Erkin Vohidov hayoti va ijodi

0

Erkin Vohidov hayoti va ijodi. Erkin Vohidov sherlari. 1936-yilning 28-dekabr kuni Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida muallim oilasida tavallud topgan Erkin Vohidovning bolaligi ancha sertashvish va qayg‘uli kechdi.

O‘n yoshga yetaryetmas ham ota, ham onadan ayrilib yetim qolgach, uni Toshkentda istiqomat qiluvchi tog‘asi o‘z qaramog‘iga oldi. Shu bahona Erkin Vohidov poytaxtga keladi va shu yerdagi maktabda tahsil ola boshlaydi. Kitobga, adabiyotga muhabbat yosh Erkinda ancha erta namoyon bo‘la boshladi.

U shoir G‘ayratiy tomonidan o‘quvchilar saroyida tashkil etilgan adabiy to‘garakda ijod sirlarini o‘rganishga kirishdi. Bu ilk ijodiy maktab uning iste’dodini charxladi, she’riyatga havasini yanada alangalatib yubordi. Hali o‘smir chog‘laridayoq yozgan she’rlari ustozlari tomonidan yuqori baholandi.

O‘rta maktabni a’lo baholarga tamomlagan Erkin Vohidov Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning o‘zbek filologiyasi fakultetida tahsil oldi, aynan shu ilm dargohida adabiyotga yanada yaqinlashdi, o‘zining ijodi ham takomillashib bordi. Oliy ta’lim undagi adabiy bilimlarni chuqurlashtirish bilan birga ijodiy salohiyatini ham kamolga yetkazdi.

Buyuk ijodkorlarning asarlarini berilib o‘qish ulardan badiiy mahorat sirlarini, so‘zga mas’uliyat hissini, soddalik va ravonlikni o‘zlashtirishida muhim omil bo‘ldi.

Garchi shuncha mag‘rur tursa ham, Piyolaga egilar choynak. Shunday ekan, manmanlik nechun, Kibr-u havo nimaga kerak?Shuning uchun ham uning «Tong lavhasi», «Kamtarlik haqida», «Buloq», «Sevgi», «Ona tuproq» kabi qator she’rlaridagi chuqur ma’no go‘zal ifodalar, ajoyib tasvirlar bilan uyg‘unlashib ketgan. Masalan, shoir turmushdagi oddiygina holatdan – choy quyilayotganda choynakning piyolaga «egilishi», choy ichayotganda inson piyolaning peshonasidan «o‘pishi»dan ajoyib she’r yaratadi:

Kamtarin bo‘l, hatto bir qadam O‘tma g‘urur ostonasidan. Piyolani inson shuning-chun O‘par doim peshonasidan.

Universitetni tugatgach Erkin Vohidov «Yosh gvardiya» nashriyotida, G‘afur G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida muharrir, bosh muharrir, direktor, «Yoshlik» jurnalida bosh muharrir lavozimlarida faoliyat yuritdi. Ko‘plab sara, sifatli asarlarning nashr etilishiga hissa qo‘shdi. Ayni paytda o‘zi ham «Nido», «Palatkada yozilgan doston», «Quyosh maskani», «Ruhlar isyoni» kabi ajoyib dostonlar yozdi.

Shoir ijodini uning tarjimonlik faoliyatisiz tasavvur etish qiyin. U ko‘plab mashhur jahon shoirlarining asarlarini o‘zbek tiliga mahorat bilan o‘girgan.

S. Yesenin she’rlari, nemis shoiri Gyotening «Faust»Xususan, E. Vohidov tarjimasidagi rus shoiri asari o‘zbek adabiyotida katta hodisalar bo‘ldi.

Shoir yangidan tashkil etilgan «Yoshlik» jurnalining dastlabki bosh muharriri sifatida yoshlarning adabiyotga kirib kelishi yo‘lida katta jonbozlik ko‘rsatdi.

  1. Vohidov faqat she’r va dostonlar yozibgina qolmay, boshqa janrlarda ham barakali ijod qildi. U dramaturgiya sohasida ham o‘z qalamini sinab, «Oltin devor», «Istanbul fojiasi» kabi dramalar yaratdi. Ayniqsa, «Oltin devor» komediyasi uzoq yillar o‘zbek teatri sahnasidan tushmay keldi. Bu komediya jahonning qator tillariga tarjima qilinib, teatrlarda sahnalashtirildi.
  2. Vohidov ellik yildan ko‘proq davr mobaynida ijod etgan asarlarini to‘plab «Ishq savdosi», «She’r dunyosi», «Umr daryosi» va «Ko‘ngil nidosi» nomli to‘rt jildlik saylanmasini o‘quvchilarga taqdim etdi. Bu asarlar faqat shoir qalbining, kechinmalarininggina emas, balki xalq hayotining ham ko‘zgusidir.

Shoir asarlaridan hayotga, go‘zallikka muhabbat, yovuzlikka, tubanlikka nafrat yaqqol sezilib turadi. Uning ilk dostoni – «Nido»da insoniyatga og‘ir judoliklar, bitmas jarohatlar keltiradigan urush qattiq qoralansa, keyinroq bitilgan «Ruhlar isyoni» dostonida xalqlar, millatlar, dinlar o‘rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta falokatlar olib kelishi teran tasvirlangan. Bu esa shoir ijodida insonparvarlik hamisha bosh mavzu bo‘lib kelganini ko‘rsatadi.

Erkin Vohidovning el-yurt va adabiyot oldidagi xizmatlari inobatga olinib, «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni va «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni bilan taqdirlandi.

Xalqimizning suyukli farzandi, buyuk ijodkor, O‘zbekiston Xalq shoiri Erkin Vohidov 2016-yil 30-may kuni 79 yoshida vafot etdi.


Savol va topshiriqlar

  1. Erkin Vohidovning shoir bo‘lib yetishishiga qanday omillarsabab bo‘ldi?
  2. «Kamtarlik» she’rida choynak va piyola obrazlari orqali shoirnima demoqchi?
  3. Erkin Vohidovning adabiyot oldidagi xizmatlari mamlakatimizhukumati tomonidan qanday e’tirof etildi?
Previous articleAdolat, tenglik – Maqollar haqida / Узбек маколлар
Next articleO‘zbegim (Qasidasi) – Erkin Vohidov o’zbegim sheri matni