O’simliklar dunyosi

0

O’simliklarga xos xususiyatlar. O’simliklarning ahamiyati. O’simliklar sistematikasi. Ўсимликларга хос хусусиятлар. Ўсимликларнинг аҳамияти. Ўсимликлар систематикаси


O’simliklarga xos xususiyatlar. O’simliklar dunyosi hayvonot dunyosidan farqlanib, tuproqqa birikib o’sadi. O’simliklar oziq- lanish jarayonida atmosferadan karbonat angidridni o’zlashtirib, glyukoza hosil qiladi va kislorod ajratadi.

Barcha tirik organizmlar kabi o’simliklar ham nafas oladi. Nafas olish jarayonida oziqlanishdan farq qilib, atmosferadan kislorod yutib, karbonat angidrid ajratadi.

O’simliklar tanasi vegetativ va generativ organlardan iborat. Vegetativ organlar o’simlikning oziqlanishi, o’sishi va rivojlanishi- ni ta’minlaydi, ularga ildiz, poya, barg kiradi. Generativ organlar o’simlikning ko’payishi, tarqalishini ta’minlaydi, ularga gul, meva, urug’ kiradi. Organlar to’qimalardan iborat. O’simlik to’qimalariga qoplovchi, asosiy, mexanik, o’tkazuvchi, hosil qiluvchi, ajratuvchi to’qimalar kiradi. To’qimalar hujayralardan tashkil topgan.


O’simliklarning ahamiyati

O’simliklar tabiatda katta ahamiyatga ega:

  • fotosintez tufayli atmosferaga kislorod ajratadi;
  • produtsent organizm, ya’ni organik modda hosil qiladi;
  • ozuqa zanjirining asosiy qismini tashkil etadi, o’simlikxo’r or- ganizmlar uchun oziq bo’ladi;
  • suv bug’latish orqali havoni namlantirib turadi.

O’simliklarning inson faoliyatidagi ahamiyati:

  • kislorod manbai hisoblanadi (barcha yashil o’simliklar);
  • oziq-ovqat sifatida iste’mol qilinadi (olma, o’rik, yong’oq va hokazolar);
  • dori-darmon sifatida foydalaniladi (yalpiz, na’matak, shirin- miya va hokazolar);
  • chorva mollari uchun yem-xashak hisoblanadi (beda, sebar- ga, shuvoq va hokazolar);
  • manzarali va xona o’simligi sifatida o’stiriladi (fikus, kaktus va hokazolar);
  • qurilish va sanoat xomashyosi (yog’och, paxta va kanop).

O’simliklar sistematikasi

O’simliklar sistematikasi. Sistematika faniga shved olimi Karl Linney asos solgan. O’simliklarning 500 mingdan ortiq turi bo’lib, ularni o’rganishni osonlashtirish uchun bir-biriga o’xshash o’simliklarni birlashtirib, guruhlarga bo’linadi. O’simliklarni sistema- tikaga solishda quyidagi sistematik birliklardan foydalaniladi:

TUY -> TURKUM -> OILA -> SINF ->BO’LIM -> DUNYO

Tuzilishi o’xshash organizmlar bitta turga kiradi. O’xshash turlar birlashib turkumni, turkumlar oilani, oila sinfni, sinflar esa bo’limni, bo’limlar o’simliklar dunyosini tashkil qiladi. O’simliklar sistematikasi bilan dorivor qoqio’t va makkajo’xori misolida tani- shib chiqamiz.

Dorivor qoqio’tning sistematik o’rniMakkajo’xorining sistematik o’rni
Dunyo: O’simliklar

Bo’lim: Yopiq urug’lilar (Magnoliya- toifa)

Dunyo: O’simliklar

Bo’lim: Yopiq urug’lilar (Magnoli- yatoifa)

Sinf: Ikki urug’pallalilar (Magnoliya- simon)

Oila: Qoqio’tdoshlar

Turkum: Qoqio’t

Tur: Dorivor qoqio’t

Sinf: Bir urug’pallalilar (Lolasi- mon)

Oila: Bug’doydoshlar

Turkum: Jo’xori

Tur: Makkajo’xori


27-rasm. O’simliklar sistematikasi.
27-rasm. O’simliklar sistematikasi.

O’simliklar dunyosi tuban va yuksak o’simliklarga bo’linadi (27- rasm). Tuban o’simliklarning tanasi ildiz, poya, bargga bo’linmagan. Bunday tana qattana yoki tallom deyiladi. Tuban o’simliklarga suvo’tlar bo’limi kiradi. Yuksak o’simliklarning tanasi ildiz, poya va bargdan iborat. Yuksak o’simliklar sporali va urug’li o’simliklarga bo’linadi. Sporali yuksak o’simliklarga yo’sinlar, qirqbo’g’imlar va qirqquloqlar bo’limi kiradi. Urug’li o’simliklar esa urug’ining joyla- shishiga ko’ra ochiq urug’lilar va yopiq urug’lilar bo’limini o’z ichiga oladi.

Yopiq urug’li o’simliklar bir va ikki urug’pallali o’simliklar sinfiga ajraladi. Ikki urug’pallali o’simliklarga ra’nodoshlar, qoqio’tdoshlar; bir urug’pallali o’simliklar sinfiga esa bug’doydoshlar oilasi kiradi. Bug’doydoshlar oilasiga jo’xori va arpa turkumi kiradi. Makkajo’xo- ri esa jo’xori turkumining vakilidir.


  • avtotrof
  • fotosintez
  • produtsent
  • sistematika

  1. O’simliklar qanday xususiyatlarga ega?
  2. O’simliklar tabiatda qanday ahamiyatga ega?
  3. Nima uchun o’simliklar kislorod manbai hisoblanadi?
  4. O’simliklarni sistematikaga solishda qanday birliklardan foydalaniladi?
  5. O’simliklar dunyosi qanday guruhlarga bo’linadi?
  6. Makkajo’xori sistematikasini aytib bering.
Previous articleZamburug’lar dunyosi
Next articleTuban o’simliklar – Тубан ўсимликлар