Barimta (Mehrobdan chayon). Баримта (Меҳробдан чаён).
Kun choshgohdan oshib, Chorsuda xalq olag‘ovuri boshlansa ham, bo‘sh do‘konlarning birida uch nafar yigit hanuz dong qotib uxlar edi. Chorsuda bo‘lib turgan tarsto‘polon go‘yo bu uch yigitni allalar edi. Boshiga bittadan shaparak kir yostiq qo‘yib, ostiga yalang qavat taqir ko‘rpacha yozgan va ustiga guppi choponini yopib, yana shu holda bahuzur xurrak otib uxlagan bu uch yigit musofi rga o‘xshar edilar. Ular shu yo‘sin rohat qilib yotganda taxtabandlik do‘kon yoniga tashqaridan birov kelib to‘xtadi va hamma tovushini qo‘yib, baqirib yubordi: «To‘xta, hovv
Navro‘zqul!»
Uxlovchilarning ikkisi pinagini buzmadi, ammo do‘konning to‘rida yotgan chuvak bir yigit cho‘chib, boshini ko‘tardi, uyqulik ko‘z bilan atrofi ga qaragandan keyin, hamyoza tortdi, kerishdi, so‘ngra eng chetda yotuvchiga ko‘zi tushib, yoni dagi yigitni turtdi:
– Tur, Shariyf, tur, peshin bo‘libtu!
Ikkinchi yigit ko‘zini ochdi:
– E, qo‘ysang-chi, Rahem.
– Tur-da, axe, ana Qobilboy ham keb to‘xtabtu!
Sharifboy yostiqdan burilib, yonidagi uchinchi yigitga qara di:
– Pala’nat, qachon kelgan ekan?
– Kim bilsin. Inisini bo uchratdimikin? Qani, uyg‘ot-chi, pala’natini!
Sharifboy yotgan joyidan qo‘lini uzatib, Qobilboyning murtidan tortdi, Qobilboy g‘ingshib uyg‘ondi:
– Tek yot, Sharif!
– Iningga yo‘liqdingmi?
– Yo‘liqdim, ikkavingga salom aytdi, – dedi Qobilboy va yuzini ulardan chetga o‘girib oldi. – Biroz tinch qo‘y, ux layman.
– Iybi, iybi, – dedi Rahim, – birodaring ahvolini gapir-da, axe. Barpadari uyquki, peshingachikin bo‘lsa, ko‘chaga bo‘lib yotgan to‘palangni go‘shingga ilasanmi?
– Kech keldim, ko‘p javrama-chi, Rahim!
– Qorunni to‘yg‘uzib, so‘g‘un uxla, akun! Qorinlar ham piyoz bo‘lib to‘xtabtu, nonushtani qayerga qilamiz, Shariyf?
– Choyxonaga ketamiz.
– Qani, sen ham kafaningni yopinib, shundaychikin yot-ma. Pala’nating bo uxlab ketdimi?
Ikkisi turib kiyina boshladilar. Rahim uzun belbog‘ini to‘g‘rilar ekan, bir qancha chaqa va tangalari yerga sochilib tushdi.
– O‘xu, o‘xu, sabil, – dedi Rahim pullarni terib. – Xudo bularni ham ko‘p ko‘rdi chog‘i, akun, Qo‘qoning bizga to‘g‘ri kelmadi, ish topilmayde, pul sochilade, och qolamiz chog‘i, Shariyf?
– Qobilboyning Qo‘qonjoniga la’nat, – dedi Sharif, – loaqal temirchi ham shogird olmaydi, bizga biron ish topib bermasa, to‘p-to‘g‘ri nar xar[1] Qobilning ustiga minamiz?
Bularning vaqirlashiga uyqusi o‘chib ketgan Qobil, to‘n g‘ir – to‘ng‘ir bir narsalarni so‘zlab, yostiqdan boshini ko‘ tardi.
– Chumchuqdek chirqillashdinglar-da, tojiklar! – dedi Qobil. – Ishsiz qolgan bo‘lsalaring, Toshkandga ketamiz.
