Adolat, tenglik – Maqollar haqida, Adolat, insof va insofsizlik haqida·Tenglik va tengsizlik haqida Узбек маколлар Маколлар хакида Мақоллар ҳақида
Xoin xavfli boʻlar.
Qoʻyni ham oʻz oyogʻidan osodilar, echkini ham.
“Berdi”sini aytguncha, belini bukma.
Barcha yukni koʻtargan tuya
Choʻmichni ham koʻtarar.
Daʼvogaring qozi boʻlsa,
Dardingni Allohga ayt!
Oʻlim shox-u gadoga barobar.
Ikki xaramza doʻst boʻlmas.
Qulochingga qarab ketmon chop.
Tezakchining tengi bor,
Oʻroqchining oʻrni bor.
Osmon bilan yerdek farqi bor.
Qoʻyini birov qarar, sutini kimlar ichar.
Igna oʻz teshigini tikolmas.
Haqiqat — osmonda,
Shotisi — chervonda.
Pul otang kim, onang kim demaydi.
Pora doʻzah eshigini ochar.
Ishq yoʻlida shoh-u gado barobar.
Koʻrpangga qarab oyoq uzat.
Echki yugurib, kiyik boʻlolmas.
Oy bilan kunday,
Hammaga birday.
Eshakning goʻshti harom, mehnati halol.