Boshginam og’riydi – Бошгинам оғрийди

0

Boshginam og’riydi – Бошгинам огрийди Xalq qo’shiqlari


– Onajon, onajon!
Boshginam og’riydi-ya.
– Boshginangdan onang aylansin,
Nimalarga og’riydi-ya?

– Bozorlarda bo’lar ekan,
Zargarlarda turar ekan,
Uning oti tillaqosh,
O’shanga og’riydi-ya!

– Onajon, onajon!
Bo’yniginam og’riydi-ya.
– Bo’yniginangdan onang aylansin,
Nimalarga og’riydi-ya?

– Bozorlarda bo’lar ekan,
Zargarlarda turar ekan,
Uning oti bo’yintumor,
O’shanga og’riydi-ya!

– Onajon, onajon!
Quloqqinam og’riydi-ya.
– Quloqqinangdan onang aylansin,
Nimalarga og’riydi-ya?

– Bozorlarda bo’lar ekan,
Zargarlarda turar ekan,
Uning oti oltin isirg’a,
O’shanga og’riydi-ya!

Previous articleChitti gul xalq qo’shig’i haqida – Chittigul
Next articleXalq qo’shiqlari haqida tushuncha