– Ana-ana, yana topdi gapni! – dedi Rahim. – Valdir-valdir qilasan, Qobilboy, akun, Toshkand borish uchun pul qani?
– Pul topiladi.
– Pul topiladi?! – deb kuldi Rahim, – bu bepadar boy-vachchangni qara, Sharifboy!
– Pul topiladi, – dedi yana Qobilboy va yaktagini cho‘ntagiga qo‘l soldi. – Past odamsanlar-da: biring temirchining o‘g‘li, ikkinching shustagarning1 bolasi…
– Voy-voy! – dedi Rahim, – nazari baland bo‘yoqchi-ning o‘g‘lidan xafa bo‘llem!
Qobilboy cho‘ntagidan bir narsa olib, ularning oyog‘i ostiga tashladi va o‘zi og‘zini katta ochib, hamyoza tortdi.
– Ana pul kerak bo‘lsa ol, sendeklarni bir yil boqadi!
Rahim bilan Sharifboyning oyoqlari ostiga ikki tillo kelib tushdi, ular bir oltinlarga va bir Qobilboyga qarab qoldilar:
– Iybi, kimni o‘ldirding?
– Ota kasbim odam o‘ldirish emas.
– Inisi bergan! – dedi Sharif. – Qani, ining bilan ko‘rish-dingmi, Qobil?
– Ko‘rishdim.
– Odami nag‘z bo‘lg‘on?
– Odami nag‘z.
– Akun shu qochib yota beraykan-da, – dedi Rahim. – Biron chora boqsin-da, aytmading-chi, axe?
– Aytdim… Payt topib hammamiz Toshkand ketmaqchi bo‘ldik.
– Balli-balli! – dedi Rahim va Sharifga qarab qosh qoq di. – Toshkand ketamiz digani teksiz emas ekan-da, Shustagar – yuvg‘ich, murdasho‘y.
pala’natingni. Hay, ish bitti, Qobilboy, Toshkandga yuramiz, o‘rusingni ham bir ko‘raylik[2].
Sharif yerda yotgan ikki tilloni olib Qobilga uzatdi:
– Ma, tillangni kissangga tiq, Qobel!
Qobil olmadi.
– Tillo o‘zlaringga, ikkaving bir tillodan bo‘lib ol.
– Achchig‘ingni qo‘y, axe, biz senga dahanaki ayttik-da!
Qobil kuldi va parvosiz kiyina berdi.
– Olmaysanmi, pala’nat.
– O‘zlaringga deyapman-ku, inim senlarga atab berdi.
– Bizdan qarzi yo‘q-ku, axe?
– Tushunmagan odamlarsan-da! – dedi Qobil. – Inim, qochib yotqon holda ularni mehmon qilolmadim, deb senlarga shu ikki tilloni berib yubordi… Endi tushundingmi?
– Voy, pala’nat… Hali sen bizni o‘z pulimiz bilan beti-mizga urding?!
Qobil kuldi. Ular ikkisi birining og‘zidan biri olib, Qobilni past urib, Anvarni maqtab ketdilar.
– San otang o‘g‘li emassan, agar otang o‘g‘li bo‘lsang, mirzo Anvardek mehmondo‘st bo‘layding! Mirzo Anvar meh monning betini ko‘rmay, boshidan tillo nisor qilganda, sen pala’nat bizni do‘konxonaga qamab qo‘yasan! Burodaring bo‘lmasa, Qo‘qonjoningni ko‘tarib og‘zingga uraydik, muru ningdan mag‘zi saring[3] oqib tushaydi!
Qobil bir narsa deb to‘ng‘illadi.
– E, to‘ng‘illama, pala’nat! Biz pul oshnosi emas, odam oshnosi… Seni bozori podshoga olib chiqsa, og‘ziga tish bor, deb sakkiz pulga ham olmaydi, ba xudo!
