Zamburug’lar dunyosi

0

Zamburug’larning tuzilishi. Zamburug’ turlari. Achitqi zamburug’i, mog’or zamburug’i, qalpoqchali zamburug’lar, parazit zamburug’larga. Замбуруғларнинг тузилиши. Замбуруғ турлари. Ачитқи замбуруги, моғор замбуруғи, қалпоқчали замбуруғлар, паразит замбуруғларга.


Zamburug’larning tuzilishi. Zamburug’larni mikologiya fani o’rganadi. Zamburug’lar ilgari o’simliklar dunyosiga kiritilar edi. Olimlar zamburug’ turlarini chuqur o’rganish natijasida ularni alohida olam sifatida ajratishgan. Zamburug’lar bakteriyalardan farq qilib, eukariot organizm hisoblanadi. Zamburug’lar o’simliklar kabi erkin harakatlana olmaydi, hayvonlarga o’xshab geterotrof oziqlanadi. Zamburug’lar yashashi uchun ozuqa, harorat va namlik yetarli bo’lishi kerak, yorug’lik bo’lishi shart emas.

22-rasm. Achitqi zamburug’ining mikroskopda ko’rinishi (a), xamirturush (b) va oshgan xamir (c).
22-rasm. Achitqi zamburug’ining mikroskopda ko’rinishi (a), xamirturush (b) va oshgan xamir (c).

Zamburug’ turlari: 1) achitqi zamburug’i ovalsimon, bir hujayrali bo’lib, ulardan non yopishda foydalaniladi. Taxtakach- lab, zichlangan ko’rinishda yoki quritilib, havosi so’rib olingan paketchalarda xamirturush ko’rinishida savdoga chiqariladi. Xa- mirturush shakarli iliq suvga solinsa, achitqi zamburug’lari kur- taklanib ko’payadi. Xamir tayyorlash jarayonida achitqi qo’shilsa, ma’lum vaqtdan keyin xamir ko’tarilib, oshadi. Oshma xamir- dan tayyorlangan un mahsulotlari yumshoq va g’ovak bo’ladi (22-rasm).

2) mog’or zamburug’i – agar non bir necha kun selofan paket ichida qolib ketsa, mog’or bosadi. Atrofimizdagi havoda mog’or zamburug’ining sporalari doimiy uchib yuradi. Non ochiq holda turganda uning yuzasiga sporalar o’tiradi, selofan paket- cha ichiga joylaganimizda mog’or zamburug’i uchun qulay sha- roit tug’iladi. Sporadan mog’or zamburug’ining tanasi rivojlanadi. Sporalar yetilgach, sporangiy yashil yoki qoramtir rangga kiradi (23-rasm). Sporangiy yorilib, ichidagi minglab sporalarni atrofga sochadi. Mog’or zamburug’i nonning sifatini buzadi, undan ajral- gan toksinlar odamning zaharlanishiga olib kelishi mumkin. Lekin ayrim mog’or zamburug’i turlaridan bakteriyalarga qarshi dori – antibiotik olish mumkin.

23-rasm. Nondagi mog’or zamburug’i.
23-rasm. Nondagi mog’or zamburug’i.

3) qalpoqchali zamburuglar ko’proq ozuqa sifatida foydalani- ladi. Iste’mol qilsa bo’ladigan zamburug’larga qo’zidumba (sham- pinion), oq qo’ziqorin va boshqalar kiradi (24-rasm). Ularni taom tayyorlashdan oldin 5-7 daqiqa qaynatib, suvini to’kib yuborish kerak. Chunki zamburug’lar qaynatilganda tarkibidagi zaharli mod- dalar suvga chiqib ketadi. Zaharli turlariga qizil muxomor, sariq soxta qo’ziqorinlar kiradi. Ularni iste’mol qilgan odam zaharlanishi mumkin (25-rasm).

24-rasm. Iste’mol qilinadigan zamburug’lar: a-qo’zidumba (shampinion); b-oq qo’ziqorin.
24-rasm. Iste’mol qilinadigan zamburug’lar: a-qo’zidumba (shampinion); b-oq qo’ziqorin.
25-rasm. Zaharli zamburug’lar: a-qizil muxomor; b - sariq qo’ziqorin.
25-rasm. Zaharli zamburug’lar: a-qizil muxomor; b – sariq qo’ziqorin.

4) parazit zamburug’larga qorakuya, zang zamburug’i, Ver- titsillium zamburug’lari kiradi. Qorakuya zamburug’i boshoqdosh- lar oilasi vakillarining boshog’ida parazitlik qilib, qora kukun hosil qiladi (26-rasm, a). Kasallangan o’simlik doni puch bo’lib qoladi. Vilt kasalligini Vertitsillium zamburug’i keltirib chiqaradi. Bu zam- burug’ o’simlikning o’tkazuvchi qismida parazitlik qilib, barglari va poyasining so’lib qolishiga olib keladi. Zang zamburug’i – o’simlikda zangga o’xshash dog’ hosil qiladi. Agar parazit zam- burug’larga qarshi o’z vaqtida kurash olib borilmasa, tez tarqalib, o’simliklarni nobud qiladi (26-rasm, b).

26-rasm. Parazit zamburug’lar: a - bug’doydagi qorakuya kasalligi; b-atirguldagi zang kasalligi.
26-rasm. Parazit zamburug’lar: a – bug’doydagi qorakuya kasalligi; b-atirguldagi zang kasalligi.

Bakteriyalarda bo’lgani kabi zamburug’larning ham foydali va zararli turlari mavjud. Odamlar foydali zamburug’lardan ko’proq oziq-ovqat sanoatida foydalanadilar. Ular zararli zamburug’larga qarshi kurashish usullarini ishlab chiqib, o’simliklarni himoya qiladilar.


  • achitqi
  • qalpoqchali zamburug’
  • mog’or
  • parazit zamburug’

  1. Zamburug’larni o’rganuvchi fan qanday nomlanadi?
  2. Achitqi zamburug’idan qanday maqsadda foydalaniladi?
  3. Nima uchun hamma zamburug’ni ham iste’mol qilib bo’lmaydi?
  4. Parazit zamburug’lar qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi?
Previous articleTugilgan kun tabriklari rasmlar, sherlar skachat
Next articleO’simliklar dunyosi