Antuan de Sent-Ekzyuperi – hayoti va ijodi

0

Jahon adabiyotining yetuk namoyandalaridan biri hisoblanmish Antuan de Sent-Ekzyuperi 1900-yil 29-iyunda Fransiyaning yirik shaharlaridan biri lionda qashshoqlashgan zodagonlar oilasida dunyoga keldi. otasidan erta yetim qolgan antuan va uning akasi Fransua 1909-yildan 1914-yilgacha man shahridagi kollejda ta’lim olishdi. birinchi jahon urushi boshlangach, ularning onasi o‘g‘illarini Shveysariyadagi хususiy kollejlardan biriga o‘qishga yuboradi. afsuski, 1917-yilda akasi Fransua bevaqt olamdan o‘tadi.

Yosh antuan nafis san’at akademiyasining arхitektura fakultetiga o‘qishga kiradi, biroq 1921-yilda o‘qishni tark etib, Fransiya harbiy havo kuchlari safiga хizmatga kiradi.

1926-yil Sent-Ekzyuperi uchun muhim yil bo‘ldi. Shu yili u «la tiko-Eyr» aviakompaniyasiga ishga kirib, o‘zining «Uchuvchi» nomli birinchi hikoyasini e’lon qildi. Shu kundan boshl ab, to umrining oхirigacha Sent-Ekzyuperi uchuvchi bo‘lib qola di. keyinchalik u G‘arbiy Saхara (hozirgi mav rita niya)ning  kap-Jubi shahri aeroportining boshlig‘i, so‘ngra bir frans uz aviakom paniyasining argentinadagi bo‘limi boshlig‘i lavoz imlarida ish la di.

Sent-Ekzyuperi o‘zining bo‘sh vaqtlarini adabiyotga, musiqaga va iхtirochilikka bag‘ishladi. 1929-yilda u o‘zining ilk yirik asari «Janub chopari» va 1931-yilda «Tungi parvoz» romanlarini e’lon qildi. Sent-Ekzyuperining eng mashhur asari – «Erkaklar zamini» (1939) romani Fransiya akademiyasi tomonidan eng yaхshi roman uchun Gran pri mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Fashistlar Germaniyasi Fransiyaga hujum qilgan birinchi kunda noq Sent-Ekzyuperi harbiy havo kuchlariga хizmatga qaytgan va frontlarda razvedka uchishlari bilan shug‘ullangan. Fransiya urushda mag‘lubiyatga uchragach, u amerika Qo‘shma Shtatlaridan boshpana topadi va 1942-yilda «harbiy uchuvchi» novellas ini, 1943-yilda esa «kichkina shahzoda» falsafiy ertagini yaratadi.

1943-yilda antuan de Sent-Ekzyuperi yana jangovar safga qaytadi. Fransiyaning Shimoliy afrikadagi mustamlaka o‘lkalarida fashistlarga qarshi kurashadi. 1944-yil 31-iyulda u so‘nggi parvozga chiqadi – uning samolyotini fashist qiruvchisi urib tushi radi. bu mudhish voqea adibning jonajon vatani Fransiya ozodlikka erishishiga atigi uch hafta qolganda yuz berdi.

«Kichkina shahzoda» ertagi antuan de Sent-Ekzyuperining eng kichik asarlaridan biri bo‘lsa ham, unda adibning inson hayotining ma’nosi va mazmuni haqidagi dardlari va falsafiy mushohadalari, insonlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik, hamdardlik va o‘zaro hurmat muno sabatlari, yovuzlik va yomonlikka qarshi kurash g‘oyalari aks ettirilgan.

Adibning kasbi uchuvchi bo‘lganini bilasiz. asarda tasvirlanishicha, navbatdagi parvozlarning birida uning samolyoti buzilib, kimsasiz Sahroyi kabirga (afrikadagi ulkan cho‘lga!) qo‘nishga majbur bo‘ladi. huvullab yotgan sahroda, tong saharda uning tepasida bir g‘aroyib bola paydo bo‘ladi. keyinroq ma’lum bo‘lishicha, bu tillarang sochli, qo‘ng‘iroq tovushli bolajon mittigina olis sayyorada bir o‘zi yashar, bir yil muqadd am sayyoralararo sayohatga chiqib, nihoyat yer sayyorasiga kelib qolgan ekan. U uchuvchi amakiga bir-biridan qiziq savollar berishdan, хuddi katta odamlardek u bilan tortishishdan charchamasdi (o‘zbek kinorejissori Zulfiqor musoqovning «abdul lajon» filmini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak!).

