5-§. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklari

0

Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari. Inson va davlat: ular o’zaro qay tarzda bog’langan? Hokimiyat nima degani? Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklari. Инсон ва фуқароларнинг асосий ҳуқуқлари, эркинликлари ва бурчлари. Инсон ва давлат: улар ўзаро қай тарзда боғланган? Ҳокимият нима дегани? Инсон ва фуқароларнинг асосий ҳуқуқлари ва эркинликлари. Инсон ва фукароларнинг асосий хукуклари, эркинликлари ва бурчлари. Инсон ва давлат: улар узаро кай тарзда богланган? Хокимият нима дегани? Инсон ва фукароларнинг асосий хукуклари ва эркинликлари.


O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 18-modda.


Mavzu ustida ishlash natijasida:

  • inson va fuqarolar qanday huquq va erkinliklarga ega ekanligini;
  • O’zbekiston Respublikasida davlat va fuqarolar o’rtasidagi o’zaro aloqalar haqida bilib olasiz.
  1. Inson va davlat: ular o’zaro qay tarzda bog’langan?
  2. Hokimiyat nima degani?
  3. Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklari.

1.Inson va davlat: ular o’zaro qay tarzda bog’langan?

Tarixda inson o’z huquqlari uchun kurashmagan davr bo’lmagan. Kishilarning o’z huquqlari uchun kurashi jarayonida insonning munosib hayot kechirishga huquqi yoqlangan ko’plab g’oyalar, nazariyalar hamda ta’limotlar yuzaga keldi va rivojlandi.

Uyg’onish davri mutafakkirlari Sharqning mashhur huquqshunoslaridan biri Imom Burhoniddin al-Marg’inoniyning har bir insonning tabiiy huquqlariga, u ana shu davlatning fuqarosi ekanligi yoki aksinchaligidan qat’i nazar, rioya etilishini qonunlashtirish va ta’minlash zarurligi to’g’risidagi g’oyasini yoqladilar. Xuddi ana shu davrdan e’tiboran davlatga mutlaqo boshqacha – shaxs huquqlarini poymol qiluvchi institut (tashki- lot) tariqasida emas, balki uning inson va jamiyat manfaatlariga xizmat qilishi nuqtayi nazaridan yondashilmoqda.

Asosiyy qonun begiaydn

O’zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsip- larga asoslanadi, ularga ko’ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 13-modda.

Inson huquqlariga O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining II bo’limi bag’ishlangan bo’lib, bu bo’lim «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari» deb nomlanadi (18-52-moddalar).

Shunday qilib, Konstitutsiyamizda insonning huquq va erkinliklarini e’tirof etish, ularga rioya qilish va ularni muhofaza qilish – davlatning majburiyati, degan qoida mustahkamlab qo’yilgan.

2.Hokimiyat nima?

Hokimiyat – bu odamlar, moddiy obyektlar, hududlarni boshqarish, buyruq berish imkoniyati. U avtoritet, so’z, xattiharakat, shuningdek, majbur etish vositasida amalga oshiriladi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 7-moddasida xalq davlat hokimiyatining yagona manbayi ekanligi to’g’risidagi qoida mustahkamlab qo’yilgan. O’zbekistonda davlat hokimiyati xalq manfaatlari aso- sida va faqat O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bilan vakil qi- lingan organlar hamda Konstitutsiya asosida qabul qilingan qonunchilik bilan amalga oshiriladi.

Konstitutsiyada ko’rsatilmagan tartibda hokimiyat organlari faoliyati- ni to’xtatish yoki bekor qilish, davlat hokimiyati vakolatini berish, yangi va hokimiyatning parallel tuzilmasini tuzish Konstitutsiyaga zid hisoblanadi va qonun bo’yicha javobgarlikka tortiladi.

3.Inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari

Konstitutsiyaning II bo’limi to’liq inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag’ishlangan. O’z mazmuni bo’yicha har bir inson va fuqaro huquqlari bir-biriga mos keladi, lekin fuqarolikka ega bo’lgan shaxs- larning huquqlari va fuqarolikka ega bo’lmagan shaxslar huquqlari bir-biridan ko’lami jihatidan farq qiladi. Fuqarolikka ega bo’lgan shaxslarning huquqlari ko’lami davlat organlariga saylash va saylanish, davlat muassasalarida mas’ul la- vozimlarda ishlash huquqiga, ayni shu davlat armiyasida xizmat qilish burchiga ega bo’lmagan shaxslarnikiga qaraganda kattaroqdir.

