Son (raqam)

0

Qancha?, necha?, nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘lib, narsalarning son-sanog‘i va tartibini bildirgan so‘zlarga son deyiladi.

 Sonlar ikkiga bo‘linadi: 1) miqdor sonlar; 2) tartib sonlar. Qancha?, necha? so‘roqlariga javob bo‘lgan sonlar miqdor sonlar, nechanchi? so‘rog‘iga javob bo‘lgan sonlar tartib sonlar hisoblanadi.

Son gapda otga bog‘lansa, aniqlovchi, fe’lga bog‘lansa hol, gapning oxirida kelsa, kesim vazifasini bajaradi. Masalan: Sinfimizda yigirma besh o‘quvchi bor. U olmadan beshta oldi.

O‘nning yarmi – besh.


Son/raqam o’zbek/uzbek tili

Previous articleKalendarlar tarixidan
Next articleSonlarning yozilishi