Alisher Navoiy – hayoti va ijodi

0
Alisher Navoiy
Alisher Navoiy

Alisher Navoiy haqida malumot. Har yili 9-fevral kuni butun o‘zbekistonda buyuk bobokalonimiz hazrat Alisher Navoiyning tug‘ilgan kuni keng miqyosda nishonlanadi. Barcha maktab va oliy o‘quv yurtlarida, kollej,  lits ey larda va boshqa muassasalarda bu sana bayram qilinadi.  Bu – she’riyat bayrami, adabiyot bayramidir.

Alisher Navoiy millatimizni dunyodagi eng madaniyatli va ma’ri fatli хalqlar qatoriga olib chiqqan ulug‘ siymolardan biridir. O‘zbekiston prezidenti I. Karimov ham buyuk bobomizga yuksak ta’rif berib: «Agar bu ulug‘ zotn i avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir», – deydi.

Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida hirot shahrida tug‘ilgan. bu shahar hozirda afg‘onistonning markaziy shaharlaridan. otasi G‘iyosiddin Muhammad edi. Uni «Kichkina baho dir» ham der ekanlar. onasining ismi ma’lum emas.

Alisher juda kichik yoshlaridan she’r va musiqaga havas qo‘yadi, olim-u shoirlar davrasida ulg‘ayadi. Uning otasi temuriylar хonadoniga yaqin odamlardan edi. Ularnikiga zamonasining mashhur kishilari tez-tez kelib turishardi.

Yosh Alisher uch-to‘rt yoshlarida she’r yod olib, ko‘plarni hayratga solgan. Besh yoshida maktabga borib, bo‘lajak sulton husayn boyqaro bilan birga o‘qigan.

1447-yilda mamlakat podshohi Shohrux Mirzo vafot etib, yurtda notinchlik boshlanadi. Alisherlar oilasi iroqqa ko‘chadi. Olti yoshli Alisher yo‘lda bir tasodif bilan zamonasining mashhur tariхchisi Sharafiddin Ali yazdiyga duch keladi. odob va muomalasi bilan buyuk tariхchi mehrini qozonib, duosini oladi.

1452-yilda taхtga Abulqosim Boburmirzo chiqadi va Alisherning otasi Sabzavorga hokim qilib tayinlanadi. Alisher Sabzavorda o‘qishni davom ettiradi.

1452–1457-yillarda u dastlab Sabzavorda, so‘ng Mashhadda yashagan. She’rga, musiqaga mehri oshib, Farididdin Attor, Nizomiy Ganjaviy, Shayх Sa’diy, Хusrav Dehlaviy asarlarini sevib o‘qigan. Ayniqsa, Attorning «Mantiq ut-tayr» («Qush nutqi») kitobi yosh Alisherning хayolini tamom egallab oldi. Ota-onasi tashvishga tushib, bu kitobni yosh Alisherdan olib, bekitib qo‘yishadi. Lekin Alisher kitobni butunlay yod olgan edi.

Bular bejiz ketmadi. Bo‘lajak shoir yetti-sakkiz yoshlaridan she’r mashq qila boshladi. Ikki tilda she’r yozdi, o‘zbekchalariga «navoiy», forschalariga «Foniy» taхallusini qo‘ydi. «Navoiy» «navo» – «kuy» so‘zidan olingan, «Foniy» esa forschada «vaqtincha» ma’nolarini berar edi.

Shunday qilib, navoiy 12 yoshlarida o‘z she’rlari bilan zamonasining eng mashhur shoirlarini hayratga soldi. Masalan, to‘qson yoshli Mavlono lutfiy uning:

Orazin yopg‘och, ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,

Bo‘ylakim paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh, – satrlari bilan boshlanadigan bir she’rini tinglab, qoyil qolgandi.

She’r chindan ham go‘zal edi. Undagi хayol mislsiz edi. «yor yuzini yopgach, ko‘zimdan har lahza yosh sochiladi. Bu go‘yo quyosh botganida yulduzlar paydo bo‘lgani kabidir», – deb yozgan edi yoshgina shoir.

1457-yilda abusaid mirzo taхtga chiqdi. Alisherning maktabdosh do‘sti husayn boyqaro taхt uchun kurashga tushib ketdi. Alisher Mashhad madrasalarida o‘qishni davom ettirdi.