Davlat fuqarolarning Asosiy qonunda ko’rsatilgan huquq va erkinliklarini kafolatlashi to’g’risidagi qoida Konstitutsiyada mustahkamlab qo’yilgan.

Fuqarolarning barcha huquq va erkinliklari O’zbekiston Res- publikasi Konstitutsiyasining 18-46-moddalarida mustahkamlab qo’yilgan va ular shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy, madaniy huquqlarga bo’linadi.

1-topshiriq

Sizningcha, o’zimizni erkin va mustaqil inson deb his etishimiz uchun biz qanday huquq va erkinliklarga ega bo’lishimiz kerak?

Har qanday davlat aholisi nafaqat ana shu davlat fuqarolaridan, qola- versa, u yoki bu sabablarga ko’ra unda vaqtincha yashab turgan yoki doi- miy yashayotgan kishilardan ham iborat bo’ladi. Xorijiy fuqarolar yoki o’zining xorijiy davlatga mansub ekanligini isbotlay olmagan fuqaroligi bo’lmagan shaxslar (apatridlar) ana shular jumlasiga kiritiladi. Garchi bu shaxslar fuqarolikka ega bo’lmasa-da, ular ham xalqaro va milliy huj- jatlarda mustahkamlab qo’yilgan barcha huquqlardan foydalanadilar.

O’zbekistonning Asosiy qonuni barcha fuqarolarning bir xildagi huquqlari va erkinliklarini, qonun oldida ularning tengligini mustahkam- lab qo’ygan. Bu huquqlar Konstitutsiyada daxlsiz, ya’ni hech kim mah- rum etishga haqli bo’lmagan huquqlar sifatida ta’riflangan.

2-topshiriq

Bir kishining huquqlari boshqa bir kishining huquqlari boshlanadigan nuq- tada cheklanadi, degan ta’kidga qo’shilasizmi? O’z fikringizni asoslash borasi- da daliliy misollar keltiring.

3-topshiriq

Pantomima (so’zsiz xatti-harakat) orqali inson huquqlarining buzilishini tasvirlab bering va bunda aynan qanday huquqlar buzilganini sinfdagilar aytib berishini so’rang.


Yodda tuting!

Erkinlik (huquqda) – davlat tomonidan e’tirof etilgan, Konstitutsiya yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida mustahkamlab qo’yilgan shaxsning har qanday ijtimoiy huquqi, insonning muayyan xulq-atvordagi imkoniyat- lari (masalan, so’z erkinligi, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik, fikr, so’z va e’tiqod erkinligi, vijdon erkinligi va boshqalar).

Gender tengligi – taraqqiy etgan mamlakatlarning inson – erkak yoki ayol bir xildagi ijtimoiy huquqlar va imkoniyatlarga ega ekanligini e’tirof etuvchi konvensiya.

O’zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo’lgan huquqlari va burchlari bilan o’zaro bog’liqdirlar. Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo’yilgan huquq va erkin- liklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo’yishga hech kim haqli emas.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 19-modda.


Yakunlarni chiqaramiz

Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari va erkinliklari:

  • davlatning vazifasi – har bir insonning huquq va eri kinliklarini ta’minlash;
  • inson huquqlari to’g’risida xalqaro hujjatlar;
  • gender tengligi;
  • asosiy huquqlar: shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy.

O’zingizni sinang!

  1. Nima uchun barcha zamonlarda inson ko’ngildagidek huquq va erkinliklarni qo’lga kiritishga intilib kelgan?
  2. Inson huquqlariga doir barcha eng muhim xalqaro va milliy hujjatlarda inson nima uchun eng oliy qadriyat deb e’tirof etiladi?
  3. Inson jamiyatda yashab turib, biron-bir tarzda cheklanmagan erkinlikdan foydalana oladimi?
  4. O’zbekiston Respublikasi fuqarolari asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlarini sanab bering.
Previous articleO’zbekiston respublikasi tashqi siyosatining asosiy prinsiplari
Next articleInson va davlat: ular o’zaro qay tarzda bog’langan?