O‘zbekiston Respublikasida davlatboshqaruvi

0

O‘zbekiston respublikasida davlat boshqaruvining tashkil etilishi. Ўзбекистон республикасида давлат бошқарувининг ташкил этилиши. Ўзбекистон Республикасида давлатбошқаруви


Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

  1. 1-3- rasmlardagi davlat idoralari qanday faoliyat bilan shug‘ulla nadi deb o‘ylaysiz?
  2. Bu idoralar kimning manfaatini ko‘zlab faoliyat yuritadilar?
  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi to‘g‘risida nimalarni eshitgansiz? Ulargakimlar, qanday masalalar bilan murojaat qiladilar deb o‘ylaysiz?
  4. Fuqaro ijtimoiy yoki huquqiy muammoga duch kelganida birin chinavbatda qaysi idoraga murojaat qilishi kerak? Bunday muammo larga misollar keltiring va har bir xususiy holda fuqaro qaysiido ra ga murojaat qilishi lozimligini tahlil qilib ko‘ring.
  5. Fuqarolarning muammolarini yechish bilan shug‘ullanadiganyana qanday davlat idoralarini bilasiz?
  6. Agar mana shunday idoralar bo‘lmaganida fuqarolar va tashkilot lar qanday qiyinchiliklarga duch kelar edi?

O‘zbеkiston Rеspublikasida “xalq – hokimiyatning birdan bir manbai”ekan ligi konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan. Ushbu ta’kid davlat huquqiyfaoli yatning mazmunini, uning asosini tashkil qiladi. Davlat hoki mi yatiningxalq manfaatlarini ko‘zlab o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi kons ti tut siyadaqat’iy bеlgilangan, davlat hokimiyati zimmasiga qo‘yilgan bosh va zifadir.

Davlat hokimiyatining faoliyati xalq hokimiyatini amalga oshirishningasosiy shakllaridan biri hisoblanadi. Ushbu faoliyat, avvalambor, konstitut siya va qonunlar bilan bеlgilangan tartibda davlatning Konstitut siyadabel gi langan organlari va mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshi ri ladi.

Ular ham o‘z navbatida vaqti-vaqti bilan o‘tkaziladigan saylovlar orqalitarki ban shakllanib yoki almashib turadi.

O‘zbekiston suverenitetining huquqiy asosi – Asosiy qonuni O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bo‘lib, ushbu hujjat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n ikkinchi chaqiriq XI sessiyasida, 1992- yil 8- dekabrda qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi inson huquqlari va erkin liklariga oid xalqaro hujjatlar, jumladan, “Inson huquqlari umumjahondeklaratsiyasi”, rivojlangan demokratik davlatlarda mavjud bo‘lgan demokratik tamoyillar va qadriyatlar, vatanimiz tarixidagi bir necha ming yillikmilliy va sharqona davlatni idora etish an’analarini o‘zida mujassamlashtirdi.

Mamlakatimiz Konstitutsiyasi suveren O‘zbekiston Respublikasiijtimoiy hayotining muhim tomonlarini konstitutsiyaviy jihatdan tartibgasolishning umumiy prinsiplarini mustahkamladi, davlat boshqaruviningmohiyatini belgilab berdi.

Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyativakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yishyoki tugatish, hokimiyatning yangi tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilofhisob lanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.

O‘zbеkiston xalqi nomidan faqat u saylagan rеspublika Oliy Majlisi va Prеzidеnti ish olib borishi mumkin.

Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiyado lat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi.

Konstitutsiya konstitutsiyaviy tuzumning asosiy shartlaridan biri bo‘lmish xalq hokimiyatchiligini mustahkamlab beradi.

Konstitutsiyada O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati oliy organlari ning tuzilishi, hokimiyatlarning bo‘li nish prinsipi asoslab berilgan.


O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimiho ki miyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimi yatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi.

11- modda.

Hokimiyat vakolatlarini taqsimlash prinsipi – huquqiy davlatning engmu him belgilaridandir. Bu prinsip barcha rivojlangan demokratik davlatlar da amal qiladigan asosiy konstitutsiyaviy qoidalardan biridir. Bu harxil mamlakatlar konstitutsiyalarida shunchaki belgilab qo‘yilgan oddiyde mok ratik qoida emas, balki hokimiyatning bir organda to‘planishiningol di ni olishga qaratilgan konstitutsiyaviy qoidadir. Chunki, ko‘p asrlikdav lat chilik taraqqiyoti tajribalari shuni ko‘rsatdiki, hokimiyat bir organdato‘p lan ganida jiddiy suiiste’molliklar yuz berishiga sharoit tug‘iladi.

