • [1] S u n m o q – cho‘zmoq, uzatmoq.
  • [2] D o g‘ i – yana, tag‘in.
  • [3] H i n d u y i  d i d b o n – hind qo‘riqchi, bu yerda to‘ti ko‘zda tutilyapti.
  • [4] J o h  – mansab, lavozim, martaba.
  • [5] U n z u r    l i m o q o l a    l o t a n z u r   l i m a n q o l a (arabcha) – Kim deganiga emas, nima deganiga qara.
  • [6] G‘ a r a z – maqsad, niyat.
  • [7] N o q i l –  naql etuvchi, so‘zlovchi.
Previous articleFalokatdin ayog’ig’a kafsh bo’lmag’anga chun kafsh uchun ayog’i bor, shukr vojibdur
Next articleG’azal haqida (adabiyot). Газал хакида