Ildiz

0

Ma’lumki gulli o‘simliklarning organlari vegetativ va generativ organ- larga bo‘linadi. Vegetativ organlarga ildiz, poya va barg, generativ organ­larga esa gul, meva va urug‘lar kiradi. O‘simlik organlari birgalikda yagona organizmni tashkil etadi.

Ildiz – o‘simlikning poya yoki ta- nasini yerga birlashtirib, tuproqdagi suv va unda erigan oziq moddalarni shimib oladigan va ularni o‘simlikning yerusti qismiga yetkazib beradigan organi. Ildizga xos muhim xusu- siyatlardan biri shuki, u barg hosil qilmaydi.

Ko‘pchilik o‘simliklarning ildizida oziq moddalar to‘planadi. Ba’zi o‘simliklarning ildizi esa vegetat iv ko‘payish organi hisoblanadi. O‘simliklar yaxshi o‘sishi va rivojlanishi, daraxt va butalar yirik, baquvvat shox-shabba hosil qilib, uzoq yashashi ko‘p jihatdan ildizga bog‘liq.

>>>

Hujayra va uning tarkibiy qismlari

Previous articleO‘simlik to‘qimalari
Next articleМақоллар