Hokimiyat bo‘linishida konstitutsiyaviy prinsip qo‘llanib, davlatbosh qa ruvi islohoti amalga oshirilar ekan, mamlakatimizda quyidagiqoida lar ga amal qilindi:

  1. Mamlakatimizda hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi vasud tarmoqlari o‘zaro yagona davlat mexanizmi sifatida o‘zaro bog‘liqlikdafa oli yat ko‘rsatishlari bilan bir paytda, ular nisbatan mustaqil hamdir;
  2. Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud funksiyalarini bajaruv chi respublika miqyosidagi davlat organlari o‘rtasida hokimiyat va ko -lat larining muayyan nisbati mavjud. Ya’ni ularning vakolatlari muvoza nat lashgandir. Mana shu muvozanatni saqlash uchun huquqiy islohotlaramal ga oshirib turiladi.

O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonunchi qa ruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiya lardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holdaish yuritadi.

106- modda

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi… Vazirlar Mahkamasi o‘zfa oli yatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekis ton Respublikasi Oliy Majlisi oldida javobgardir …

98- moddadan.


Davlat boshqaruvining yuqori respublika miqyosidagi organlari o‘z lari ning quyi – mahalliy organlari bilan ham chambarchas bog‘liqlikda isholib boradilar. Davlat boshqaruvining mahalliy organlari faoliyatining muhim ligi, avvalambor, ularning fuqarolar, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari va tashkilotlar bilan bevosita ishlashlaridir. Shu ningu chun ham davlat boshqaruvining mahalliy organlari faoliyatiga mam laka timizda alohida e’tibor berilmoqda.

Konstitutsiyamizning yana bir demokratik jihati, jamiyat va davlathayo tining eng muhim masalalari xalq muhokamasiga taqdim etiladi,umu miy ovozga (referendumga) qo‘yiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va amaldagi qonunlarda davlat va fuqaro o‘rtasidagi doimiy siyosiy-huquqiy aloqa belgilab qo‘yilgan.

So‘nggi yillarda mamlakatimiz davlat boshqaruvida misli ko‘rilmaganislohotlar amalga oshirilmoqda. Mamlakat hayotiga doir har bir qarorxalq bilan muhokama qilinganidan so‘ng qabul qilinmoqda. Bunda muhokamalar bevosita muloqot tarzida o‘tkazilayotgani diqqatga sazovordir.

Mamlakatimiz davlat boshqaruvida shunday amaliyot yo‘lgaqo‘yildiki, unga ko‘ra, davlat xodimlari, birinchi rahbarlardan tortib,o‘z kabinetlarida o‘tirmasdan, joylarga borib, aholining eng og‘riqliva dolzarb muammolarining amaliy yechimi bilan shug‘ullanmoqda.

Mamlakatimizda xalq bilan muloqot qilish, uning hayotiymuammolarini hal qilish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratildiki, butizim davlat boshqaruvining muhim bo‘g‘ini sanaladi. Bu tizimning asosibo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxonasi xizmat qiladi.


Hikmatlar xazinasidan!

Boshsiz mamlakat jonsiz tanaga o‘xshaydi. Bejon tanning ahvolivay ro nalikka yaqindir. (Amir Temur)


Ijodiy faoliyat

O‘zingiz tuzgan shartli davlatingizning davlat boshqaruvi tizi mi nihoki miyatlar bo‘linishi prinsipiga asoslangan holda sxematik ravish da tasvirlang. Bunda, davlat boshqaruvining yuqori organlari bilan bir qa torda,mahalliy organlarini ham o‘zaro bog‘liqlikda ko‘r sating. O‘zin gizningshartli davlatingizning boshqaruv tizimini sinf dosh la rin giz ning shartlidavlatlari boshqaruv tizimlari bilan taqqoslang.


Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Davlat boshqaruvi nima?
  2. Davlat boshqaruvining mamlakat fuqarolari uchun qanday ahamiyatibor?
  3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat boshqaruvi haqidanima lar yozilgan?
  4. Hokimiyatlar bo‘linishi konstitusiyaviy prinsipi haqida nimalarni bilasiz?
  5. Mamlakatimizda davlat boshqaruv tizimi islohotlarida qanday qoidalargaamal qilinishi lozim?
  6. Qonun chiqaruvchi hokimiyat tarkibini aytib bering. Ijro etuvchi hokimi yat-chi? Sud hokimiyati-chi?
  7. Ularning asosiy vazifalarini aytib bering.
  8. O‘zbekiston davlat hokimiyati jihatidan huquqiy davlat talablariga javobbera dimi? Javobingizni asoslang.
Previous articleHuquqiy davlat nima?
Next articleO‘zbekiston Respublikasi Prezidenti