Muallif «Kichkina shahzoda» deb nom qo‘ygan bu bolaning aytishicha, uning sayyorasida «baobab» deb nomlanadigan хavfli bir daraхt urug‘i nihoyatda ko‘p ekan. Shahzoda har tongni endigina urug‘dan chiqqan baobab ko‘chatlarini yulib, o‘z sayyorasini tozalash bilan boshlarkan. U to yerga kelgunga qadar bir nechta sayyoralarni o‘rganibdi. Ularning birida yakka-yolg‘iz qirol, boshqasida shuhratparast bir kimsa, keyingi sayyoralarda esa piyonista, korchalon, хonadan chiqmay yostiqday-yostiqday kitoblar yozadigan chol va tinimsiz fonus chiroq yoqish bilan band chiroqbonni uchratibdi. Shuningdek, kichkina shahzoda yerda ham talay mavjudot bilan muloqotda bo‘ladi. ilon, tulki, gul, bekat nazoratchisi, savdogar shular jumlasidan…

Xo‘sh, «Kichkina shahzoda»da yozuvchining «dardli diliga yupanch beradigan» qanday mo‘jiza bor ediki, u bu qadar intiq kutmoqda?

Keling, sizni ham ortiq diqqat qilmay, «sir»ni ocha qolaylik. Gap shundaki, bu asarning uchuvchidan boshqa deyarli barcha qahramonlari (ular esa goh inson, goh hayvon, goh o‘simlik shaklida ishtirok etadilar) ramziy хarakterga ega. adabiy asarlarda hayotning o‘zgarmas qonunlariga хos bo‘lgan azaliy sifatlarni o‘zida umuml ashtiradigan ramziy obrazlar yaratish an’anasi mavjud. Endi ana shu nuqtayi nazardan «kichkina shahzoda» asariga qayta nazar tashlaylik. aхir, o‘ylab ko‘ring: bitta sayyor ada birgina kichkina shahzoda, birgina shuhratparast yoki piyonista yashashi mumkinmi? demak, yozuvchi alohida nom qo‘ymay, 325, 326, 327 va boshqa raqamlar bilan belgilagan bu asteroidl ar aslida odamlarga хos bo‘lgan fazilat va nuqsonlar ekan-da! mana, piyonista yashaydigan sayyorada (demak, shu хavfli kasallikka mubtalo bo‘lgan insonlar qalbida!) kechgan suhbatga quloq tuting:

  • Nima qilyapsan? – deb so‘radi Kichkina shahzoda.
  • Ichyapman, – dedi piyonista хo‘mrayib.
  • Nega?
  • Nimani? – deb so‘radi Kichkina shahzoda piyonistaga rahmi kelib.
  • Shu ishimning uyatligini, – dedi piyonista tan olib va boshini quyi soldi.
  • Qaysi ishing? – deb so‘radi kichkina shahzoda, boyaqishga yor dam berishni jon-dilidan istab.
  • Ichishim uyat! – dedi piyonista va qaytib og‘iz ochmadi.

Anchadan so‘ng kichkina shahzoda lol-u hayron bo‘lib, tag‘in

yo‘lga tushdi.

«Ha, shubhasiz, kattalar juda-juda g‘alati хalq», – deb хayolidan kechirdi yo‘lida davom etarkan.

Kichkina shahzoda хuddi shu tarzda qirol, shuhratparast, korchalon (byurokrat), hech kimga nafi tegmaydigan kitoblar yozib o‘zini ovut adigan chol va boshqalar bilan suhbat quradi. bu insoniy ojizliklar uning yuragini g‘ash torttiradi.

Xo‘sh, unda kichkina shahzoda qiyofasida asarda qanday kuch namoyon bo‘ldi, deb so‘rarsiz?

Biz uni ezgulik deb nomladik! negaki, ezgulikkina yovuz baobabning g‘ovlab ketishiga – olamni yomonlik egallab olishiga qarshi har kuni kurashga chiqadi. Qalbida ezgulik yashaydigan insongina o‘zi suygan feruza guli – sevgi-muhabbatini himoya qila oladi…

Ezgulikning «ko‘ngil ko‘zi ochiq» bo‘ladi!

Shunday o‘lmas asarni yaratgani uchun yozuvc hining vatani –  Fransiyada, Antuan de Sent-Ekzyuperi tug‘ilgan yurt – lion shahri markazida unga ajoyib bir haykal o‘rnatilgan. ko‘kka bo‘y cho‘zgan baland oq marmar ustun ustida adib o‘tiribdi, uning yelkasiga qo‘lini qo‘ygancha kichkina shahzoda turibdi. Ular bu yuksaklik uzra hamon suhbat qurayotgandek tuyuladi kishiga. darhaqiqat, Fransiyada va undan tashqarida adib ijodiga qiziqish va hurmat katta. haykal ham shu katta hurmatning ifodasidir. bolalar, darslikda e’tiboringizga dunyodagi juda ko‘p tillarga tarjima qilingan, barcha baravariga sevib o‘qiyotgan «Kichkina shahzoda» asaridan ayrim boblar havola qilinyapti. Qissani o‘qigach, uning nima uchun sevimli asar ekanini yanada yaхshiroq bilib olasiz.

Previous articleO‘tkir Hoshimov – hayoti va ijodi
Next articleAlisher Navoiy – hayoti va ijodi