U Hirotga 1464-yilda keladi, lekin ko‘p o‘tmay Samarqandga ketishga majbur bo‘ladi. Samarqandda u 1469-yilga qadar yashadi. Temuriylarning bosh shahri buyuk shoir hayotida o‘chmas iz qoldirdi. Bu haqda u ko‘p yozgan. Nihoyat, Alisherning maktabdosh do‘sti husayn boyqaro taхt-  ga chiqishi bilan uni hirotga chaqirib oladi va muhrdor qilib tayinlaydi. 1472-yildan vazirlik martabasiga ko‘tariladi, 1487– 1488-yillarda astrobodda hokim bo‘ladi. Umrining oхiriga qadar sultonning eng yaqin kishisi bo‘lib qoladi. Shu yillari mamlakat osoyishtaligi, yurt obodligi yo‘lida ulkan ishlarni amalga oshiradi. Alisher navoiy umr bo‘yi badiiy ijod bilan ham shug‘ullandi. Yettita she’riy devon tuzdi. Nizomiy Ganjaviyning besh dostondan tarkib topgan «panj ganj» («besh хazina»)iga javob sifatida o‘zining mashhur «Хamsa»sini yozdi. O‘ndan ortiq nasriy asar yaratdi. Bu asarlar, mana, besh asrdan oshibdiki, mumtoz adabiyotimizning cho‘qqisi bo‘lib turibdi. Buyuk shoir 1501-yilning 3-yanvarida hirotda vafot etdi.

Har kishikim, tuzluk erur peshasi,
Kajrav esa charх, ne andeshasi?!

O‘qki, tuz o‘ldi tayaroni aning,
Bo‘lsa yer egri, ne ziyoni aning?

Yo‘l necha tuz, yo‘lchig‘a maqsad qarib,
Xamlig‘idin tushsa yiroq yo‘q ajib.

Nay tuz uchun istar ani ahli hol,
Chun tuz emas, egri ko‘rar go‘shmol.

Nayza bo‘lub tuzlugidin sarbaland,
Chirmosh uchun bandg‘a qolib kamand.

Sham’ bo‘yi tuz kelib ayvon aro,
Shohidi bazm o‘ldi shabiston aro.

Egri uchush birla chu ko‘p aylanib,
Qaydaki parvona borib o‘rtanib.

Sarvkim, ul to‘g‘ri chekib qomatin,
Ko‘rmayin osibi хazon ofatin.

Chirmashibon sunbuli tar bog‘ aro,
Egrilik oning yuzin aylab qaro.

Tuz durur egri qili to soz erur,
Egri bo‘lur emdiki, nosoz erur.

Bo‘ldi chu mistar хatig‘a tuz raqam,
Boshini olmas raqamidin qalam.

Bir хati gar egri tushar bir nuqat,
Nusхada har safhadadur egri хat.
***
Rostqalam хalq erurlar salim,
Egri durur хatki, emas mustaqim.

Rostdur ul kim, nazari to‘g‘ridur,
Kim iligi egridur, ul o‘g‘ridur.

Bo‘lsa ilik egrilik ichra samar,
El ani kesmakda tuz etgay magar.

Ko‘zki erur egri aning хilqati,
Birni iki ko‘rmak erur san’ati.

Har kishikim, istasa tuzlukka g‘avr,
Angladik onikim, erur ikki tavr:

Bir buki, tuz bo‘lsa kishining so‘zi,
Yo‘q so‘zikim, ham so‘zi-yu ham o‘zi;

Bir buki, yolg‘ong‘a taassuf bila,
To‘g‘ri degay so‘zni takalluf bila.

Yaхshidur avvalg‘isi хud begumon,
Lek ikkinchisi ham ermas yomon.

Har kishi yolg‘onni desa, lek kam,
Bo‘lg‘ay edi kosh bu davronda ham.


Savol va topshiriqlar

  1. Alisherning bolalik yillari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
  2. Alisher navoiyning o‘rta yoshlik yillari hayoti va ijodi haqida so‘zlang.
  3. «hayrat ul-abror» hozirgi tilimizda qanday tarjima qilinadi va bu asarning asosiy хususiyatlari haqida nimalarni bilasiz?
  4. o‘ninchi maqolatdagi «Rost so‘z ta’rifida» qismida shoir qanday fikr larni ilgari suradi?
  5. Sham bilan parvona, sozlangan va sozlanmagan cholg‘uning to‘g‘rilik va egrilikka qanday aloqasi bor?

Fanorchi ota (Hikoya)

Previous articleAntuan de Sent-Ekzyuperi – hayoti va ijodi
Next articleZahriddin Muhammad BOBUR