Koloniya hosil qiluvchi poliplar. Koloniya hosil qiluvchi poliplar koloniyasi gidraga o‘xshash tuzilgan juda ko‘p sonli poliplardan iborat. Koloniyadagi poliplarning ichki bo‘shliqlari o‘zaro tutashgan bo‘ladi. Shuning uchun har bir polipning tutgan ozig‘i hamma koloniya a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanadi. Koloniya hosil qiluvchi poliplar mayda organik qoldiqlar va mikroorganizmlar bilan oziqlanadi. Ko‘pchilik turlarining tanasi devorida ohak skelet hosil bo‘ladi. Qattiq skeletli, koloniya bo‘lib yashovchi bo‘shli q ichlilar korall poliplar deb ataladi (15-rasm, 5, 6).

1 – ildizog‘iz meduza; 2 – qutb meduzasi; 3 – aureliya; 4 – aktiniyalar; 5 – qizil korall polið; 6 – korall poliðlar koloniyasi
Koloniya bo‘lib yashovchi poliplar jinsiy ko‘payganda tu xum dan chiqqan lichinkasi aktiniyalar lichinkasi singari suv tubiga yopishib, kichkina polip hosil qiladi. Polip davrida esa gidra singari jinssiz kurtaklanish orqali ko‘payadi. Lekin kurtakdan hosil bo‘lgan yosh poliplar ona tanasidan ajralib ketmasdan birga kurtaklana boshlaydi. Shu tariqa koloniya hosil bo‘ladi.
Batafsil >> Dengiz bo‘shliqichlilari. Денгиз бўшлиқичлилари