Ular shu hangomaning ustida edilarki… Chorsudagi shov qin-suron ichidan bahaybat bir hayqiriq eshitildi; bozor olag‘ovuri birdan kesilib, bu uchovi ham tashqariga quloq solib qoldilar:
– Ey-y-y-y. Bozor aro yig‘ilishib gul terganlar!
Qasam yodlab, podshoga so‘z berganlar!
Mirzo Anvar otliq elga ma’lum kishi,
O‘rda ichra qalamkashlik erdi ishi.
Arzimagan gunohiga qochdi, ketdi.
Bundan andak podshohga ozor yetdi.
Uning do‘sti Sultonali nomlik mirzo
Bu qochishdan chekmakdalar behad izo.
Mirzo Anvar gunohida toyildi zor1,
Xaloyiqni to‘xtatishdan maqsadim bor.
Erta peshin asnosida Sultonali
Orsiz Anvar gunohiga o‘lgay, bali.
Jamiyatda hozir bo‘lsa osiy Anvar
Yoki uning do‘sti, oshnosidin birar.
Gunohingga Sultonali o‘lar, desin,
Erta peshin vaqti, afsus, so‘lar desin.
Iymonli qul nafsi uchun do‘stin sotmas,
Gunohi yo‘q oshnasini o‘tga otmas.
Quloq solgan gunohsizning faryodiga
Dard qolmagay, yetar har vaqt murodiga!
Jarchi to‘xtadi, shovqin-suron yana eskicha davom etdi. Jar ning davomida qulog‘i tikkayib, ko‘zi katta ochilgan Qobilboy sukutga ketdi…
– Nega xomush to‘xtading, Qobil? Akun jarching nima deb vaqirlaydi?
Qobil javobsiz boshini chayqadi.
– Gapur, – dedi Sharif, – Mirza Anvar, osiy Anvar, de-yapti chog‘i?
Qobil yana javob bermadi.
– Zaboning bor, axe, burodaringni tutkanlar-chi?
– Yo‘q.
– Bo‘lmasa nega undaychikin xomush to‘xtading?
– Endi tutmakchilar…
Gunohida toyildi zor – gunohiga qoldi bechora.
– Endi, tutmakchilar? – deb zaharxanda qildi Rahim. – Dardi harinani tutadi!
– Tushunmay yotibsanlar, anovi kun biz bir mirzoning uyiga borgan edik-a?
– Hay.
– Ana shuni, sen Anvarning do‘sti eding, deb barimta[4] ushlaganlar… Ertagacha Anvar kelmasa, shu Sultonalini o‘ldurar emishla r!
…Qobil do‘konxona eshigini yopib, o‘rtoqlari yoniga keldi. Uchovi bir necha vaqt xomush o‘tirdilar.
– Shu bevafo dunyoga bir ish qilamiz, Qobilboy, – dedi yana ko‘zi olalangan Rahim. – Dayusingni zindoni qayerga?
– Zindonni nima qilasan?
– Ana men bor, ana Sharif, ana sen! – dedi Rahim. – Shu tunga uchovimiz borib yo o‘lamiz, yo shu bechorangni ro‘shnolikka olamiz!
Qobil manglay ostidan Sharifga ko‘z yubordi. Sharif kulimsirab, Rahimga qaradi.
– E, senga chi balo shud[5]?
– Hechchi – dedi Rahim. – Akun biz dunyoga nima olib bora miz, hay o‘lluk: dunyoga o‘n tilla pulimiz qolaydimi yo uyga sochini tarab to‘xtagan xotunimiz qolaydimi!
– Yo‘q, qolaytikoni yo‘q! – dedi kulib Sharif.
– Dastasha gir! – dedi Rahim Sharif bilan Qobilga ikki qo‘lini cho‘zib. Ular ikkisi ham iljaygan ko‘yi qo‘llarini berdilar. Lafzaton yakmi?
– Yak-yak, Rahim dav!
– Hazilash nest?
– Nest!
– Tamom, – dedi ikki qo‘lini bo‘shatib Rahim. – Shud!..